Hozirgi vaqtda standartlashtirishning yangi modeli yaratilmoqda, u quyidagi tamoyillarga asoslangan:
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarni standartlashtirishning yangi tizimi maqsadlariga mosligi va ularni mamlakatni standartlashtirish milliy tizimi maqsadlari bilan uyg‘unlashtirish orqali bozor iqtisodiyotini rivojlantirish: ushbu maqsadlar jumlasiga kiradi. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chikarish va eksportda texnik to‘siqlarni bartaraf etish, barcha turdagi resurslarni tejash va ishlab chiqarish iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
O‘zbekistonda standartlashning milliy tizimi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi singari qonunchilik hujjatlariga tayanadi va xalqaro me’yorlar va tartib qoidalarning ana shunday hujjatlariga muvofiq keladi. Shuningdek texnologiyalar sohasida tegishli mamlakatlarning milliy qonunchiliklariga mosdir; ana shu tamoyillarga amal qilgan holda xalqaro va xorijiy standartlarni bsvosita qo‘llash, jumladan, sertifikatlash maqsad qilib qo‘yilgan.
32. Xizmatlar» tushunchasi va ularning turlari
Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar mo‘ljallangan vazifasiga ko‘ra, moddiy va ijtimoiy-madaniyga bo‘linadi. Moddiy xizmat - bu xizmat iste’molchining moddiy-maishiy ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatdir.
Moddiy xizmat buyumlarning iste’mol xususiyatlarini tiklash (saqlash, o‘zgartirish)ni ta’minlaydi yoki fuqarolarning buyurtmasiga ko‘ra, yangi buyumlarni tayyorlaydi
Ijtimoiy - madaniy xizmat - bu iste’molchiining ma’naviy, itellektual ehtiyojini qondirish va uning risoladagidek hayot faoliyatini qo‘llab - quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatdir.
Ijtimoiy madaniy xizmat shaxsning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi, salomatligini tiklash, kasbiy mahoratini oshirish imkoiini beradi va ta’minlaydi. Ijtimoiy-madaniy xizmatlarga tibbiy xizmat, madaniy xizmat, ta’lim va turizmni, boshqalarni kiritish mumkin.