13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi reja: 1


 Erning ayoli ustidagi ikkinchi haqqi shuki, ayol kishi asosiy vaqtini uyda o’tkazib



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix27.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#136649
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi

2. Erning ayoli ustidagi ikkinchi haqqi shuki, ayol kishi asosiy vaqtini uyda o’tkazib, 
faqat erining roziligi bilangina ko’chaga chiqishi lozimligidir.
CHunki, mantiqan o’ylab 
qaralsa ham uy ayol kishining fitrati va tabiatiga mos bo’lgan faoliyat maydoni hisoblanadi. Erkak 
kishi ko’chadagi ishlar, pul topish, ro’zg’or tebratish uchun mas’ul ekan, o’z-o’zidan bolalarni 
parvarishlash, ularni uy ichida yedirib-ichirib o’tirishga, kiyim-kechaklarni yuvib dazmollashga 
vaqti bo’lmaydi. Bu tabiatan ayol kishining fitriy vazifalaridandir. Agar er uy ichidagi 
yumushlarga ham mas’ul qilinsa, ko’chadagi ishlar qolib ketib, zoe bo’ladi, oilaning sarf-
xarajatlari, turli tuman to’lovlar kim tomonidan ado etiladi?! SHunday ekan, ayol kishi ko’proq 
vaqtini uyda o’tkazishi, farzandlariga yordamlashishi, ularning maktab yoki bog’chaga vaqtida 
borishlari uchun vaqtida uyg’otib, kiyintirib, bosh-qosh bo’lishi, nonushta va hokazolarini o’z 
vaqtida tayyorlab berishi, uy vazifalariga yordam berishi lozim. Bu nafaqat Islom shariatida balki, 
e’tibor bersangiz butun dunyoda, hatto g’arb olamida ham shunday. O’z fitrati va tabiatini 
yo’qotmagan o’sha ovro’polik ayollar ham uyda farzand parvarishi va uy ishlarini idora qilish 
bilan shug’ullanadi. Uy ishlari bir maromda ketishi uchun ayol kishi ko’p vaqtini uyda o’tkazishi 
talab etiladi. Alloh taolo Qur’oni karimda ayollarga xitoban ya’ni “uylaringizda qaror toping!” 
degan (Ahzob surasi). Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qiladilar: “erning o’z 
xotini ustidagi haqqi ayolning er ruxsatisiz uydan chiqmasligidir. Agar shunday qilsa, (ya’ni er 
iznisiz ko’chaga chiqib ketsa) to tavba qilguncha yoki uyga qaytguncha Alloh unday ayolni 
la’natlaydi” (Bayhaqiy va Tayolisiy rivoyatlari). Albatta, bu zikr qilingan oyat va hadislar ayol 
kishining umuman ko’chaga chiqishi mumkin emasligini anglatmaydi. Balki, bu – uyning ishlarini 
zoe qilgan holda besabab, eriga aytmasdan ko’chaga chiqib ketaverish, yurimsak bo’lib qolish kabi 
salbiy holatlarga taalluqli. Holbuki, eriga aytib o’z ehtiyoji uchun ko’chaga chiqish, ota-onasini 
ko’rib kelish va hokazolar albatta shariatimizda mumkin bo’lgan ish. Er kishi ayolini umuman 
uyga bandi qilib zulm qilmasligi kerak. Agar o’zaro rozilik asosida bo’lsa ayol kishi hatto ishga 
kirib, oilaviy holatga o’zining hissasini qo’shishi ham mumkin. Ammo, dinimiz Islom ayolga 
yengillik yuzasidan oila nafaqasini erning zimmasiga yuklab qo’ygan. CHunki, ham uy 
yumushlari, ham tashqarida pul topish ayol kishiga mashaqqat bo’ladi. Hozirgi paytda ayrimlar 
ayol umuman ko’chaga chiqmay, faqat uyda o’tirishi kerak, deb da’vo qilsa, boshqa birlari esa 
ayolini ishlatib qo’yib, o’zi uyda ularning ishini qilib o’tiradi. Islom shariati bu ikki yo’lni ham 
birday qoralaydi Joriy “Sog’lom ona va bola yili”da ham avvalo, ayol zotining jamiyatimizdagi 
o’rni va nufuzini, ijtimoiy faolligini yanada oshirish, xotin-qizlarning jamiyatda qilayotgan 
ishlarini munosib baholash, har qaysi xonadonda uy bekasi bo’lmish opa-singillarimizning og’irini 
yengil qilishga yo’naltirilgan ko’plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin