13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi reja: 1



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix27.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#136649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi

“Kuttabu-l-vahy”
(Vahiyni yozib oluvchi 
kotiblar) deb nomlangan. 
SHu tariqa Qur’on 13 yil Makkada va 10 yil Madinada nozil bo’ldi. 
Sura va oyatlar nozil bo’lish vaqti va joyiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 
Makkiy
(payg’ambarlikning Makka davrida nozil qilingan) suralar va 
Madaniy
(Madina davrida nozil 
qilingan) suralar. 
Makkiy sura va oyatlar qisqa, lekin keng ma’noni o’zida qamrab olgan, eshitgan kishini 
larzaga keltiruvchi balog’atli va jarangdor lafzlar bilan yozilgan bo’dib, mazmun jihatdan
yakkaxudolikka va Allohning o’zigagiga ibodat qilishga targ’ib, 
risolat
(payg’ambarlik)ni, qayta 
tirilish va hisob-kitobni tasdiqlash, qiyomat va undagi holatlar, do’zax va uning azobi, jannat va 
undagi ne’matlar, borliqdagi mo’jizalar haqidagi oyatlar; 


Madaniy sura va oyatlar esa uzunroq bo’lib, mazmunan shariatning umumiy asoslarini 
o’rnatish, jamiyat amal qilishi lozim bo’lgan ahloq normalari, yetimlarning molini zulm bilan 
yeyish, qizlarni tiriklayin ko’mish kabi johiliyatni yomon illatlarini o’z ichiga olgan. SHuningdek, 
ibodat va 
muomalot 
(tijorat), had, oilaviy munosabatlar, meros taqsimoti, jihod, jamoat 
namozining fazilatlari, xalqaro aloqalar, shariat masalalarini yortishga qaratilgan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Payg’ambar alayhis-salom davrlarida Qur’on jamlanmagan edi. 
Bunga sabab, birinchidan, Payg’ambar hayot bo’lgan ilk davrda Qur’on oyatlari vaqti-vaqti bilan 
doimiy ravishda nozil bo’lib, uni jamlab kitob holiga keltirish hali dolzarb masala darajasiga 
ko’tarilmagan edi. Ikkinchidan, bu davrda odamlar orasida «hali vahiy tushishi uzoq davom etadi», 
degan kayfiyat hukmron edi. 
Bu boradagi ishlar Abu Bakr Siddiq va Usmon ibn Affon davrlarida amalga oshirildi.
Payg’ambarning (s.a.v.) vafotlaridan so’ng ba’zi arab qabilalari dindan qayta boshladilar. 
Abu Bakr Siddiq tomonidan ularga qarshi olib borilgan “ridda” urushlarida musulmonlardan bir 
ming ikki yuz kishi, shu jumladan yetmishga yaqin 
murattab
(Qur’onni to’lib, tartib bilan yod 
olgan) qorilar shahid bo’ldilar. Buning xabari Madinaga yetib kelgach, Umar ibn Xattobning 
tashabbusi va tavsiyasi bilan Abu Bakr Siddiq Rasulullohning vahiy kotiblaridan bo’lgan Zayd ibn 
Sobitni chaqiradilar va Qur’on oyatlarini sahifalarga jamlashni buyuradilar. SHu tariqa xalifa Abu 
Bakr Siddiq davrlarida Qur’on ilk bor sahifalarda jamlandi. 
Uchinchi xalifa Usmon ibn Affon davrida Qur’on ikkinchi marta jamlanib, kitob holatiga 
keltirildi. Qur’oni karimning Usmon roziyallohu anhu tomonidan jamlanishidagi eng ahamiyatli 
jihati uning qiroatini yagona shaklga keltirilgani edi. Bundan «Ilk Qur’on oyatlari yozilgan 
nusxalar orasida har xillik mavjud bo’lganmi?» degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga javoban 
Qur’on ilmlariga oid «etti xil qiroat» haqidagi ma’lumotni keltirib o’tish joizdir. 
«Etti qiroat» deganda Qur’onning yetti xil lahjaga xos qiroat bilan o’qish nazarda tutiladi. 
Bunda oyatdagi bir so’z o’rniga o’sha ma’noni anglatuvchi boshqa so’z (sinonim) qo’yilgan edi. 
SHu tariqa oyatlar Arabiston yarimorolidagi Quraysh, Huzayl, Havozin, Yaman kabi eng yirik 
qabilalarning lahjalarida nozil bo’lgani rivoyat qilinadi. Bu turli qabila vakillariga Qur’on tilovati 
va uni tushunish oson bo’lishi uchun berilgan yengillik edi. Ilk davrdagi hazrat Abu Bakr 
tomonidan jam qilingan Qur’on to’plami shu yetti qiroatni o’z ichiga olgan edi. Ammo ushbu «etti 
qiroat» keyinchalik musulmonlar orasida ba’zi ixtiloflarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. 
Usmon ibn Affon davrida islom dini Arabiston yarim orolidan tashqariga chiqib, turli xalqlar 
orasida tarqaldi, musulmonlar soni ko’paydi. Yangi islomga kirgan aholi o’sha yerga borgan qori 
sahobalardan Qur’on qiroatini o’rganar edilar. Mazkur sahobalar esa o’z lahjalariga xos qiroatni 
o’rgatardilar. Ikki xil qiroat sohibi bir joyda jam bo’lib qolsa, har bir tomon o’zining qiroati to’g’ri 
va afzal deb, da’vo qilar, natijada tortishuv yuzaga kelardi. 
Mazkur Mushafni jamlash ham Abu Bakr Siddiq davridan tajribaga ega bo’lgan sahoba – 
Zayd ibn Sobitga yuklandi.
Mazkur ish amalga oshirilgach, Qur’ondan yozilgan boshqa har xil lahjalardagi sahifalar 
kuydirib yuborildi. Yagona mushafdan bir necha nusxa ko’chirildi va har bir mintaqaga bittadan 
yubordilar. 
Usmon ibn Affon turli yurtlarga yuborgan Mushaflarning soni oltita bo’lib, ular Makkiy, 
SHomiy, Basriy, Kufiy, Madina ahli uchun umumiy bo’lgan Madaniy va xalifaning o’zi uchun 
xos bo’lgan Madina Mushaflaridir. 
HADIS 
– Islom dinining Qur’oni karimdan keyingi o’rinda turuvchi muqaddas manbasidir. 
U Muhammad payg’ambarning (s.a.v.) aytgan so’zlari, qilgan ishlari, taqrirlari (ko’rib yoki eshitib 
qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni o’zida mujassam qilgan xabar va 


rivoyatlardir. «Hadis» so’zining lug’aviy ma’nosi – «so’z, xabar, hikoya; yangi narsa». Sunnat 
hadis so’zidan kengroq ma’noni bildiradi. Sunnat Rasululloh (s.a.v.)ning pokiza sayratlari, 
turmush tarzlari, diniy yo’llariga nisbatan ishlatilgan.
Sunnat qavliy, fe’liy va taqririyga bo’linadi. 
Qavliy sunnat
– Rasululloh (s.a.v.)ning turli 
holat va munosabatlarda aytgan so’zlari. 
Fe’liy sunnat
– Rasululloh (s.a.v.)dan sodir bo’lgan 
shar’iy ishlar. 
Taqririy sunnat
– sahobiylar tomonidan qilingan biror hatti-harakat yoki gap-so’zga 
Payg’ambar (s.a.v.)ning indamasliklari yoki ma’qullashlari. SHuningdek, Payg’ambarning (s.a.v.) 
xalqiy (tana ko’rinishlari), xuluqiy (axloqlari), va tarjimai hollariga oid ma’lumotlar ham sunnat 
deyiladi. 
Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan 
roviylar zanjiri – isnod yoki sanaddan iborat. Isnod hadisning tarkibiy qismi bo’lib, uni uning 
aytuvchisiga bog’lash, ya’ni matnga olib boradigan kishilar (roviylar) zanjiri. Hadisning 
boshlanishida uni birinchi aytgan va eshitgan kishidan hadis yozayotgan musannifga qadar barcha 
roviylarning nomlari birma-bir ko’rsatib chiqiladi, mana shu hadisning tayanadigan asosi isnodi 
bo’ladi. Isnod kuchli deb topilsa matn ham ishonchli hisoblangan. SHuning uchun 
muhaddislarning asosiy vazifalaridan biri hadislarning isnodini kuchli yoki kuchsiz ekanini 
ko’rsatib berish bo’lgan. 
Hadislar o’zidagi ma’lumot xarakteriga qarab ikkiga bo’linadi: 
-
al-hadis al-qudsiy.
Ma’nosi Alloh taolodan bo’lib, aytilishi, ya’ni lafzi Rasululloh 
(s.a.v.)dan bo’lgan hadislar. SHuningdek, u 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin