13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi reja: 1



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix27.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#136649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi

SHialik.
Siffin jangi natijasida haruriylar bilan deyarli bir paytda o’zini “shiatu Ali” (Alining 
guruhi) deb atagan aliparast oqim ham yuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib SHialik, Iroq va 
Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo’nalishga aylangan. SHialik boshda har 
qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo’lgan 
edi. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. 
SHia so’zining to’liq shakli “ash-SHia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki “SHiatu Ali” (Ali 
tarafdorlari) bo’lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan. 
SHialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas, balki 
din ruknlaridan kelib chiqadi deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko’ra, rahbar xalq 
tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros sifatida o’tadi. Rasululloh Alini xalifa etib 
tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo’li bilan 
uzatiladi. Ular Alining xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda 
payg’ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg’ambarlarini tanlab, 
ularni gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Alloh huzuridan berilgan ilm) bergani kabi, 
xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan 
zo’rlik bilan tortib olishgan, Ali o’sha davrda xalifalikni boshqarganmi yoki yo’qmi bundan qat’i 
nazar, Alining xalifaligi Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb da’vo qiladilar. 
Sunniylik (Ahli sunna val-jamoa)
yo’nalishi 657 yilgi voqealar va ularning natijasida kelib 
chiqqan firqabozlik sharoitida ham o’rta yo’lni tutgan, davlat rahbarlariga qarshi bormagan, 
o’zlarini sunnatga amal qiladigan va jamoatdan ajralmaydiganlar guruhi sunniylar yoki “ahli sunna 
val jamoa” deb ataldi. Bugungi kunda sunniylar dunyo musulmonlarining 92,5 foizini tashkil etadi. 
Sunniylik doirasida to’rt fiqhiy mazhab (
arab.
yo’l) va ikki aqidaviy ta’limot mavjud bo’lib, 
xavorij va shia firqalaridan farqli ravishda ular bir-birlarini rad etmaydilar. Bugungi kunga qadar 
ham, sunniy ulamolar to’rttala fiqhiy va ikkala aqidaviy mazhablarning to’g’ri ekani, ularning bir-
birini to’ldirishi, bunday farqlilik tarixiy, ijtimoiy omillar mahsuli ekani va bu musulmonlar uchun 
osonlik yaratishiga ittifoq qilishgan. 


Keyingi davrda paydo bo’lgan «vahhobiylik», «hizbut tahrir» kabi yo’nalishlarni fiqhiy 
mazhablarga tenglashtirib bo’lmaydi. CHunki ular shar’iy masalalarda o’z mustaqil yechimlarini 
bergan tizimga ega emas. Ularga diniy-siyosiy harakat va noqonuniy siyosiy partiyalar sifatida 
qarash mumkin. 
VIII-IX asrlarga kelib Islom dini doirasida aqidaviy ixtiloflar ham yuzaga keldi. Islom dinida 
Alloh taolo, uning sifatlari, insonlarning taqdiri, qiyomat, jannat va do’zax, gunoh va savob kabi 
mavzular aqidaviy masalalar sirasiga kiradi. Zikr etilgan unsurlarni o’rganuvchi fan yana kalom 
ilmi deb ham ataladi. Qur’onda ham hadislarda ham bu borada tortishish, o’zicha hukm chiqarish 
qoralangandir. SHu sababli ham avval boshida ulamolar kalom ilmi bilan shug’ullanishni qattiq 
qoralaganlar. 
“Mo’’tazila”, “jabariyya”, “qadariyya”, “mushabbiha” kabi bir qator adashgan oqimlar 
yuzaga kelgach oddiy musulmonlarga sof aqidani tushuntirib berish ehtiyoji tug’igan edi. 
SHundan so’ng kalom ilmi bilan shug’ullanishga ruxsat beriladi. 
Kalom borasida bahs yuritgan ilk oqim 
“mo’’tazila”
hisoblanadi. Ushbu ta’limot islom 
tarixidagi adashgan firqalardan bo’lib, Hasan al-Basriyning (v. 110/728 y.) sobiq shogirdlari 
bo’lgan Vosil ibn Ato (v. 748 y.) va Amr ibn Ubaydga (v. 761 y.) borib taqaladi. Umaviy xalifa 
Hishom ibn Abdilmalik davrida ushbu ikki shogird Hasan al-Basriy davrasidan o’zlarining 
“manzila baynal manzilatayn” (arosat) mavzuidagi aqidalari bilan ajralib chiqadalar va 
«mo’’tazila» (ajralganlar) nomini oladilar. Mo’’taziliylar abbosiylar xalifaligi davrida muhim 
o’rin tutganlar.
Mo’’taziliylar abbosiy xalifa Xorun ar-Rashid davrida ta’qib ostiga olingan bo’lsalar, 
Ma’mun, al-Mo’’tasim va al-Vosiq davrlarida (813-847) suyukli peshvolarga aylanadilar va yirik 
davlat mansablariga ham sazovor bo’ladilar. Ma’mun davrida mo’’taziliylar “mihna” degan jamoa 
tuzib, o’zlarining aqidaviy qarashlarini mahalliy ulamolarga majburlab sindirishga harakat 
qilganlar. 
Mo’’taziliylar ta’limoti 
“al-adl” (Allohning adolati), “tavhid” (Allohning yagonaligi), “al-
va’d val va’iyd” (va’da va jazolash
),
 “manzila baynal manzilatayn” (Oraliq holatda qolish), “al-
amr bil ma’ruf van nahiy anil munkar” (Yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish
) deb 
nomlanuvchi besh tamoyilga tayanadi. 
Xalifa Mutavakkil davriga kelib mo’’taziliylar yana siquvga olindi va bora-bora butunlay 
yo’q bo’lib ketdi. 
Mo’’taziliylar bilan deyarli bir davrda yuzaga kelgan aqidaviy oqimlardan biri 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin