Miloddan avvalgi 621 yilda Yahudiya podshohi Iosiy diniy islohot o’tkazdi: din ishlari qat’iy markazlashtirildi.
Yuqorida aytilganidek, miloddan avvalgi 722 yilda Isroilni Ossuriya (Shom, Suriya) podshohligi va miloddan avvalgi 586 yilda poytaxti Quddus bo’lgan Yahudiyani Bobil podshohligi bosib oldi va yahudiylarning ko’p qismini asir qilib haydab olib ketdilar. Yahudiylar asirlikda 50 yil qattiq azob chekib, nola-fig’on qilib yurdilar.
Shundan keyin miloddan avvalgi 539 yilda ularni Eron, so’ngra 330 yilda Makedoniya podshohi Iskandar Zul-qarnayn, so’ngra miloddan avvalgi 63 yili Rim imperiyasi bosib oldi.
Mutaxassislarning kuzatishicha, tarixda yahudiylar o’zlarining sarkazliklari va tuturiqsizliklari tufayli g’oyat azob-uqubatda yashagan yagona xalq hisoblanadi. Boshqa biron-bir xalq Alloh taolo tomonidan bu qadar muttasil balolarga giriftor qilingan emas. Odatda qaerda, qaysi xalqning nojo’ya ishlari haddan oshib ketsa, Haq taolo o’sha erdan, o’sha xalqning o’zidan payg’ambar chiqarib hidoyatga da’vat etadi. Shuning uchun ham payg’ambarlarning aksariyat ko’pchiligi yahudiylardandir.
Miloddan avvalgi 539 yilda Bobilni bosib olgan Eron shohi Kayhusrav (Kir II) yahudiylarni Falastinga qaytardi, Ierusalim ibodatxonasini qayta tiklattirib berdi. Yahudiylar Bobil asirligidan qaytib kelgach, mustaqil davlatga ega bo’la olmadilar. Kayhusrav ularni ozod etgan bo’lsa-da, Falastinni o’z hukmi ostida qattiq tutib turdi. Mustaqil davlat yo’qligi bois, Ierusalim ibodatxonasining mavqei, roli ortib diniy markazga aylandi. Ana shu davrdan yahudiylar boshqa xalqlardan ajrata boshlandi. 446 yilda Ierusalim devorini qurishga kirishildi. Yahudiylarning boshqa xalqlar bilan nikohga kirishi man etildi. Yahudiy bo’lmaganlarga, xatna qilinmaganlarga majusiy ya’ni dinsiz deb qarala boshlandi.
Miloddan avvalgi 63 yila Falastin Rim imperiyasi tomonidan zabt etilgandan so’ng, milodiy 66-73 yillarda va 132-135 yillarda yahudiylar Rim imperiyasiga qarshi ikki marta qo’zg’olon ko’tardilaro. Rimliklar bu ikkala qo’zg’olonni ham o’ta shafqatsizlarcha bostirdilar, qanchadan-qancha yahudiylar qirib tashlandi. Milodiy 70 yilda Ierusalim ibodatxonasi, 133 yilda Ierusalim shahrining o’zi ham rimliklar tomonidan vayron etildi. Yahudiylar endi diniy markazlaridan ham mahrum bo’ldilar, Falastindan haydab chiqarildilar. Turli mamlakatlarga tarqalib ketdilar, ko’plarini Rim quldorlari boshqa mamlakatlarga arzon-garovga qul qilib sotib yubordilar.
Yahudiylikning barcha qonun-qoidalari payg’ambar Muso alayhissalomga nozil qilingan muqaddas Tavrotda mufassal bayon qilingan. Bundan tashqari, Tavrotning tavsiri va yahudiylik dinining aqida va marosimlari yozilgan Talmud kitobi hamda Muso alayhissalom vafotidan 460 yil keyin, miloddan avvalgi 1050 yillarda Dovud alayhissalomga nozil qilingan muqaddas Zabur (Psaltir) kitobi ham bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi.
Ma’lumki, Bibliya ikki qismdan ya’ni “Qadimgi ahd” va “Yangi ahd” qismlaridan iborat, Tavrot va Zabur “Qadimgi ahd” qismiga, payg’ambar Iyso alayhissalomga milodiy yil boshlarida nozil qilingan Injil “Yangi ahd” qismiga kiritilgan bo’lib, xristianlar Bibliyaning ikkala qismini, yahudiylar esa faqat “Qadimgi ahd” qismini tan oladilar va e’tiqod qiladilar.
Yahudiylik son-sanoqsiz marosimlarga, ta’qiqlarga, buyruqlarga, bayramlarga ega bo’lgan din. Bu dinning talabiga ko’ra har bir dindlor 365 ta’qiqni va 248 buyruqni, jami 613 amri-ma’ruf va nahiy munkarni bilishi shart.
Yahudiylik dinida dindorning kiyadigan kiyimi, eydigan ovqati, hojati, kun tartibi, ibodat qilishi, bayramlarga qat’iy amal qilishi kabi masalalar qat’iy tartibga solingan.
Yangi tug’ilgan chaqaloq sakkiz kunligidayoq xatna qilinishi shart bo’lgan. Yahudiyning biron-bir qadami duosiz bosilmaydi. Yahudiylar tuya, cho’chqa, quyon, ot, eshak go’shtlarini emaydilar. Ular eydigan hayvon go’shtida qon dog’i bo’lishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham yahudiylarda mollar faqat o’z ishiga usta bo’lgan qassoblar tomonidangina so’yiladi.
Dostları ilə paylaş: |