2-bosqich 420-gurux talabasi Toshniyozova Faridaning Falsafa fanidan tayyorlagan Mustaqil ish



Yüklə 150,08 Kb.
səhifə6/10
tarix09.02.2022
ölçüsü150,08 Kb.
#114286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Milliy dinlar

Braxmanlik. Eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklarga kelib oriylar Hindistonda o’zlarining knyazliklariga ega bo’ldilar. Vedalarning marosimlar haqidagi ko’rsatmalari ancha murakkablashdi. Shu davrga kelib aholi o’rtasida braxmanlarning nufuzi oshib ketdi. Ular oldingi ta’limotlarni isloh qilib, yangicha diniy qonun-qoidalarni ishlab chiqdilar va braxmanlik diniga asos soldilar. Braxmanlik mohiyatan vedalar dinining rivojlangan shaklidir.

Braxmanlar qadimdan qohinlik (ruhoniylik) vazifasini o’tab, qurbonlik ishlariga rahbarlik qilish, xalq orasida Vedalarni targ’ib etish bilan shug’ullanishgan, ular hukmron sinf vakillari sanalgan. Braxmanlikning muqaddas kitoblariga Vedalar, ularga yozilgan sharhlar, Braxmanlar, Arn’yaklar va Upanishadlar kiradi.



Braxmanlikda vedalar dinidagi ko’pgina xudolarning o’rniga asosan uch xudo: Braxma, Shiva va Vishnular qabul qilingan. Bulardan Braxma-koinotni yaratuvchisi, unga jon ato etuvchi, Vishnu (muruvvatli degan ma’noni beradi) – tabiatni saqlovchi, Shiva (yovuz ma’nosini anglatadi) esa tabiatni vayron etuvchi xudolardir.

Braxmanlikda hayvonlardan sigir, maymun, ayrim o’simliklar va boshqalar muqaddaslashtirilgan. Braxmanlikda butun borliq xayoliy bo’lib, jonli narsalar, jumladan, inson ham qayta tirilish xususiyatiga ega deb qaralgan.

Braxma xudosi belgilagan hayot me’yorlari, qonunlarining bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab inson axloqiga baho berilgan. Kambag’am mehnatkalar, mazlumlarning qiynalib yurishi hayot mer’yori hisoblangan. Ularning ahvoli og’irligiga o’zlari, o’zlarining niyatlari, hislatlari, yomon hatti-harakatlari, axloqi sababchidir deyiladi. Jonni halos qilish, uni bundan keyin paydo bo’lishdan saqlab qolishning birdan-bir yo’li jonning Braxma bilan qo’shilib ketishidir. Bunga erishish uchun Braxmaning ilohiy mohiyatini to’la bilib olish, butun o’y-hayolni xudoga qaratish va tashqi olamdan butunlay voz kechish talab etilgan. Braxmanlik jonning ko’chib yurishi to’g’risidagi ta’limotni diniy jihatdan asoslab bergan. Barxmanlik braxmanlarga so’zsiz itoat etishni, shoh hokimiyatini ilohiylashtirishni, o’z hayot me’yorlari qonun-qoidalarini bajarishni, diniy marosimlarga qat’iy amal qilishni talab qiladi, bu esa insonga qulay karma yaratib, yanada yaxshiroq bo’lib qaytadang tug’ilishga, pirovard natijada oliy, mutlaq yaratuvchi xudo Braxma bilan qo’shilib ketishga olib keladi deb ta’lim beradi.

Braxmanlik ta’limoti kastalarga (ijtimoiy tabaqalar) asoslangan, ya’ni jamiyatdagi insonlar o’zlarining kelib chiqishlari, mansablari va hunarlariga ko’ra turli tabaqalarga bo’linadilar. Braxmanlikda eng yuqori kast Braxmanlar. Ular xudoning tilidan yaratilgan bo’lib, xudolar nomidan gapirish huquqiga ega bo’lganlar. Ikkinchi kast Kshatriylar bo’lib, ular xudoning qo’lidan yaratilgan insonlar hisoblanib, podshohlar, knyazlar, jangchilar shular jumlasiga kiradi. Uchinchi kasta Vayshiylar bo’lib ular xudoning sonidan yaratilgan insonlar hisoblanib, savdogar va hunarmandlar shu kastaga mansubdir. Eng past tabaqa Shudralar xudoning oyog’idan yaratilgan hisoblanib, oddiy xalq, dehqonlar shular jumlasiga kiritilgan.


Yüklə 150,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin