2-bosqich 420-gurux talabasi Toshniyozova Faridaning Falsafa fanidan tayyorlagan Mustaqil ish


Braxmanlikning kastachilik asoslari eramizdan avvalgi V asrlarda yashagan Hindistonning yarim afsonaviy hukmdori Manu qonunlarida mustahkamlangan



Yüklə 150,08 Kb.
səhifə7/10
tarix09.02.2022
ölçüsü150,08 Kb.
#114286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Milliy dinlar

Braxmanlikning kastachilik asoslari eramizdan avvalgi V asrlarda yashagan Hindistonning yarim afsonaviy hukmdori Manu qonunlarida mustahkamlangan.

Keyinchalik miloddan avvalgi VI-V asrlarda buddaviylik braxmanlikka qarshi kurash olib bordi. Bu kurashda braxmanlik dini bevosita buddaviylik ta’siri ostida asta-sekin hindaviylik diniga aylanib ketdi.
Hindaviylik. Bu din hozirgi Hindistonda keng tarqalgan dindir. Unga Hindiston aholining 80% dan ortiq qismi e’tiqod qiladi. Hindaviylik diniga e’tiqod qiliuvchilarning 95% Hindistonda, qolgan qismi – Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri-Lanka, Janubiy Afrika va Janubiy-Sharqiy Osiyoda yashaydi.

Eramizdan avvalgi VI asrda Hindistonda jahon diniga aylangan Buddizm dini vujudga keldi. U braxmanlikning bir qancha elementlarini o’zida mujassam etsada, kastachilik ta’limotini inkor etdi. Natijada kasta tizimini saqlab qolishga, braxmanizmni qayta isloh qilishga harakat boshlandi. Aynan ushbu harakatlarning oqibati o’laroq braxmanizmning qayta isloh qilingan yangi shakli hindaviylik dini vujudga keldi.



Hinduiylik qadimgi vedalar vabraxmanlik dinlari zaminida shakllangan. Alohida diniy e’tiqod sifatida asosan o’rta asrlarda hukmron mafkuraga, dinga aylandi. Hindistonda hech bo’lmasa otasi yoki onasi hind bo’lgan va boshqa dinga tpinmaydigan har bir kimsa hinduist hisoblanadi. Hinduizm diniy tasavvurlar, urf-odatlar, diniy marosimlar va hayotiy tartibotlar yig’indisidan iborat. Hinduizm dinida ajdodlar ruhiga, tog’lar, daryolar (xususang Gang), nilufar o’simligiga, hayvonlardan sigir, fil, maymun, ilon va boshqalarga sig’inishadi hamda ular muqaddas hisoblanadi. Bundan tashqari, g’ayritabiiy hodisalarga ham topinishadi.

Ruh (jon)ning ko’chib yurishi haqidagi ta’limot hindaviylikdagi barcha dindorlar uchun umumiy ta’limotdir. Unga ko’ra, kishi o’lganidan so’ng joni yangi o’simlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tug’iladi. Yangi ruhning qanday bo’lishi karma qonuniga, ya’ni kishining hayoti davridagi xulq-atvori, hatti-harakatiga bog’liq. Hinduizmning asosiy maqsadi insonni mana shu qayta tug’ilishdan, azob-uqubatdan halos qilishdir. Hayotning asl maqsadi ruhiy mutlaqqa-Braxmaga erishish, unga qo’shilib ketishdir. Bunga Xudoga mehr qo’yish, sodiq bo’lish, borliq haqida, uning qonun-qoidalari haqida fikr yuritish, yoga tajribasi yordamida ruhiy hayolga cho’mish orqali erishiladi. Hinduizmda Vedalar, Upanishadlar, Mahabharat, Bhagavadgita, Ramayana kitoblari muqaddas sanaladi.


Yüklə 150,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin