«Xufiyona» iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishida davlatning iqtisodiy xavfsizligiga imkoniyatdagi va aniq tahdid mavjud. «Xufiyona» iqtisodiyot aksariyat odatdagi, «normal» iqtisodiy jarayonlarning kechishiga – daromadning taqsimlanishi va shakllanishiga, xalqaro savdoga, investitsiya kiritish va umuman iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Xufiyona» iqtisodiyotning xususiyatlarini aniqlashda ushbu muammo tadqiqotchilarini turli ta’riflarni muomalaga kiritishga undovchi har xil omillar inobatga olinadi. Bunday mezonlarga quyidagilar kiritiladi:
Mazkur mezonlarga ko‘ra, «jinoiy», «nojinoiy», «norasmiy», «soxta», «norasmiy» iqtisodiyot ajratiladi.
Mazkur mezonlarga ko‘ra, «jinoiy», «nojinoiy», «norasmiy», «soxta», «norasmiy» iqtisodiyot ajratiladi.
Xufyona iqtisodiyoti (shuningdek, yashirin iqtisodiyot, norasmiy iqtisodiyot) - bu davlat nazorati va hisobidan tashqarida bo‘lgan jamiyat va davlatdan yashirilgan iqtisodiy faoliyat. Bu iqtisodiyotning kuzatib bo‘lmaydigan, norasmiy qismidir, lekin uning barchasini qamrab olmaydi, chunki u jamiyat va davlatdan yashirin bo‘lmagan faoliyatni, masalan, uy-joy yoki jamoaviy iqtisodiyotni qamrab olmaydi. Bunga iqtisodiyotning noqonuniy jinoiy shakllari ham kiradi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi
Xufyona iqtisodiyoti - bu amaldagi davlat qonunlari va jamoat qoidalarini chetlab o‘tib, o‘z-o‘zidan rivojlanadigan jamiyat fuqarolari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Ushbu biznesning daromadlari yashirin va soliqqa tortiladigan iqtisodiy faoliyat emas. Darhaqiqat, davlat organlarining daromadlarini yashirish yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga olib keladigan har qanday biznes xufyonali iqtisodiy faoliyat deb hisoblanishi mumkin. Shuningdek, nemis adabiyotlarida ham xufiyona iqtisodiyotga oid turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning ayrim tariflarida xufiyona iqtisodiyot moliyaviy sirli bitimlar sifatida talqin etilsa, yana bir boshqa ta’rifda xufiyona iqtisodiyot jinoiy faoliyat sifatida qaraladi. Uchinchi bir yondashuvda xufiyona iqtisodiyot barcha subyektlarning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashini qamrab oladi, deyiladi. To‘rtinchi hodisada xufiyona iqtisodiyot natijalari YAIMda inobatga olinadigan ham moliyaviy ope- ratsiyalar, ham iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Nemis mutaxassislari xufiyona iqtisodiyotni YAIM tarkibiga kiritish tarafdori ekanligini qayd etish lozim.