J: 12 misra, 3 band.
12.Usmon Nosirning “Yurganmisiz birga oy bilan”, “Yur tog‘larga chiqaylik” she’rlari qayerda yozilgan? J: Boltiq dengizi bo‘yida.
“YUR TOG‘LARGA CHIQAYLIK” SHE’RI
1. Shoir qaysi she’rida hali bolalik zavqidan voz kechishni istamagan shoir ko‘ngli bilan shafqatsiz hayotning achchiq-chuchugini totib, sergak torta boshlagan shoir aqli o‘zaro muloqotga kirishadi? J: “Yur tog‘larga chiqaylik”.
2. “Yur tog‘larga chiqaylik” she’rining boshlanishi? J: Yur tog‘larga, chiqay-lik Mayli yur!
3.“Yur tog‘larga chiqaylik” she’rida nima o‘ta chiroylik, go‘yo suvga o‘xsha-tiladi? J: Yoshlik.
4. U. Nosirning qaysi she’ri bir xil misra bilan boshlanadi va yana shu misra bilan tugallanadi? J: “Yur tog‘larga chiqaylik”.
“YO‘LCHI” SHE’RI
1. U.Nosirning qaysi she’rida o‘zi tanlagan olis yo‘lda duch kelishi muqarrar bo‘lgan qiyinchiliklarga tik boqa oluvchi obraz aks etadi? J: “Yo‘lchi” she’ri.
2. U. Nosir qaysi she’rida “Chu, qora yo‘rg‘am” deb yozadi? J: “Yo‘lchi” she’ri.
3. U. Nosir “Yo‘lchi” she’rini yozganda necha yoshda edi? J: 23 yosh.
4. U. Nosirning “Yo‘lchi” she’rining 3-misrasini toping? J: Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin.
5. “Yo‘lchi” she’rining lirik qahramoni qanday odam? J: Oddiy odamlar singari orzular ko‘yida yurgan odam emas. U talpingan manzil “murodga qasd qilib yugurish”ni talab qiladi.
6. “Yo‘lchi” she’rining tugallanishi?
J: Bo‘ronni sevmasa, dil nechun tepar?
Tiriklik ne kerak bemehnat, beg‘am?!
Chu, qora yo‘rg‘am!
“YURAK” SHE’RI
1. “Itoat et
Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril! Chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli tamom o‘lsam”–misralari U. Nosirning qaysi she’ridan olingan?
J: “Yurak”.
2. U. Nosirning umri aks etgan she’ri? J: “Yurak”.
“YOSHLIK” SHE’RI
1. “Yoshlik” she’rining boshlanishi? J: Kunlarimni yoshligimdan ayamadim, Menda yoshlik nokaslikni hech ko‘rmadi.
2. “Yoshlik” she’ri necha banddan iborat va nechanchi yil yozilgan? J: 6 band, Toshkent, 1934-yilda.
3. Shoir “Yoshlik” she’rida yoshligimning tarozisi qanday tosh bilan og‘ir deydi? J: Bahor toshi bilan.
4. “Yoshlik” she’rida “bahor toshi” deganda nima nazarda tutiladi? J: Sevinch, shodlik.
5. Shoir qaysi she’rida “yuragimda o‘lib qolgan bolaligim erkaligin tiriltirdim” deydi? J: “Yoshlik”.
6. “Yoshlik” she’rining tugallanishi?
J: Keyin bilsam, tasodiflar zarur ekan,
Hodisani yetaklarkan sababiyat.
“GULZOR-CHAMAN” SHE’RI
1. “Gulzor-chaman” she’rining boshlanishi? J: Gulzor-chaman. Yur, bog‘-larga Eltay yetaklab. Binafshalar terib beray Senga etaklab.
2. “Gulzor-chaman” she’ri necha band va qachon yozilgan? J: 10 band, 1934-yil.
3. “Kunday yorug‘, tunday qora
Ekan ko‘zlaring”. Ushbu misralarda qanday badiiy tasvir vositalari ishlatil-gan va kimning qalamiga mansub? J: O‘xshatish. U. Nosir.
4. “Gulzor-chaman” she’rida U. Nosir yoriga nimalarni terib bermoqchi bo‘ladi?
J: Binafsha.
5. “Istaymanki oqar qonim
Tamom bo‘lmasin,
Istaymanki, sevar yorim
Tashlab ketmasin” misralari U. Nosirning qaysi she’rida uchraydi? J: “Gul-zor-chaman” she’ri.
6. Qaysi shoir agar vatan chorlasa qo‘lyozmalarini tashlab shinel kiyishga ham tayyor? J: U. Nosir, “Gulzor – chaman” she’rida.
7. U. Nosirning “Gulzor-chaman” she’ridagi lirik qahramon kimga murojaat qilyapti? J: Yoriga.
8. Usmon Nosirning qaysi she’rida lirik qahramon o‘zini braun- to’pponcha bilan otib qurbon qilishga tayyor? J: “Gulzor-chaman”.
SHE’R HAQIDA TUSHUNCHA
1. She’r nima? J: Ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasida yaratilgan hissiy nutq.
2. She’riyat so‘zi yana qanday atamalar bilan ataladi? J: Nazm, lirika.
3. “She’r” so‘zi qaysi so‘zdan olingan? J: Arabcha- “shuur” so’zidan olingan.
4. She’r uchun xos uch xususiyat: ezgulik, go‘zallik, donolik kabi shartlar bo‘lishini kim ta’kidlagan? J: Rus tanqidchisi N. A. Dobrolyubov.
5. Nutqning she’r bo’lishi uchun nima zarur? J: She’riy mazmun va she’riy shakl.
6. She’r tuzilishining asosini nima tashkil etadi? J: Ritmik o‘lchov-hijo (bo‘-g‘in).
7. She’rning qanday vaznlari mavjud? J: Aruz, barmoq, erkin (sarbast), nasriy she’r.
8. O‘zbek mumtoz she’riyatini qaysi vaznda yozilgan she’rlar tashkil etadi?
J: Aruz vazni.
9. Qaysi vazn hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga asoslanadi? J: Aruz vazni.
10. Aruz vaznida yozilgan she’riy shakllar nima deb ataladi? J: G’azal, masnaviy, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas.
11. Qaysi vazndagi she’rlar hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga emas, balki ularning (bo‘g‘inlarning) miqdoriga asoslanadi? J: Barmoq vazni.
12. Barmoq vaznidagi she’rlar necha bo‘g‘indan tashkil topishi mumkin?
J: Besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz va undan ortiq.
13. She’rda misralarning o‘z ichki bo‘linishlar asosida o‘ziga xos ohangdorlikni tashkil etishi nima deyiladi? J: Turoq.
14. Qaysi vaznda vazn saqlansa-da, biroq qofiyalar bo‘lmaydi? J: Oq she’r.
15. Oq she’r shaklida yozilgan asarlar? J: M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’-bek” tragediyasi, Sofoklning “Shoh Edip”, V. Shekspirning “Otello”, “Gamlet”, “Qirol Lir”, “Romeo va Juletta” tragediyalari.
16. Qaysi she’r shaklida misralardagi hijolar miqdori, ularning cho‘ziq yoki qisqaligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi? J: Erkin (sarbast).
17. Erkin she’r yana qanday atamalar bilan yuritiladi? J: Verlibr (fransuzcha vers-she’r, libres-erkin).
18. Erkin she’rning xalqaro atamasi? J: Verlibr.
19. Erkin she’rning ajoyib namunalarini yaratgan shoirlar kimlar? J: Cho‘lpon, H. Olimjon, G‘. G‘ulom, M. Shayxzoda, U. Nosir, Mirtemir.
20. Qaysi she’rda ham she’rga, ham nasrga xos xususiyat mavjud? J: Nasriy she’rda.
21. Nasriy she’rning asosiy belgilari? J: 1. Ma’lum vaznga va izchil qofiyaga ega emas. 2. Ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashma-ning kuchliligi. 3. His-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko‘pligi. 4. O’ziga xos ritmik tuzilishi va pauzalarning ko‘pligi.
22. Nasriy she’rlar yana qanday atamalar bilan qo‘llaniladi? J: Nasrdagi nazm, mansur she’r, mansuralar, sochmalar.
23. Qaysi shoirlar ijodida nasriy she’rlar ko‘plab uchraydi? J: Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G‘afurov.
MIRTEMIR
1. “Ko‘l-u tog‘lik
Bog‘-u rog‘lik o‘zbek elim.
Momo yurti
Bobo yurti, chambilbelim” misralari kimning qalamiga mansub? J: Mirte-mir.
2. “Zar-u gavhar-yaltiroq tosh, nedir olmos,
Sen biz uchun ham non, ham osh, mangu meros” misralari kimning qalamiga mansub? J: Mirtemir.
3. Mirtemir Tursunov qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1910-yil Turkiston shahri Qoratog‘ etaklari Iqon qishlog‘i.
4. Mirtemir qayerlarda o‘qigan? J: Bobosining qo‘lida, eski maktabda, Tosh-kentdagi “Almaiy” nomidagi bolalar namuna ish maktabida, Samar-qand-dagi O‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida.
5. Mirtemirning ish faoliyati? J: Maktablarda muallimlik, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida.
6. Shoirning birinchi she’ri? J: “Tanburim ovozi”, 1926-yil, 16 yoshida.
7. Shoirning birinchi she’riy to’plami? J: 1928-yil “Shu’lalar qo‘ynida”.
8. Mirtemirning she’riy to‘plamlari? J: “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong”.
9. Mirtemir nechanchi yillarda ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishlaydi? J: 30-yil-larda.
10. Mirtemirning tarjimalari? J: Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Shevchenko she’rlari va dostonlari, Gomer, Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Mahtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat she’riy asarlari, “Manas” qirg‘iz xalq eposi, “Qirq qiz” qoraqalpoq xalq dostoni.
11. Mirtemirning mashhur bo‘lgan she’rlar va dostonlar to‘plamlari? J: “Bong”, “Poytaxt”, “O‘ch”, “Surat”, “Qoraqalpoq daftari”, “Tingla hayot!”, “Izla-ganim”, “Tog‘day tayanchim”, “Yodgorlik”.
12. “Shavkatim, faxrim mening
Dengiz-u nahrim mening,
Yuragim, bag‘rim mening,
Paxtakor Respublikam” misralari kimning qalamiga mansub? J: Mirtemir.
13. Shoir ijodidagi bosh mavzu nima? J: Yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xo-tiralarga sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoq-lash.
14. Shoir umrining oxirida yozgan she’riy to’plami? J: “Yodgorlik”.
15. Mirtemir qachon vafot etgan? J: 1978-yil 24- yanvar, 68 yoshida.
16. Mirtemirning necha jildlik “Asarlar”i nashr etilgan? J: 4 jildlik.
17. Mirtemirga qachon “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berilgan? J: Mustaqi-llik yillarida.
18. Qaysi shoir o‘zbek she’riyatining bobodehqoni degan ta’rif olgan? J: Mir-temir.
19. XX asr 20-yillarida sochmalari bilan mashhur bo‘lgan shoir kim? J: Mir-temir.
20.Mirtemirning tabiat go‘zalliklari aks etgan she’rlari? J: “Bulut”, “Shud-ring”, “To‘rg‘ay”.
21.Mirtemirning bolalik xotiralari aks etgan she’rlari? J: “Baliq ovi”, “Qishlo-g‘im”.
“BULUT” SHE’RI
1. “Bulut” she’ri necha qismdan iborat? J: 2 qism, 2 banddan 4 band.
2. “Bulut” she’rining 1-va 2-qismi qanday misralar bilan boshlanadi? J: “Ko‘k yuzida pag‘a bulut-oq bulut” .
3. “Bulut” she’ri qachon yozilgan? J: XX asrning 50-60-yillarida.
4. “Bulut” she’rida bulut nimaning darakchisi? J: Yomg‘ir, yorug‘lik, to‘kin-lik.
5. “Bulut” she’rining boshlanishi?
J: Ko‘k yuzida pag‘a bulut-oq bulut,
Oq bulutdan sut yog‘armi yoki qut
Pag‘a bulut-yaxshi ko‘klam elchisi,
Havolarda yomg‘ir isi, sel isi.
6. “Bulut” she’rida bulutlar nimalarga o‘xshatiladi? J: Paxta xirmonlariga.
7. “Ko‘k yuzida pag‘a bulut–oq bulut…
Bir qarasang- osmon to’la oqquvlar
Bir qarasang– baland qorli cho’qqilar,
Bir qarasang–ko’z ilg’amas oq barqut” misralari kimning qalamiga mansub? J: Mirtemir.
“BALIQ OVI” SHE’RI
-
“Baliq ovi” she’rining boshlanishi?
J: Bizning qishloq-tog‘ bag‘rida
Tog‘ bag‘rida-bog‘ bag‘rida.
2. Mirtemirning qaysi she’ri bolalik yillari xotiralari bilan bog‘liq? J: “Baliq ovi”.
3. “Baliq ovi” she’rining lirik qahramoni kim? J: Shoirning o‘zi (bolalik payti-dagi).
4. She’rdagi lirik qahramonning maqsadi nima edi? J: Katta baliq tutib buvisidan maqtov eshitish.
5. She’r qahramoni “To‘r tashlasam ham, zo‘r tashlayman” misrasi bilan nima demoqchi? J: O‘zini katta orzular va katta ishlarga chog‘lanayotganini bildirmoqchi.
6. Mirtemirning qaysi she’rida lirik qahramon baliq tutishga borib, bitta ham baliq tutolmay qaytadi? J: “Baliq ovi”.
7. “Baliq ovi” she’rida soy bo‘yida qanday o‘simliklar o‘sadi? J: Jambil, yal-piz.
8. “Baliq ovi” she’rida qaysi fasllarda soy suvi tiniq oqardi? J: Yozda, kuzda.
“TO‘RG‘AY” SHE’RI
1. Boshlanishi? J: Yoz boshi dalalar soz.
O‘z ko‘rkini yoymish yoz.
2. Shoir qaysi she’rida o‘z hayoti va ijodining butun mazmunini belgilagan bir haqiqatni ramziy ifodalagan? J: “To‘rg‘ay”.
3.Qaysi shoir ijodida tong saharlab barchaning halovatini buzib, betinim sayraydigan, yengiltak qush obrazi ijobiy baholangan? J: Mirtemir.
4. Mirtemir ijodida tongni ardoqlovchi, hayotni maqtaguvchi, ezgulik darakchisi deb baholangan qush qaysi? J: To‘rg‘ay.
5. Mirtemirning o‘ziga va hamkasblariga “haqiqiy shoir o‘z xalqining ovozi bo‘lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug‘ tuyg‘ularni kuylashi kerak” degan murojaati qaysi she’rida va qaysi obraz orqali aks ettirilgan? J: “To‘rg‘ay” she’ri, to‘rg‘ay obrazi.
6. “To‘rg‘ay” she’rida qaysi qushlarning nomi tilga olinadi? J: Suqsur, g‘oz, to‘rg‘ay.
7. Tugallanishi? J: Uchib – o‘ynayver - dedim-
Kuylab quvnayver - dedim.
“SHUDRING” SHE’RI
1. “Shudring” she’ri qanday boshlanadi?
J: Tong belgi bergandanoq.
O‘tib osma ko‘prikdan.
2. “Jar ketidan chopardim-
Jar keti o‘zga olam” misralari Mirtemirning qaysi she’ridan olingan? J: “Shudring”.
3. “Shudring” she’ridagi “To‘ldirib chanoq-chanoq, Go‘yo sutdek ko‘pikdan, Tutgandek g‘oyib qo‘llar, Jilvagar ko‘zga olam” misralarida gap nima haqida ketyapti? J: Tuman.
4. She’rda “yaltirar lak-lak inju” tasvirida nima ko‘zda tutilgan? J: Shudring.
5. “Sal epkinda simobday
Qaltirar lak-lak inju” she’rda qanday she’riy san’at ishlatilgan? J: Tashbeh (o‘xshatish).
6. “Kelinlar taqinchog‘i
Uzuk ko‘zlarimi yo?” misralarida qanday she’riy san’at ishlatilgan? J: Tash-beh (o‘xshatish).
7. “Kechasi onam tag‘in yig‘labdi-da, chamasi” misralarida “ona” so‘zi orqali kim ko‘zda tutilgan? J: Ona tabiat.
8. “Shudring” she’rida shudring nimalarga o‘xshatilgan? J: Injuga, kelinlar taqinchog‘iga, ko‘zlariga, ko‘zmunchoqqa, bo‘y yetgan qizlarning suzuk ko‘zlariga, yig‘iga.
9. “Yo‘q bu giryon ko‘zlarning
Yarqiroq zamzamasi” degan misralarda nima nazarda tutilgan? Qanday she’riy san’at bor? J: Ko‘zlarning kuylashi, таshbeh.
10. Ko‘zlarning kuylashi nima? J: Yig‘i.
11. Mirtemirning nihoyatda tashbehlarga boy she’ri? J: “Shudring”.
12. “Shudring” she’ri necha banddan iborat? J: 7 Banddan.
13. “Zamzama” so‘zining ma’nosi nima? J: Xirgoyi, sekin kuylash.
14. Mirtemirning 50-60-yillarda yozgan she’rlari qaysi? J: “Bulut”, “Shud-ring”.
15. Mirtemirning qaysi she’ridagi narsaning nomi faqat she’r sarlavhasidagina uchrab, she’r ichida biror marta ham uchramaydi? J: “Shudring”.
“QISHLOG‘IM” SHE’RI
1. “Qishlog‘im” she’rining boshlanishi?
J: “Qishlog‘im, nechog‘lik suluvsan bugun,
Yashilga burkanib yashnabsan shuncha”.
2. Zog‘ora nima? J:Makka unidan qilinadigan non.
3. So‘k nima? J: Tozalangan tariqdan qilingan ovqat.
4. Yovg‘on nima? J: Go‘sht va yog‘siz tayyorlangan ovqat.
5. Umoch nima? J: Uvalangan xamirdan qilingan suyuq ovqat.
6. Qishloq xonadonlari dasturxonida qanday narsalar bo‘ladi? J: Zog‘ora, so‘k, yovg‘on, umoch, yupqa, go‘ja, tolqon, qog‘irmoch, qurut, jiyda, qatiq, ko‘-mach, qovurdoq, danak, qovunqoqi, qimiz, bo‘za, no‘xat sho‘rva, kulcha-toy.
7. Go‘ja nima? J: Kelida tuyilgan makka yoki bug‘doydan tayyorlanadigan suyuq ovqat.
8. Ko‘mach nima? J: Cho‘ponlarning kulga ko‘mib pishiradigan noni.
9. Bo‘za nima? J: Dondan tayyorlanadigan kayf beruvchi ichimlik.
10. To‘qoch nima? J: Katta bo‘g‘irsoq.
11. Mirtemir qaysi she’rida deyarli bir xil bo‘lgan so‘zlarni yonma-yon keltirib ma’no chiqargan? J: “Qishlog‘im”.
12. Qaysi misralarda o‘zbeklarga xos mehmondo‘stlik kabi ma’naviy sifatlar aks etgan? J: “Qoraqumg‘on qaynar, yozilar chochiq, Zog‘arami, so‘kmi, yovg‘on yo umoch. Barini ayamas, barini qo‘yar…”.
13. “Agar so‘ygan bo‘lsa kecha bo‘rdoqi,
Qozonda …. o‘rtada ….
Yo …. suzilar, yo …..” Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying?
J: Qovurdoq, ko‘za, qimiz, achchiq bo‘za.
14. “Agar so‘ygan bolsa, uloq yo qo‘zi,
O‘hho‘, …” Misralarini davom ettiring? J: No‘xat sho‘rva yoki kulcha-toy.
15. “Esimda go‘daklik-unutilmas choq
O‘sha kunlarimdan qalbimda bor xat” misralari qaysi she’rga tegishli? J:“Qishlog‘im”.
16. “Qishlog‘im” she’ri qaysi misralar bilan yakunlanadi?
J: “Nechog‘lik to‘kinsan, nechog‘lik to‘kin,
Dunyo turguncha tur, qo‘li qadoqlim”.
17. “Qishlog‘im” she’rida shoir “qo‘li qadoqlim” deb kimga murojaat qiladi? J: Qishloq ahliga.
18. “Qishlog‘im” she’rida qaysi xalq qo‘shig‘i nomi tilga olinadi? J: “Yorama-zon”.
19. “Qishlog‘im” she’rida qaysi misra takror ishlatilgan? J: Nechog‘lik to‘kin-san, nechog‘lik to‘kin. She’r boshida 3-misrada, she’r oxiridagi misradan oldin.
20.“Baliq ovi” she’rining mantiqiy davomi qaysi she’r hisoblanadi? J:“Qishlo-g‘im”.
21. Mirtemirning qaysi she’rida shoir endi kamolotga yetgan, hayotning ulg‘ay-gan pallasida xotiralarga berilgan bir inson sifatida gavdalanadi? J: “Qishlo-g‘im” she’rida.
ASQAD MUXTOR
1. O‘nlab nasriy, she’riy asarlarning muallifi, qadimgi Yunoniston, Hindiston, Uk-raina va Rossiya adabiyotining mashhur namoyondalari asarlarining tarji-moni kim? J: Asqad Muxtor.
2. Asqad Muxtor qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1920-yil 23-dekabr Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri.
3. Bolalar uyida tarbiya topgan adib? J: Asqad Muxtor.
4. Asqad Muxtor qayerlarda ta’lim olgan? J: O‘rta maktab, O‘rta Osiyo Dav-lat universiteti.
5. Asqad Muxtor ijodini nima yozishdan boshlagan? J: She’r.
6. Asqad Muxtorning ilk she’rlari necha yoshida gazetada e’lon qilingan?
J: 15 yoshida.
7. Asqad Muxtorning ijodiy merosi qancha? J: 50 dan ortiq kitob.
8. Asqad Muxtorning she’riy to’plamlari? J: “Po‘lat quyuvchi”, “Ham-shaharlarim”, “Rahmat, mehribonim”, “Sizga aytar so‘zim”.
9. Asqad Muxtorning qissalari? J: “Daryolar tutashgan joyda”, “Qoraqalpoq qissasi”, “Bo‘ronlarda bordek halovat”, “Buxoroning jin ko‘chalari”.
10. Asqad Muxtorning romanlari? J: “Opa-singillar”, “Tug‘ilish”, “Davr-mening taqdirimda”, “Chinor”, “Amu”.
11. Asqad Muxtorning pyesalari? J: “Mardlik cho‘qqisi”, “Yaxshilikka yax-shilik|, “Zar qadri”, “Samandar”.
12. Asqad Muxtor kimning dramatik asarlaridan tarjima qiladi? J: Sofokl, Evri-pid, Lermontov, Aleksandr Korneychuk.
13. Asqad Muxtorning bolalarga bag‘ishlangan asarlari? J: “Chin yurakdan” she’riy to‘plami, “Hayotga chaqiriq”, “Dunyo bolalari” hikoyalar to‘plami.
14. Asqar Muxtorning ellik yil oldin nashr qilingan hozir ham o‘z o‘quvchilariga ega asarlari? J: “Chin yurakdan” she’rlar to‘plami, “Hayotga chaqiriq”, “Dunyo bolalari” hikoyalar to‘plami.
15. Asqad Muxtor qaysi asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan?
J: 1974-yilda “Chinor” romani.
16. Asqad Muxtor qachon vafot etgan? J: 1997-yil 17-aprel.
“HAFTA” SHE’RI
1. She’rning boshlanishi? J: “Haft” degani- yettidir,
Oilada yettimiz.
Oyga, yilga nisbatan
Biz, albatta, mittimiz.
2. “Hafta” she’ri necha banddan iborat? J: 47 band.
3. Vaqt birliklari? J: Kun, hafta, oy, yil.
4. “Yak” so‘zining ma’nosi? J: Bir.
5. Haftaning qaysi kuni og‘ir kun deyiladi? J: Birinchi kun- Dushanba.
6. “Hafta” she’ri qaysi kunning kelishidan boshlanadi? J: Yakshanba.
7. Haftaning to‘ng‘ichi qaysi kun? J: Yakshanba.
8. Yakshanbaning vazifasi? J: Dam berish, yakun yasash.
9. “Du” so‘zining ma’nosi? J: Ikki.
10. Haftaning qaysi kunida ish yurushsa bir hafta ish yurishadi? J: Dushanba.
11. “Se” so‘zining ma’nosi? J: Uch.
12. Seshanba kuni qanday voqealar bo‘lgan? J: Gagarin uchgan, Sirdaryoning Farhod Gesi ishga tushgan.
13. Haftaning qaysi kuni bir haftada nima bo‘lsa beshdan biri-meniki deya maqtanadi? J: Seshanba.
14. Haftaning qaysi kuni
“Ha, oddiyman, ko‘p qatori
Hech “Men – buyuk” demasman
Ammo ko‘rib turibsizki
Uncha oddiy emasman” deydi? J: Seshanba.
15. “Chor” so‘zining ma’nosi? J: 4 (to’rt).
16. Haftaning qaysi kuni haftaning qoq beliman deydi? J: Chorshanba.
17. Haftaning qaysi kuni ahillik haqida so‘z yuritadi? J:Chorshanba.
18. “Pay” so‘zi qaysi so‘zdan kelib chiqqan? J: Panj.
19. “Panj” so‘zi qanday ma’noni bildiradi? J: Beshinchi.
20. Haftaning qaysi kuni ma’noli o‘tishini istaydi? J: Payshanba.
21. “Sizning kami ko‘stingizdir-
Bizning kami ko‘stimiz.
Bizning yutuq- sizning yutuq
Biz odamning do‘stimiz” misralari haftaning qaysi kuniga tegishli?
J: Payshanba.
22. “Shash” so‘zining ma’nosi? J: Olti.
23. Qofiyasiz yuradigan hafta kuni qaysi? J: Juma.
24. Oxirgi mehnat kuni va haftaning taqdiri qaysi kun? J: Juma
25. Hafta kunlarining tambasi qaysi kun? J: Shanba.
26. Yakshanbaning muovini qaysi kun? J: Shanba.
27. “Hafta” she’rida qaysi band she’r boshida va she’r oxirida takrorlanadi?
J: “Haft” degani-yettidir,
Oilada yettimiz.
Oyga, yilga nisbatan.
Biz, albatta, mittimiz.
28. “Yettovlon, yetti o‘g‘lon
Yetti og‘ayni botir” misralari she’rda necha marta takrorlangan?
J: 7 marta.
29. “Hafta” she’ridagi oxirgi kun “shanba”ning tugallanishi?
J: “Ammo-lekin biz bo‘lmasak,
Na oy bor-u, na yil bor.
Bizdagi mazmun bilan
Odamning umri dilbar.
30. “Murodbaxsh kun” qaysi kun? J: Chorshanba.
31. Haftaning qaysi kuni har qanday ishlarning bir maromda davom etishi, odatdagi yumushlar bajarilishini bildiradi? J: Seshanba.
32. “Xosiyat” so‘zining ma’nosi? J: O‘ziga xoslik, xususiyat, fazilat, yaxshi xislatlar.
33. “Hafta” she’ridagi asosiy fikr nimada? J: Vaqtning qadriga yetish, shu vaqt, kun, haftalar mazmunini xayrli ishlar bilan to‘ldirish
“PO‘LATJON YUZ TUP KO‘CHAT EKMOQCHI” SHE’RI
1.Boshlanishi? J: “Ular bu yangi uyga,
Ko‘chib keldi shu bugun.
Po‘lat ham ko‘ch tashidi,
O‘yinchog‘i bir tugun”.
2. Yangi uy qanday edi? J: Oynavonlik peshayvon, besh xonali.
3. Po‘latjonning dadasining kasbi? J: Injener.
4. “Uch mushketyor” asari kimniki? J:Aleksandr Dyuma.
5. “Uch mushketyor” asari nima haqida? J: Do‘stlik, do‘stga sadoqatlilik, ahillik.
6. “Uch mushketyor” asaridagi mashhur bo‘lgan ibora? J: “Bir kishi hamma uch-un, hamma bir kishi uchun”.
7. Asqad Muxtorning qaysi she’rida odamlar ahil bo‘lsa bu yurtni dushman yengolmaydi, ahil insonlar buyuk ishlarga qodir degan fikrlar ilgari suriladi?
Dostları ilə paylaş: |