5-sinf Adabiyot



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə12/12
tarix21.10.2017
ölçüsü0,78 Mb.
#8186
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

J: Musichalar.

9. Yozuvchi hikoyada do‘st har qanday mushkulliklar ro‘y berganda ham sado-qatini saqlamog‘i lozimligini qaysi timsollar misolida aks ettiradi? J: Qaldir-gochlar.

10. Yozuvchi Nodira obrazi orqali nimani ko‘rsatmoqchi bo‘ladi? J: Tabiatga, uning turfa ko‘rinishlariga, hayvonot olamiga mehr qo‘yishni va bu g‘oya orqali insonlarni ham bir-birlariga oqibatli bo‘lishlarini ta’kidlamoqchi.

11. Nodiraning kozlarini nam qilgan tuygu nima edi? J: Qaldirg‘ochlarni tash-lab ketishi, ularning sadoqatiga yarasha javob bera olmagani.

12. Hikoyadan kelib chiqadigan asosiy xulosa? J: Insonda mehr-oqibat, do‘stlik, sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalash, ularni asrab-avaylash g‘oyasi.

13. Qaldirgochlarning boshqa qushlardan farqi nimada? J: Insonlarga sadoqatida.

14. Qaldirgochlar qanday joylarga uya quradilar? J: Bexavotir.
ERKIN VOHIDOVNING “OZBEGIM” QASIDASI
1.Qasida qachon yozilgan? J: 1968-yilda.

2. Qasida janri nima maqsadda yaratilgan? J: Asosan podsholar, amir va xonlar sha’niga, ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash maqsa-dida.

3. Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi kimga bag‘ishlangan? J: Ona xalqi-ga.

4. “O‘zbegim” qasidasi qanday boshlanadi? J: Xalqimizning shavkatli tarixiga sayohatdan.



Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon ozbegim,

Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon ozbegim.

5. Qasidada “ming asrlar ichra pinhon” tarixini nimalardan izlash lozimligini uqtiradi? J: Samarqandda saqlanib qolgan Afrosiyob yodgorligidan, Mogi-liston va Sibirdagi Orxun va Enasoy (Yenisey) daryolari qirgoqlaridan topilgan qadimgi turkiy tosh bitiklardan.

6. O‘zbeklar nechta urug‘ni o‘zida jamlagan? J: 92 urugni, jumladan ozluq va tarxon.

7. Qasidada tasvirlangan bosqinchilar nomi? J: Chingizxon va Botu.

8. Vatanimiz tuprog‘ini yovlardan asragan qahramonlar kimlar? J: To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur.

9. “Davr zulmiga va lekin bir umr bosh egmading,

Sen–Muqanna, sarbador-sen, erksevar qon, o‘zbegim”,

misralari kimning qalamiga mansub? J: E. Vohidov “Ozbegim”.

10. Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yillik yubileyi xalqaro miqyosda qachon nishonlandi? J: 2006-yilda.

11. “Dengiz ortin yoritdi ilk bor

Beruniyning aql mash’ali” misralari kimning qalamiga mansub? J: A. Oripov “Ozbekiston” qasidasi.

12. E. Vohidov qasidada o‘zbek xalqi tarixini bitish u-n nechta kim kerak deb aytib o‘tadi? J: Mingta Firdavsiy kerak.

13. E. Vohidovning qaysi misralaridan so‘ng zamonaviy O‘zbekiston vasfi boshlanadi? J: Tarixing bitmakka xalqim mingta Firdavsiy kerak, Chunki

bir bor chekkan ohing mingta doston, ozbegim.

14. Qasidada kimning merosxo‘ri ekanligimiz faxr b-n aytiladi? J: Navoiyning.

15. Qasidaning tugallanishi?

J: Bu qasidam senga, xalqim, oq sut-u tuz hurmati.

Erkin oglingman, qabul et, ozbegim, jon ozbegim.
OLMAS UMARBEKOV
1.Qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1934-yil 25-yanvar, Toshkent shahri.

2. Adib qayerlarda o‘qigan? J: Mirobod mavzeyidagi Abdulla Avloniy asos solgan 40-maktabda, Orta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakulte-tida.

3. Adib nechanchi yilda respublika radiosiga ishga kiradi va qanday lavozim-larda necha yil ishlaydi? J: 1956-yil, avval muharrir, song bosh muhharrir bolib, 15 yil.

4. O‘lmas Umarbekov qanday rahbarlik lavozimlarda ishlaydi? J: “Ozbekis-ton” kinostudiyasida, Madaniyat vazirligida, vazirlar mahkamasida.

5. Adibning ilk hikoyalar to‘plami qachon nashr etilgan? J: 1958-yil.

6. Adibning hikoya va qissalari to‘plami? J: “Xatingni kutaman”, “Yurak sozlari”, “Boboyongoq”, “Menga ishonmaysanmi?”, “Yulduzlar”, “Hayot abadiy”, “Charos”, “Koprik”, “Bolgar qoshiqlari”, “Oltin yaproqlar”, “Qiyomat qarz”, “Yer yonganda”.

7. Yozuvchining qaysi qissasiga Abdulla Qahhor tomonidan yuksak baho berilgan? J: “Sevgim, sevgilim”, 1963-yil.

8. O‘lmas Umarbekovning qaysi asari keyingi ijodiy faoliyati u-n ruhiy madad berdi? J: “Sevgim, sevgilim”.

9. Yozuvchining qissalari? J: “Kimning tashvishi yoq”, “Urush farzandi”, “Yoz yomgiri”, “Jora qishloq”, “Oq qaldirgoch”, “Damir Usmonovning ikki bahori”.

10. Adibning 1970-yilda e’lon qilingan, yoshlar o‘rtasida sevib o‘qilgan, qiz-g‘in bahs-u munozaralarga sabab bo‘lgan asari? J: “Odam bolish qiyin” .

11. Adibning teatr va kino u-n asarlar yozish borasidagi izlanishlarga ega barakali davri qachon edi? J: 80-yillar.

12. Adibning dastlabgi pyesasi qaysi? J: “Oqar suvlar”.

13. Adibning pyesalari? J: “Sud”, “Yoshlik dengizi”, “Komissiya”, “Qiyomat qarz”, “Kuzning birinchi kuni”, “Shoshma quyosh”, “Oz arizasiga kora”, “Kurort”, “Yer yonganda”.

14. Adibning pyesalarida qaysi san’atkorlar yetakchi rollarni ijro etganlar? J: Shukur Burhonov, Sora Eshontorayeva, Nabi Rahimov, Zokir Muham-madjonov, Toychi Oripov, Turgun Azizov, Rixsa Ibrohimova.

15. O‘lmas Umarbekovning kinossenariylari? J: “Yigit va qiz”, “Asosiy kun”, “Ikki soldat haqida”, “Ozgalarni deb”, “Qalin qorlar bagridagi uchra-shuv”, “Changalzordagi ov”.

16. Yozuvchi qanday mukofotlarga sazovor bo‘lgan? J: Yoshlar mukofoti, Respublika Davlat mukofoti.

17. Yozuvchi 1994-yili 50-yillik tavalludi munosabati b-n qanday unvon b-n taqdirlanadi? J: “Ozbekistonda xizmat korsatgan san’at arbobi”.

18. Yozuvchi 1992-yil qanday unvon b-n taqdirlanadi? J: “Ozbekiston xalq yozuvchisi”.

19. Yozuvchi qachon og‘ir xastalikka duch bo‘ladi? J: 90-yillarning bosh-larida.

20. Yozuvchining kasallik davrlarida yaratilgan asarlari? J: “Oqsoqol” pyesasi, “Fotima va Zuhra” romani, “Qizimga maktublar” qissasi.

21. Adib qachon vafot etgan? J: 1994-yil 10-noyabr, 60 yoshida.
QIZIMGA MAKTUBLAR”
1. O‘lmas Umarbekovning “Qizimga maktublar” asarining janri? J: Publitsistik xotira-qissa.

2. “Qizimga maktublar” asarining kichik epigrafi? J: Mangu dunyo bosaga-sida.

3. “Bu dunyoga kelganlarning, albatta, ketmog‘i bor… Mangu dunyo abadiy unu o‘z quchog‘iga oladi”. Ushbu satrlar kimning qaysi asaridan olingan? J: Olmas Umarbekov “Qizimga maktublar”.

4. “Qizimga maktublar” qachon yozilgan? J: 1994-yil.

5. Yozuvchi qaysi asarida 90-yillar boshlarida og‘ir xastalikka uchrasa ham ijodiy faoliyatdan to‘xtamaganini aytib o‘tadi? J: “Qizimga maktublar”.

6. “Qizimga maktublar” xotira–qissasida qalamga olingan voqealarni necha davrga, necha qismga ajratish mumkin? J: 2 ta davr, 2 ta qism.

7. “Qizimga maktublar” xotira-qissasida qaysi davrlar aks ettirilgan? J: 1-davr: qahramon, ya’ni yozuvchi Olmas Umarbekovning kasallik tarixi, aniqrogi, muolaja qilish davolash u-n bolgan harakatlar tafsiloti.

2-davr: Yozuvchining yaqinlari, qarindoshlari haqidagi, 2-jahon urushi va undan keyingi yillardagi bolalik, osmirlik va balogat pallalari xotiralari.

8. Yozuvchining qizining ismi? J: Umida.

9. “Qizimga maktublar” xotira-qissasining qahramoni qanday inson? J: Sinov-larda toblangan, umr boyi yaxshilik qilishga intilgan, pokiza hayoti, halol mehnati b-n jamiyatga ham, dostlariga, yaqinlariga ham foyda yetkazadi-gan inson.

10. Qissaning qahramoni kimlarga o‘git beradi? J: Qiziga va qizi orqali avlod-larga.

11. Quruq pand-u nasihat qilib, noxushlik uyg‘otadigan safsatabozlikdan mutlaqo yiroq, tafakkurga oziq, ko‘ngilga yoqimli tuyg‘ular beradigan, qiziqish va e’tiboringizni oshiradigan hayotiy lavhalar asosidagi ibratlar hikoya qilina-digan asar qaysi? J: Olmas Umarbekov “Qizimga maktublar”.

12. “Yetti pushtini bilmaydigan, ajdod-avlodini tanimaydigan kimsalarni marqut derlar” deb qaysi ijodkor yozgan va bu fikrlar kimning asarida o‘z aksini topgan? J: Olmas Umarbekovning “Qizimga maktublar” qissasida oz aksini topgan, M. Behbudiyning fikrlari.

13. “Manqurt” yoki “marqut” so‘zi qanday ma’noni bildiradi? J: Ongidan ajralgan, ota-onasini tanimaydigan, hatto oldirishdan ham toymaydigan, xotirasiz, zoti betayin odam.

14. “Qizimga maktublar” asarida yozuvchi kimlarni yodiga soladi, kimlar haqi-da ibratli hikoyalar aytadi? J: Yozuvchining ota-onasi, buvi va xolasi, kichik togasi.

15. Yozuvchining qaysi qarindoshlari taniqli polvon bo‘lgan va quloq qilingan?

J: Amakilari.

16. Yozuvchi qissasida kim misolida o‘zbeklarning halol mehnati b-n hech qa-chon va hech qayerda xor bo‘lmaganini, mashaqqatlardan qo‘rqmay, qiyinchilik-lar b-n kurashib, yengib yashagan xalq ekanini ko‘rsatib beradi? J: Hakimbek amakisi.

17. Yozuvchining otasining ismi? J: Rahimbek.

18. Qissadagi qaysi qahramon ko‘rinishi, bo‘y-basti polvonsifat inson deb ta’rif-langan? J: Otasi Rahimbek.

19. Qissadagi qaysi qahramon umrining so‘ngigacha o‘zgalarga yaxshilik qilib, mehr-oqibat ko‘rsatgan? J: Rahimbek.

20. Qissadagi qaysi qahramon o‘zlari 7 jon bo‘lishiga qaramay, joylari torligini o‘ylamay, Rossiyaning urush bo‘layotgan yerlaridan ko‘chirib keltirilgan oilani bag‘riga olib, 4 yil bir oiladek bo‘lib yashagan. Bu bag‘ri keng inson kim?



J: Otasi Rahimbek.

21. Qissadagi qaysi qahramon ziyoli inson bo‘lgani u-n farzandini hamisha “siz” lab gapiradi, o‘z zamonasining mashhur san’atkori shoirlari b-n yaqin aloqa qilib, bordi-keldi munosabatlari bo‘lgan. Abdulla Avloniy b-n mahalladosh, hamsuhbat bo‘lgan? J: Otasi Rahimbek.

22. Qissada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini yashirincha o‘qib yig‘lab o‘tirgan qahramon kim? J: Onasi (yozuvchining).

23. Yozuvchining otasi farzandlariga qaysi taqiqlangan kitobni o‘qittirmoqchi bo‘ladi? J: Abdulla Qodiriyning “Otkan kunlar” romanini.

24. Qissadagi Do‘simboy ismli boyning farzandi kim? J: Yozuvchining buvisi.

25. Qissadagi katta go‘rg‘onni, butun xo‘jalikni boshqarib, oilasini tinch, fara-vonlikda yashashini ta’minlovchi, mehnatkash, muruvvatli, aqlli, zukko, uzoqni ko‘ra biluvchi, harakatchan, hurmat-e’tibori baland ayol kim edi? J: Yozuvchi-ning buvisi.

26. Qissada chevar, pazanda, mirishkor deb ta’riflangan ayol kim? J: Yozuvchi-ning xolasi.

27. Yozuvchining o‘zbek ayollari haqida to‘lqinlanib yozgan sahifalari orasida kim haqidagi xotiralari alohida e’tiborni tortadi? J: Onasi va vafodor rafiqasi.

28. Onasining matonati va buyuk qalbiga bitilgan qasidadek tuyuladigan asar? J: “Qizimga maktublar”.

29. Yozuvchi kasallikdan qattiq azoblanib toliqqanida kimga xayolan murojaat qiladi? J: Onasiga.

30. Yozuvchi kim tufayli umri uzayayotganini aytdi? J: Rafiqasi.

31. O‘lmas Umarbekov “Qizimga maktublar” asarini qog‘ozga tushirganidan so‘ng yana qancha yil umr ko‘radi? J: Bir yil.

32. “28- oktyabr, 1993-yil. O‘n kun davom etgan tekshirish, o‘rganishlardan so‘ng qandaydir aniqlik paydo bo‘ldi”. Ushbu satrlar kimning qaysi asaridan? J: Olmas Umarbekovning “Qizimga maktublar” asaridan.

33. Yozuvchini davolovchi doktor kim? J: Tatyana Dmitriyevna.

34. Yozuvchining xotinining ismi? J: Zuhra.

35. Yozuvchi Toshkentda necha marta nurlanadi? J: 10 marta.

36. “Oq qaldirg‘och” nomli kitob muallifi kim? J: Olmas Umarbekov.

37. O‘lmas Umarbekov 60- yillarning oxirlarida Bulg‘oriyada bo‘lganida qaysi Bulg‘or adibining “Oq qaldirg‘och” nomli hikoyasini o‘qigan edi? J: Emin Pelik.

38. “Qizimga maktublar” qissasida qaysi ijodkorning asaridagi umid b-n yasha-gan qiz qissasini esga oladi? J: Emin Pelik “Oq qaldirgoch”.

39. Yozuvchi qissasida nimani mening oq qaldirg‘ochim deb ataydi? J: Kimyo-viy terapiyani.

40. Yozuvchining ikkinchi qaldirg‘ochi kim edi? J: Qizi Umida.

41. Yozuvchini Moskvaga uzatish u-n kimlar chiqadi? J: Ukasi, singlisi.

42. Yozuvchining qizi qaysi fanlardan besh baho olayotgandi? J: Ingliz tili, ma-tematika, fizika.

43. “Qizimga maktublar” qissasining qahramonlari? J: Tatyana Dmitriyevna, Zuhra, Umida, Akmal aka, Bobobek polvon, Rahima amma, Hakim polvon, Karimbek polvon, Rahimbek, Zilfiya amma, Mirobid aka, Tolaganbek amaki, Yusufbek, Muzrob.

45. Yozuvchi qissada bobolarimiz va momolarimiz deb kimlarning ismini kelti-rib o‘tadi? J: Temur, Ulugbek, Bobur, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, A. Yas-saviy, Beruniy, Xorazmiy, Cholpon, Botu, Avloniy, Qodiriy, Usmon Nosir,
Oybek, Gafur Gulom.

46. Yozuvchi asli qayerlik edi? J: Toshkentlik (Toshkentning hozirgi “Rossi-ya” mehmonxonasi b-n vokzalga boradigan tramvay yoli ortasi).

47. Yozuvchining hovlisidan qaysi mahalla boshlangan? J: Mirobod.

48. Rahimbek akaning 3 akasi va opasi? J: Karimbek polvon, Bobobek pol-von, Hakim polvon va Zulfiya amma.

49. Qissada tasvirlangan baland bo‘yli, yelkador, juda kelishgan odam kim? J: Karimbek polvon.

50. Baland bo‘yli, mo‘ylovdor, ovozi uyni titratadigan odam kim edi? J: Karim-bekning ogli Turgunbek.

51. Chilonzorda yashaydigan Rahima amma kimning qizi edi? J: Bobobek polvonning.

52. Qissada urushdan oldin qazo qilgan, ko‘mish marosimiga nafaqat Toshkent-dagi, balki Farg‘onadagi polvonlar ham kelgan polvon kim edi? J: Bobobek polvon.

53. Rahimbek akaning eng kichik akasi, ko‘kko‘z odam kim edi? J: Hakimbek polvon.

54. Baland bo‘yli, to‘la emas, qotmadan kelgan odam kim edi? J: Rahimbek.

55. Yozuvchining Zulfiya ammasi qaysi amakisidan kichik edi? J: Karimbek va Bobobekdan.

56. Baland bo‘yli, qirra burun, baquvvat, polvonsifat, ko‘zlari yirik ayol kim edi? J: Zulfiya amma.

57. Bir qarashda dag‘al, qo‘pol ko‘rinsalar ham, dillari bo‘sh, salga ko‘zlari namlanadigan, ammo tez o‘zlarini tutib oladigan ayol kim? J: Zilfiya amma.

58. Zulfiya amma qaysi o‘g‘illari b-n qo‘sh hovlili uch hovli uyda turar edilar? J: Katta va kenja ogillari b-n.

59. Zulfiya ammaning o‘rtancha o‘g‘li qayerda yashardi? Ismi va kasbi nima edi? J: Mirobodda, oqituvchi, hozirgi “Paxtakor” stadioni tushgan Egarchi mahallasida.

60. Mirobod kimga uylanadi? J: Mirobod bozorda sabzi sotib kun koradigan Yakkasaroy mahallasining obroli keksasi, qarindoshi Tolaganbek amaki-ning qiziga.

61. Yozuvchining dadasining qarindoshlari qayerda yashardi? J: Egarchi, Oq-chi, Mirobod mahallalarida.

62. Yozuvchining oyisining avlodlari qayerda yashardi? J: Tezikov bozorining orqasi Yakkabozorga tutash Damariq, Qushbegi, Qumariq mahallalarida.

63. Yozuvchining qaysi amakisi quloq qilinib Ukrainaning Nikolayev shahrida 10 yil yashagan? J: Hakimbek.
64. Yozuvchining Hakimbek amakisining o‘g‘lining ismi? J: Muzrob.

65. “O‘zi yaxshigina dehqon edi. U yerda yeryong‘oq, qovun, tarvuz, jo‘xori ekib ikki-uch yil ichida o‘zini eplab olibdi”. Ushbu fikrlar kim haqida? J: Hakimbek amakisi haqida.

66. Yozuvchining otasi nimaga quloq qilinmay qoldi? J: Novkatdagi ortiqcha yerini va imoratini hukumatga topshirgani u-n.

67. Yozuvchining otasi qachon olamdan o‘tgan? J: 1956-yil 22-dekabr (juma kuni qabrga qoyiladi).

68. Yozuvchining otasining vasiyati nima edi? J: Rakatdagi Yunusbek tunu-kachi va Tolagan amakidan olingan qarzlarni tolash kerakligi haqida.

69. Yozuvchilarning xilxonalari qayerda edi? J: Minorda.

70. Yozuvchidan kim otasining qarzini olmay duo qilib, omad va baxt tilaydi? J: Tolaganbek amaki.

71. Yozuvchining otasini nima deb atashardi? J: “Mulla Rahimbek”, “Rahim-bek oqsoqol”, “Rahimbek polvon”.

72. “Dvukolka” nima? J: Ikki gildirakli ikki kishilik izvosh.

73. Rahimbek aka ishga nimada borib kelardi? J: Dvukolkada.

74. Rahimbek akaning juda chopqir va yo‘rg‘a oti qanday edi? J: Toq qizil toriq ot.

75. Yozuvchi urush boshlanganini qachon eshitib qoladi? J: 1941-yil 22-iyun yakshanba kuni kunduzi.

76. Nemislar bosib olgan shaharlardan kelgan qochoqlar asosan nima u-n yozuv-chi istiqomat qiladigan mahallalar tomonga joylashishardi? J: 3 ta sababi bor: 1. Temir yol vokzali shu tomonda edi. 2. Orta Osiyodagi eng katta gospital bor edi. 3. Bir chaqirimcha berida Mirobod bozori, Tezikov bozori bor edi.

77. Yozuvchining maktabining yarmini kimlar egallashdi? J: Ukraina va Belorussiyadan kochib kelganlar.

78. Yozuvchi maktabdan keyin nima ish qilardi? J: Molga qarar, sut sotardi.

79. Qish kunlarining birida yozuvchining dadasi uyiga kimlarni boshlab keldi?



J: Leningraddan kelgan rus chol-kampir b-n orta yashar ayolni.

80. Leningradlik mehmonlar necha yil yozuvchilarnikida turishdi? J: 4 yildan ziyod 1946-yilning yozigacha.

81. Yozuvchining qaysi qarindoshlaridan birinchi bo‘lib qora xat keldi? J: Ammasining ogli Ahmaddan.

82. Qaysi jangdan keyin o‘zbek oilalarida yig‘i-sig‘i ko‘paydi? J: Stalingrad.

83. Qora xat kelgan Ahmad akaning xotini kim edi? J: Nazira.

84. Otasidan qoraxat kelgandan keyin tutqanoq kasaliga chalinib, tuzalmay ancha yillardan keyin qazo qilgan kim? J: Hakima (Naziraning katta qizi).

85. Nazira kelinoyisi qachon vafot etgan? J: 1988-1989-yil.

86. Yozuvchi harbiy kazarmani nimaga o‘xshatgan? J: Katta karvonsaroyga.

87. Yozuvchining oyisi asli qayerlik edi? J: Toshkentlik, tugilgan joyi: Yakka-saroy, Gubrbog mahallasining pastida, Damariq mahallasida.

88. Yozuvchining oyisi kimning nevarasi?J:Dosimboy yilqichi savdogarning.

89. Yozuvchining oyisining oyisi kim edi? J: Hojar otin.

90. Yozuvchi qizi Umidani kimga o‘xshatadi? J: Hojar otinga.

91. Yozuvchi Hotamtoy, Xorun ar-Rashid, Layli va Majnun haqidagi afsonalar-ni, “Ming bir kecha”dek davom etadigan ertaklarni kimdan eshitgan? J: Hojar otindan.

92. O‘rta bo‘yli, qirra burun, qizil mag‘iz, qomatlari tik, qo‘llari tekis, panjalari uzun, yumshoq deb ta’riflangan, yozuvchi o‘zbek ayollarining yorqin timsoli edi deb aytgan kim? J: Hojar otin.

93. Yozuvchi Hojar otindan meros bo‘lib qoldirilgan, uch bo‘limdan iborat po‘lat sandiqda nimalar turardi? Sandiq kimniki edi? J: Dosimboy yilqichi savdogarniki, u qiziga qoldirgan, qizi Hojar otin esa yozuvchining onasiga, yozuvchining onasi esa ogliga. 1-bolimida tanga, pul, 2-bolimida quruq meva, 3-bolimida: chaqmoq qand.

94. Yozuvchining buvilari va bobolari o‘z davrida ancha to‘q, ahil, totuv, bir-birini hurmat qilib yashaganlaridan nishona nima edi? J: Polat sandiq.

95. Yozuvchining qo‘li gul chevar xolasi kim? J: Savri xola.

96. Yozuvchiga dadasi tomonidan qarindoshligi bo‘lgan buyuk shoir kim edi? J: A. Avloniy.

97. Yozuvchilarnikiga qanday adiblar, san’atkorlar kelib turishardi? J: Yunus Rajabiy, Ortiqxoja Imomxojayev, Gafur Gulom, Karim Mominov.

98. Yozuvchi oyisining qaysi kitobni yashirincha o‘qib, yig‘lab o‘tirganida ko‘rib qoladi? J: A. Qodiriy “Otkan kunlar”.

99. Yozuvchi qissasida qaysi kitobni “ulug‘ kitob” deb qadrlaydi? J: “O‘tkan kunlar”ni.

100. “Qizimga maktublar” xotira-qissasida A. Avloniyning qaysi so‘zlarini yo-zuvchi dadasidan eshitganini ta’kidlaydi? J: “Millat bari arbokash-u hammol-dir, afti-angori qaro, kiygani juldur-juldur”.

101. Yozuvchi chinakam o‘zbek ayoli deb ta’riflagan qahramon kim? J: Onasi.

102. Yozuvchi xatlarining so‘ngida qiziga kimga o‘xshab ikki maslahat beradi?



J: A. Qahhorga.

103. Yozuvchining qiziga qilgan nasihati? J: 1. Opasini asrashi (Umidaning onasini). 2. Halol mehnat, poklik, odamiylikni qadrlashni.

104. “Qizimga maktublar” asari nechanchi yil yozilgan? J: 1994-yil.

MUNDARIJA
I QISM
Adabiyot- so‘z san’ati………………………...………….....................................3

HIKMATLAR DURDONALARI

Maqollar………………………………………………............................…..……4

Topishmoqlar. ............................................................….................................…...5

Imom al-Buxoriy……………………….……........................................….……..7

Hadislar.....................................................….........................................................8

Nazariy ma’lumot: Hadis haqida tushuncha…….................................………...10

Ezop………………………………………...…...............................……………11

Nazariy ma’lumot: Masal haqida tushuncha……..............................…….……13


ERTAKLAR OLAMIDA
“Uch og‘a-ini botirlar”……………………...........................…………….……..14

“Susambil”…………………….......…………..............................……….……..17

Nazariy ma’lumot: Ertak haqida tushuncha…..................................….………19

Hamid Olimjon……………………………...………............................….…….22

Nazariy ma’lumot: Ertak-doston haqida tushuncha............................….………25

Maqsud Shayxzoda…………………...……...........................…………….…....26

Jonatan Svift………………………………..........................…………………...28

Hans Kristian Andersen ………………………......................………….……....33


BOLALIKNING BEG‘UBOR OLAMI
Abdulla Qodiriy……………………………………........................…….……..37

Nazariy ma’lumot : Hikoya haqida tushuncha………….......................……….40

Mirkarim Osim………………………………………….........................………41

G‘afur G‘ulom………………………………………............................….…….47



II QISM

Oybek……………………………………………................................…...……51

Usmon Nosir………………………………………............................……...…55

Nazariy ma’lumot: She’r haqida tushuncha………......................................…60

Mirtemir………………………………………....…..........................…….…….61

Asqad Muxtor……………………………………….....................……….……66

O‘tkir Hoshimov………………………..........................……...………….……69

Antuan de Sent Ekzyuperi……………................................…………….……73



MUMTOZ ADABIYOT BO‘STONI

Alisher Navoiy…………………………………................………………....…..80

Zahiriddin Muhammad Bobur……………………………...............….………84

Nazariy ma’lumot: Ruboiy haqida tushuncha…….....................………...….87

Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy…………………...............…………....……88

Sa’diy Sheroziy……………………………………......................……………..93


VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR
Abdulla Avloniy………………………………….................…………….........99

Erkin Vohidov…………………………………....................……….…..…….107

Abdulla Oripov……………………………....................…………....………..111

Nodar Dumbadze…………………………................………………….……..114


DARSLIKKA QO‘SHIMCHA SAVOL-JAVOBLAR
Rivoyat va afsonalar……………………….....................……………....……118

Shukrullo…………………………………….......................………………….121

Maqsud Qoriyev…………………………......................…………....………..124

Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi…………….........................……….126

O‘lmas Umarbekov………………………….......................………....…….…127


Barnogul RAJABOVA
АDABIYOT FANIDAN

SAVOL - JAVOBLAR
(O‘quv-uslubiy qo‘llanma)

Muharrir Xoljon Yoqubova

Tex muharrir Farhod Ibodullaev

Sahifalovchi Oyshajon Yusupova

Bosmaxonaga berildi 16.12.2013 yil

Bosishga ruxsat qilindi 24.12.2013 yil

Qog’oz bichimi 60x84 1/16

Ofset bosma

Hajmi bosma 8,5 toboq

Adadi 200 nusxa

Buyurtma № 938

“Xorazm” nashriyoti

Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23- uy.

“Quvonchbеk-Mashhura” MCHJ

bosmaxonasida chop qilindi.

Urganch shahri, Anna German ko’chasi 16-“G” uy.







Rajabova Barnogul


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin