J: Kichkina shahzoda.
75. Uchuvchi Kichkina shahzodaga qanday va’da bergan edi? J: Qo‘zichog‘iga no‘xta chizib berish.
76. Uchuvchining qaysi rasmlarini ko‘rib Kichkina shahzoda kulib yuboradi?
J: Karamga o‘xshash boabadlarini, shoxga o‘xshash tulkining quloqlarini.
77. Kichkina shahzoda yerda qancha yashaydi? J: 1 yil.
78. Kichkina shahzodaning doimiy yo‘ldoshi nima edi? J: Tilla rang sharf.
79. Kichkina shahzoda birinchi uchratgan ilon bilan yana qachon uchrashadi. Ilon nima qilmoqchi bo‘ladi? J: 1 yildan keyin, chaqmoqchi bo‘ladi.
80. Kichkina shahzodani ilondan kim qutqaradi? J: Uchuvchi.
81. Kichkina shahzoda uchuvchiga nima sovg‘a qilmoqchi edi? J: Quvnoq kul-
gusini (kula biladigan yulduzni).
82. Kichkina shahzodaning gulining nechta arzimas tikani bor edi? J: 4 ta.
83. Uchuvchi Kichkina shahzodaga no‘xta chizib berganida nimani unutgandi? J: Tasmachasini chizishni.
84. Yozuvchining dardli diliga yupanch nima edi? J: Kichkina shahzodaning qaytib kelishiga umid qilish.
85. “Kichkina shahzoda” ertagi qahramonlari qanday qahramonlar? J: Ramziy xarakterga ega.
86. “Kichkina shahzoda” ertagida Kichkina shahzoda nimaning ramzi?
J: Ezgulikning.
ALISHER NAVOIY
1. Qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1441-yil 9-fevral Hirot shahrida.
2. Alisherning otasining ismi? J: G‘iyosiddin Muhammad “Kichkina baho-dir”.
3. Onasining ismi? J: Ma’lum emas.
4. Alisher necha yoshidan she’r yod oladi? J: 3-4 yoshidan.
5. Alisher necha yoshidan maktabga bordi? J: 5 yosh.
6. Podshoh Shohruhmirzo qachon vafot etgan? J: 1447-yil.
7. Alisherlar oilasi nima uchun Iroqqa ko‘chadi? J: Mamlakatda notinchlik bo‘lgani uchun.
8. Alisher tasodifan kim bilan uchrashib qoladi va u necha yoshda edi?
J: 6 yoshida tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan.
9. Alisherlar xonadoni nechanchi yilda Hirotga qaytadi? J: 1451-yil.
10. Alisher cho‘lda yolg‘iz qolib ketganida necha yoshida edi? J: 10 yoshida.
11. Abulqosim Boburmirzo qachon taxtga chiqdi? J: 1452-yil.
12. Alisherning otasini kim qayerga hokim qilib tayinlaydi? J: Abulqosim Boburmirzo, Sabzavorga.
13. Alisherlar oilasi nechanchi yillarda Sabzavorda, keyin qayerda yashashadi? J: 1452- 57-yillarda Sabzavorda, keyin Mashhadda.
14. Alisher qaysi buyuk adiblarning asarlarini sevib o‘qiydi? J: Farididdin Attor, N. Ganjaviy, Shayx Sa’diy, X. Dehlaviy.
15.Yosh Alisherning xayolini kimning kitobi egallab olgan edi? J: F. Attor “Mantiq uttayr” (“Qush tili”).
16. Alisher necha yoshidan she’r yozishni mashq qila boshladi?
J: 7-8 yoshidan.
17. Alisher Navoiy o‘zbekcha she’rlariga qanday taxallus qo‘lladi? J: Navoiy.
18. A. Navoiy forscha asarlariga qanday taxallus qo‘lladi? J: Foniy.
19. “Navoiy” so‘zining ma’nosi? J: Navo, kuy.
20. “Foniy” so‘zining ma’nosi? J: Forscha “vaqtincha”.
21. Navoiy necha yoshida o‘z she’rlari bilan Mavlona Lutfiyni hayratga soldi? J: 12 yoshida.
22. 90 yoshlik mavlono Lutfiy Alisherning qaysi she’rini eshitib qoyil qolgan?
J: Orazin yopg‘och ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘ach quyosh.
23. Abusaidmirzo nechanchi yil taxtga chiqdi? J: 1457-yil.
24. Alisher Hirotga 1464-yil kelgach, ko’p o‘tmay qayerga ketishga majbur bo‘ldi? J: Samarqandga.
25. Navoiy Samarqandda nechanchi yilgacha yashadi? J: 1469-yilgacha.
26. Navoiy nechanchi yilda vazirlik martabasiga ko‘tariladi? J: 1472-yilda.
27. Navoiy nechanchi yillarda Astrabodda hokim bo‘lib ishlaydi? J: 1487-88-yillarda.
28. Navoiy nechta she’riy devon tuzgan? J: 7 ta devon.
29. “Panj ganj” (“Besh xazina”) asari kimniki? J: Nizomiy Ganjaviyniki.
30. Navoiy nechta nasriy asar yozgan? J: 10 dan ortiq.
“HAYRAT UL-ABROR” dostonidan
1. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolati nima haqida? J: Rostlik va to‘g‘rilik haqida.
2. “Har kishikim, tuzlik erur peshasi, Kajrav esa charx ne andeshasi” misralari kimning qalamiga mansub va qaysi asaridan olingan? J: A.Navoiy. “Hayrat ul-abror” 10- maqolati.
3. 10-maqolatda to‘g‘rilik nimalarga qiyoslangan? J: O‘qqa, nayza, sarvga, mistar (chizg‘ich), sham, nay, oyna, sokin turgan suvga.
4. So‘fiylar nima uchun nayni yaxshi ko’radi? J: To‘g‘ri bo‘lgani uchun.
5. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida nima to‘g‘ri bo‘lgani uchun xazon kulfatidan ofat ko‘rmay doim ko‘m-ko‘k deb ta’riflanadi? J: Sarv daraxti.
6. “Hayrat ul-abror” dostonida qaysi o‘simlik yuzini egriligi qora qiladi deb ta’riflangan? J: Sunbul.
7. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida qanday kishilar haqiqiy sog‘lom kishilar deb ta’riflangan? J: Xatni to‘g‘ri yozadigan.
8. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida nima tug‘ilishidan egri bo‘lgan-ligi aytilad? J: Ko‘z.
9. “Hayrat ul-abror” da to‘g‘rilik yo‘li nechta xil bo‘ladi deyilgan? J: 2 xil: 1-xil: So‘zi va o‘zi to‘g‘ri. 2-xil: Yolg‘on gapni ba’zilar taassuf bilan, uyalga-nidan “To‘g‘ri!” deydi.
10. “Hayrat ul-abror” da Navoiy to‘g‘rilikning qaysi yo‘lini yomon emas deydi? J: 2-xilini.
11. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida kimlar kambag‘allik, yetish-movchilikdan boshqa narsani bilmaydilar deb ta’riflanadi? J: To‘g‘ri gapirish-ga odatlanganlar.
12. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida egrilik va to‘g‘rilikka berilgan ta’rif? J: Yolg‘on egrilikdan, to‘g‘rilik haqiqatdan iborat.
13. Navoiyning qaysi asarida qanday kishini musulmon deb bo‘lmaydi deyilgan? J: Yolg‘on gapirishni odat qilgan.
14. “Hayrat ul-abror” dostonining 10-maqolatida qanday kishilarning aybi yuvi-lib ketadi deyilgan? J: Qizishib turib ont ichgan bo‘lsa, onti yolg‘on bo‘lsa.
15. “Hayrat ul-abror”da Navoiy egrilik va to‘g‘rilikning isboti uchun kimlarning ishini misol qilib keltiradi? J: Bog‘bon va dehqonning.
“SHER BILAN DURROJ” HIKOYATI
1. “Sher bilan durroj” hikoyati kimning qaysi asaridan olingan? J: Navoiyning “Hayrat ul-abror” 10-maqolati.
2. Durroj nima? J: Kaptarning bir turi, qirg‘ovul.
3. “Sher b-n durroj” hikoyatida sherning ajralmas boyligi nima edi?
J: Farzandi.
4. Sherning bolalarini har safar nima o‘ldirar edi? J: Chumolilar talab o‘ldi-rardi.
5. Sherga doim nima g‘am va motam edi? J: Durrojdan cho‘chib bolasini yarador qilib qo‘yish.
6. “Mening senga hech qasdim, dushmanligim yo‘q. Xotirjam bo‘lib, meni o‘zing-ga ishonchli do‘st deb bil”. Ushbu satrlar kimga tegishli? J: Sherga.
7. “Sher b-n durroj” hikoyatida nimaga osmonning o‘zi ham hasad qilardi deya ta’rif berilgan? J: Sher b-n durroj o‘rtasidagi do‘stlikka, mehr-muhabbat-ga.
8. “Sher b-n durroj” hikoyatida sher boshida durrojning aylanib parvoz qilishi nimaga qiyoslangan? J: Sultonning tepasida humo qushi aylanishiga.
9. Sher durrojga qanday pand qilardi? J: Yolg‘on gapirma, yomon bo‘ladi. To‘g‘rilar oldida yolg‘on qoralanadi.
10. Durroj nima uchun ovchilarning tuzog‘iga tushib qolganda sher yordamga
kelmadi? J: Rostni ham yolg‘on deb o‘ylagani uchun.
11. “Sher bilan durroj” rivoyati qanday rivoyat? J: Ramziy rivoyat, majoziy hikoyat.
12. Navoiyning qaysi dostonida ahil yashash, qo‘shnichilik munosabatlari hiko-yatda aks ettirilgan? J: “Hayrat ul-abror” (“Sher bilan durroj”) hikoyatida.
“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA
TO‘G‘RILIK VA EGRILIK TO‘G‘RISIDA
1.A.Navoiyning “Xamsa” asarining birinchi dostoni qanday nomlanadi?
J: “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”).
2. “Hayrat ul-abror” necha bob, necha maqolatdan iborat? J: 63 bob, 20 maqo-lat.
3. Navoiyning “Xamsa” asaridagi qaysi dostonda voqealar maqolatlarga bo‘lib berilgan? J: “Hayrat ul-abror”.
4. “Hayrat ul-abror” dagi har bir maqolatdagi mavzuni yoritish uchun nimalar-dan foydalaniladi? J: Qiyoslar, obrazli o‘xshatmalar, eng so‘ngida mavzuga mutanosib ibratli hikoyatdan.
5. Navoiyning qaysi asarida do‘stlik, xayrixohlik, loqayd bo‘lmaslik kabi tushunchalar hayotiy misollar asosida izohlangan? J: “Hayrat ul-abror”da-gi “Sher b-n durroj” hikoyatida.
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BОBUR
1. Ham shоh, ham shоir bo‘lgan tеmuriyzоda kim? J: Z.M.Bоbur.
2. “Bоbur”ning arabchadagi ma’nоsi? J: Shеr.
3. Bоbur qayеrda buyuk saltanat o‘rnatdi? J: Hindistоnda.
4. Bоbur avlоdlari hind diyоrida nеcha yil hukmrоnlik qildilar? J: 300 yildan оrtiqrоq.
5. Go‘zal g‘azallar, tеngsiz rubоiylar yоzgan, ajоyib mеmuar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitоb yaratgan shоh kim? J: Bоbur.
6. Bоbur qachоn va qayеrda tug‘ilgan? J: 1483-yil 14-fеvralda Andijоnda.
7. Bоburning оtasi? J: Umarshayх Mirzо – Farg‘оna vilоyati hukmdоri.
8. Bоburning оnasi? J: Qutlug‘ Nigоrхоnim – Tоshkеnt hоkimi Yunusхоn-ning qizi.
9. Umarshayх qachоn vafоt etadi? J: Bоbur 12 yоshidaligida.
10. Bоbur nеcha yоshida hоkimiyatni bоshqara bоshlaydi? J: 12 yоshida.
11. Bоbur nеcha yоshida Samarqandni zabt etadi? J:15 yоshida.
12. Bobur necha yoshida Samarqandni tashlab ketishga majbur bo‘ladi?
J: 16 yoshida.
13. Bоbur Samarqandni nеcha marta egallaydi? J: Uch marta.
14. Bоbur qachоn Xurosonga o‘tadi va Kоbul va G‘aznani qo‘lga kiritadi?
J: 1503-yilda.
15. Bоbur qachоn Hindistоnni zabt etadi? J: 1526-yilda.
16. Bоbur qachоn, qayеrda vafоt etadi va vasiyatiga ko‘ra хоki qayеrga ko‘chi-riladi? J: 1530-yil 26-dеkabrda Agrada, хоki Kоbulga (Bog‘ Boburga) ko‘chiriladi.
17. Boburga qayerlarda bog‘ va haykal bunyod etildi? J: Andijon va Tosh-kentda.
18. Bоburning nеcha she’riy dеvоni bоr va ulardan qanchasi bizgacha yеtib kеlgan? J: 2 ta, ulardan bittasi yеtib kеlgan.
19. Boburning qaysi devoni bizgacha yetib kelgan? J: “Hind” devoni.
20. Boburning qaysi asarlari topilmagan? J: “Harb ishi”, “Musiqa ilmi”, “Qo-bul devoni”.
21. Bоbur shе’rlari sоni va ulardan qanchasi rubоiy? J: 400 dan оrtiq, 200 dan оrtig‘i rubоiy.
22. Boburning nechta g‘azali bor? J: 119 ta.
23. Bobur dastlabki she’rlarini qaysi tilda bitgan? J: Fors tilida.
24. Bobur she’riyatida qaysi mavzu yetakchilik qiladi? J: Vatan ishqi.
25. Bobur she‘rlarining ko‘pchiligi qanday xususiyatga ega? J: Xasbi hol.
26. Bobur 20 yoshida qanday yozuvni kashf etgan? J: “Xatti Boburiy”.
27. Bobur kimning asarini she’riy yo‘l bilan o‘zbekchaga tarjima qilgan?
J: Xo‘ja Ahrorning “Volidiya” asarini.
28. Bobur lirikasining asosiy janrlari qaysilar? J: G‘azal, ruboiy, tuyuq.
29. Bobur qaysi janrlarda ijod qilgan? J: G‘azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, muammo, fard.
30. Boburning nechta ruboiysi bor? J: 231 ta.
31. Bоburning qaysi rubоiysi Samarqand ham, Andijоn ham qo‘ldan kеtib, tоg‘-u tоshlarda sarson-sargardоn yurganida yozilgan? J: “Ko‘ngli tilagan mu-rodig‘a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi...”.
32. Bobur sarson yurganida qanday qarorga keladi? J: Amudaryodan o‘tib, Kobul va G‘aznani egallash.
33. Bobur qanday umid bilan yashaydi? J:Ona yurtiga qaytish umidida.
34. Boburning umidi qaysi ruboiysida aks etgan? J: Bеqaydmеn-u хarоbi siym ermasmеn, Ham mоl yig‘ishtirur laim ermasmеn.
35. Bеqaydmеn-u хarоbi siym ermasmеn,
Ham mоl yig‘ishtirur laim ermasmеn.
Bоburning shе’ri janri va undagi “bеqayd, siym, laim” so‘zlarining ma’nоsi?
J: Rubоiy janrida; bеqayd – kishansiz, erkin; siym – оltin, kumush; laim – gadо.
36. Bоburning “Bo‘ldi” radifli rubоiysi?
J: Tоlе’ yo‘qi jоnimg‘a balоlig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim хatоlig‘ bo‘ldi.
O‘z yеrni qo‘yib, Hind sоri yuzlandim,
Yо Rab, nеtayin, nе yuz qarоlig‘ bo‘ldi.
37. Boburning “Bo‘ldi” radifli ruboiysidagi “xatolig‘” nima edi? J: 1.Vatanni tashlab chiqishi. 2.Vatan uchun jonini berolmagani. 3.Boshqa ellarga bosh olib ketishi.
38. “Bo‘ldi” radifli rubоiysining 3-misrasidagi san’at? J: Iyhоm (“hind” so‘zi – Hindistоn, Qоra ma’nosida).
39. Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi,
Vaslingg‘a yеtishmadim, juhat bu erdi:
Оhim tutuni birla ko‘zumning yоshidin
Yo‘l balchiq edi, kеcha qоrоng‘u erdi.
She’rning muallifi kim, janri va unda nima ifоdalangan? J: Bоburning rubоiysi, Vatan sоg‘inchi va оna diyоrni qo‘msash keng ifodalangan.
40. “Hajringda bu tun” ruboiysida nimaga murojaat qilinadi? J:Vatanga.
41. “Hajringda bu tun” ruboiysida vasl, hajr, Vatan deganda nima nazarda tutil-gan? J: Vatan-sevimli yor, vasl-Vatanga yetishish, hajr-Vatandan uzoqda bo‘lish.
42. Boburning qaysi ruboiysida fojia hazil bilan beriladi? J: “Hajringda bu tun” ruboiysining 3-, 4-satrida.
43. Boburning qaysi ruboiysida shoir ko‘z yoshidan yo‘lning balchiq bo‘li-shi, oh-faryodidan og‘zidan chiqqan tutunning hamma yoqni qorong‘u qili-shi tas-virlangan? J: “Hajringda bu tun” ruboiysida.
44. Har kimki vafо qilsa — vafо tоpqusidir!
Har kimki jafо qilsa — jafо tоpqusidir!
Yaхshi kishi ko‘rmagay yomоnliq hargiz,
Har kimki yamоn bo‘lsa — jazо tоpqusidir! Muallifi, janri va unda nima aks etgan? J: Bоbur; rubоiy, yaхshilikning sharоfati, yоmоnlikning kasо-fati.
45. Boburning hayotdagi shiori aks etgan ruboiysi qaysi? J: “Har kimki vafo qilsa” ruboiysi.
46. Bobur ruboiylari? J: “Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi”, “Ko‘pdan beri-kim yoru diyorim yo‘qtur”, “Hijron qafasida jon qushi ram qiladur”, “Xush ulki ko‘zim tushti sening ko‘zingga”, “Yo qahru g‘azab birla meni tufroq qil”, “Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen”…
47. Bоburning ma’rifatga, ilm оlishga chоrlоvchi rubоiysi? J:
Kim bоr anga ilm tоlibi—ilm kеrak,
O‘rgangali ilm tоlibi ilm kеrak!
Mеn tоlibu ilm-u tоlibi ilme yo‘q,
Mеn bоrman ilm tоlibi—ilm kеrak.
48. Bоburning “Kishi” radifli rubоiysi? J:
Yоd etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shоd etmas emish ko‘ngulni mеhnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shоd o‘lmadi, оh,
G‘urbatda sеvinmas emish, albatta, kishi.
49. Kasallangan Bоburning dil iztiroblari aks etgan rubоiysi? J:
Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur,
Ko‘zdin uchadi uyqu chu оqshоm bo‘ladur...
50. Boburning o‘z hayoti aks etgan ruboiysi? J: “Davron meni o‘tkardi saru somondin” ruboiysi.
51. “Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen” ruboiysidagi “ijtinob” so‘zining ma’nosi nima? J: Uzoqlanish, saqlanish, tortinish, chekinish.
52. “G‘urbat” so‘zining ma’nosi? J: G‘ariblik, vatandan uzoqda bo‘lish.
53. “Dahr” so‘zining ma’nosi? J: Dunyo, olam, zamon, davr.
54. “Mahmil” so‘zining ma’nosi nima? J: 1.Tuya va boshqa ulov ustiga o‘rnatilgan, odam o‘tiradigan, usti yopiq kajava. 2. Kajavadagi yuk.
55. “Bodi sabo” so‘zining ma’nosi nima? J: Tong shamoli, mayin shabada.
56. “Ahbob”so‘zining ma’nosi? J: Do‘stlar, yorlar.
57. “Mahrami asror” so‘zining ma’nosi? J: Sirdosh, ulfat, hamdam.
58. “Payom” so‘zining ma’nosi? J: Xabar, darak.
59. “Farxunda” so‘zining ma’nosi? J: Qutlug‘, saodatli, baxtli, quvonchli.
60. “Umri jovidon” so‘zining ma’nosi? J: Abadiy yashash, boqiy umr.
RUBOIY HAQIDA TUSHUNCHA
1. Rubоiy so‘zining ma’nоsi? J: To‘rtlik (arabcha).
2. Rubоiyning vazni? J: Aruzdagi hazaj bahrining aхrab va ahram shajara-larida.
3. Ruboiyning qofiyalanish shakli? J: Ko‘pincha:a-a-b-a; ba’zan:a-a-a-a-a;
4. Ruboiylar qofiyalanishiga kora qanday turlarga bo‘linadi? J: 1.Ruboiy xosa. 2.Taronai ruboiy.
5. Ruboiy xosa qanday qofiyalanadi? J:a-a-b-a.
6. Taronai ruboiy qanday qofiyalanadi? J:a-a-a-a.
7. Misra охiridagi оhangdоsh so‘zlar nima dеyiladi? J: Qоfiya.
8. Radif nima? J: Misralar охirida takrоrlanuvchi so‘z, so‘zlar birikmasi.
9. Ruboiyga xos bo‘lgan muhim xususiyatlar?J:1.Fikr tugalligi. 2.Aruzning hazaj bahrining axram va axrab shakllarida yozilishi.
10. Mashhur fоrs-tоjik rubоiynavislari? J: Umar Хayyоm, Mirzо Abdul-qоdir Bеdil.
11. Mashhur o‘zbеk ruboiynavislari kimlar? J: Alishеr Navоiy, Bоbur.
12. Bоbur rubоiylaridagi “1. jоn qushi, 2. dahr, 3. mahmil, 4. Ahbоb, 5.bodi sabo. 6. mustag‘roq. 7. payom. 8. farxunda. 9. umri jovidon. 10.sarrishtai aysh” so‘zlarining ma’nоsi? J: 1. ko‘ngil. 2. dunyо, оlam, zamon, davr. 3. usti yоpiq kajava. 4. do‘stlar, yоrlar. 5. tong shamoli, mayin shabada. 6. g‘arq bo‘lgan, cho‘mgan. 7. xabar, darak. 8. qutlug‘, saodatli, baxtli, quvonchli. 9. abadiy yashash, boqiy umr. 10. maishat.
13. Boburning “Har kimki vafo qilsa” ruboiysidagi qofiyadosh so‘zlar va qofiyalanish tizimi? J: Qofiyalanish tizimi: a-a-b-a, qofiyadosh so‘zlar: vafo, jafo, jazo. Radifi: “topqusidir”.
MUHAMMAD AMINХO‘JA MUQIMIY
1. Ilk mustamlakachilik davrida ravnaq topgan milliy uyg‘оnish davrining zabardast vakili? J: Muqimiy.
-
Muqimiy qachоn va qayеrda tug‘ilgan? J: 1850-yil Qo‘qоnning Bеkvachcha mahallasida, novvoy oilasida.
3. Muqimiy qayerlarda tahsil olgan? J: Mulla Abduxalil maktabida, Qo‘qon-dagi “Hokim oyim” madrasasida, 1872-73-yillarda Buxoroda “Mehtar an-bar” madrasasida.
4. Muqimiy dastlab qaysi madrasada o‘qidi? J: Qo‘qondagi “Hokim oyim” madrasasida.
5. Muqimiy Buxorodagi “Mehtar anbar” madrasasini qachon tamomladi?
J: 1876-yilda.
6. Muqimiy oilasining buzilishiga nima sabab bo‘lgan? J: Moddiy muhtojlik.
7. Qaysi shoirning oilasi buzilib, umr yo‘ldoshi boshqa kishiga turmushga chiqib ketadi? J: Muqimiy.
8. Muqimiy ota hovlisini tark etib qayerda yashaydi? J: Hazrat madrasasida.
9. Muqimiy hayotini nimaga bag‘ishlagan? J: Mutolaa va ijodga.
10. Muqimiy qanday asarlari bilan shuhrat qozongan? J: Hajviy asarlari va yu-morlari bilan.
11. 1885-86-yillarda Muqimiy ahvoli nima uchun yanada mushkullashadi?
J: Otasi Mirzaxo‘ja vafot etadi.
12. Oilani boqish zimmasiga tushgan Muqimiy Qo‘qonni tark etib qayerga boradi? J: Toshkentga, 1887-88-yillarda.
13. Muqimiy ikkinchi marta qachon yana Toshkentga yo‘l oladi? J:1892-yil-ning boshlarida.
14. Muqimiyning ota yurti qayer edi? J: Toshkent.
15. Muqimiy qayerlarga sayohat qilgan? J: Farg‘ona vodiysining shahar va qishloqlariga.
16. Muqimiy sog‘ligiga nimalar ta’sir qiladi? J: Moddiy muhtojlik, kamsitish va ta’qiblar.
17. Muqimiyning ilk dеvоni va u qachоn nashr etiladi? J: “Dеvоni Muqimiy”, 1907-yil.
18. Muqimiyning hajviy shе’rlari qanday nоm bilan va qachоn nashr etiladi?
J: “Muqimiy maa hajviyоt” nоmi bilan 1910-yil.
19. Muqimiyning yana bir shе’riy to‘plami qachоn chоp qilindi? J: 1912-yilda.
20. Muqimiy ijоdini samarali va jiddiy o‘rganish qachоn bоshlanadi? J:1930-yillarda.
21. Muqimiy asarlarini to‘plash, o‘rganish va ularni nashr etish ishlari ustida kim turdi? J: G‘afur G‘ulоm.
22. 1938-yilda G‘. G‘ulоm tоmоnidan tuzilgan Muqimiyning to‘plami?
J: “Muqimiy bayоzi”.
23. “Lirika i satira” nоmli Muqimiyning to‘plami qachоn va qayеrda chоp qilin-gan? J: 1950-yil, Mоskvada, rus tilida.
24.Muqimiy tanlangan asarlari qachоn o‘zbеk va rus tillarida nashrdan chiqdi? J: 1953-yil (vafоtining 50 yilligi munоsabati bilan).
25. Muqimiyning оtasi? J: (Aminхo‘ja) Mirzaхo‘ja nоvvоy.
26. Muqimiyning оnasi? J: Оyshabibi.
27. Muqimiy qanday ishlarda ishlagan? J : Dastlab yеr qurilishi mahkamasi-
da mirzalik, Sirdaryo yoqasidagi Оqjardagi parоmda pattachi.
28. “Hujrai tang va tоrlikda bеkaslik va g‘ariblik chirоg‘ini yоqib” umr o‘tkaz-gan shоir? J: Muqimiy.
29. Muqimiyning kеyingi asоsiy kasbi va tirikchilik manbayi? J: Хattоtlik.
30. Muqimiy хattоtlikni kimdan o‘rganadi? J: Muhammad Yusuf xattоtdan.
31. Muqimiy Qo‘qonda bоshchilik qilgan adabiy guruh a’zоlari? J: Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, G‘aribiy, Nasimiy, Mavlaviy va bоshqalar.
32. Muqimiy qachоn va qanday vafоt etadi? J: 1903-yil 53 yоshida xastalik tufayli.
33. Muqimiy qaysi adabiy shakllarning takomiliga jiddiy hissa qoshgan?
J: G‘azal, muxammas, murabba’, masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard, sayohat-noma janri.
34. Muqimiy nimalari bilan o‘zbеk adabiyоtini bоyitdi? J: G‘azallar, hajv va satiralar, ajоyib sayоhatnоmalar, epistоlyar adabiyоtning chirоyli namuna-lari bo‘lgan adabiy maktublar bilan.
35. Epostalyar janr qanday janr? J: Adabiy maktublar.
36. Muqimiy adabiy mеrоsining hajmi? J: Taхminan 10 ming misra.
37. Muqimiy lirikaning qaysi janrlarida barakali ijоd qilgan? J: G‘azal, mu-хammas, murabba’, masnaviy, rubоiy, tuyuq, fard.
38. Muqimiy “Sayоhatnоma”si qanday qismlarga bo‘linadi? J: Qo‘qоndan Shоhimardоnga; Qo‘qоndan Farg‘оnaga; Qo‘qоndan Isfaraga.
39. “Sayоhatnоma” janrining asоschisi? J: Muqimiy.
40. Muqimiyning “Sayohatnomasi” qanday boshlanadi? J: Muallifning zamon-dan, turmushdan shikoyati bilan.
41. Muqimiyning sayohatga chiqish sababi bayoni nima edi? J: Turmush muammolaridan charchagan va birpas bo‘lsa ham horigan ko‘ngliga taskin berishni orzu qilgani uchun.
42. “Sayohatnoma”da nimalar tasviri berilgan? J: Joylar va shaxslar.
43. Muqimiy “Sayohatnoma”da qayerning go‘zal tabiatini zavq bilan tasvirlay-di? J: Farg‘onaning Vodil qishlog‘i.
44. “Sayohatnoma” asarining o‘qishliligini nima ta’minlagan? J: Kichik to‘rt-lik shaklida ekanligi va ravon qofiya sistemasiga ega ekanligi.
45. Qaysi ijodkor adabiyotimizda hajviyotni yangi bosqichga ko‘targan va satira maktabini yaratgan ijodkor sifatida qadrlanadi? J: Muqimiy.
46. Qaysi sana Muqimiy ijodini o‘rganish tarixida yangi davr bo‘ldi? J: 1953-yil.
47. Muqimiy ijodini jiddiy va samarali o‘rganish qachondan boshlanadi?
Dostları ilə paylaş: |