MASAL HAQIDA TUSHUNCHA
1. Masal deb nimaga aytiladi? J: Majoziy xarakterdagi qisqa, nasriy yoki she’riy shaklda yozilgan hikoyacha.
2. Masalning asosiy jihati nimada? J: Tarbiyaviy maqsadga yonaltirilganligi.
3. Birinchi masalchi kim? J: Ezop.
4. Yunon, ya’ni grek masalchilaridan kimlar Ezop davomchilari hisoblanadi? J: Fedr va Babriy.
5. Ezop masallarini she’riy yo‘l bilan lotin tiliga tarjima qilgan yunon masal-chisi kim? J: Fedr.
6. XVII asrda Fransiyada masal janrida kim ijod qilgan? J: Lafonten.
7. XVIII asrda Germaniyada masal janrida kimlar ijod qilgan? J: Lessing, Gellert.
8. XVIII- XIX asrlarda Rossiyada masal janrida barakali ijod qilgan kim? J: I. A. Krilov.
9. Ko‘hna Sharq adabiyotida ham majoziy shaklda, ya’ni turli hayvonlar tilidan tarbiyaviy ahamiyatga molik hikoyachalar keltirish tajribasi qadim hind adabi-yotining qaysi namunalarida uchraydi? J: “Kalila va Dimna”, ya’ni qadimiy nomi “Panchatantra” (“Besh kitob”).
10. Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o’z davri xususiyatlariga ko‘ra to‘ldirib, rivojlantirgan kim? J: Lafonten va I.Krilov.
11. Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari Alisher Navoiyning qaysi asarlarida uchraydi? J: “Hayrat ul-abror” dostoni va “Lison ut-tayr” (“Qushlar tili”) dostoni.
12. XVIII asr oxiri–XIX asr boshlarida yashab o‘tgan qaysi adib o‘zbek ada-biyotida masalchilik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan? J: Muhammad Sharif Gulxaniy.
13.XX asrda yashab ijod etgan o‘zbek masalchilari kimlar? J: A.Avloniy, H.H.Ni-yoziy, Yamin Qurbon, Sami Abduqahhor, Muxtor Xudoyqulov.
“UCH OG‘A – INI BOTIRLAR”
1. “Uch og‘a – ini botirlar” ertagi qanday ertak? J: Hayotiy-maishiy ertak.
2. “Uch og‘a–ini botirlar” ertagida ota o‘g‘illarini uch narsa bilan tarbiya qildim deydi. Bu uch narsa nimalar? J: 1. Sog‘lom-baquvvat qilib. 2. Yarog‘ ishlatishga usta qilib. 3. Qo‘rqitmay, botir qilib.
3. Ota o‘g‘illariga mukammal bo‘lishlari uchun uch narsani uqtiradi? J: 1. To‘g‘ri bo‘ling-bexavotir bo‘lasiz. 2. Maqtanchoq bo‘lmang-xijolat tortmaysiz 3. Dangasalik qilmang- baxtsiz bo‘lmaysiz.
4. “Uch og‘a–ini botirlar” ertagida tong‘ich botir necha yoshda edi?
J: 21 yosh-da.
5. “Uch og‘a–ini botirlar” ertagida o‘rtancha botir necha yoshda edi?
J: 18 yoshda.
6. “Uch og‘a –ini botirlar” ertagida kenja botir necha yoshda edi? J: 16 yoshda.
7. “Uch og‘a–ini botirlar” ertagida ota o‘g‘illariga qanday otlarni tayyorlab qo‘yganini aytadi? J:Qora toy, saman toy, ko‘k toy.
8. “Uch og‘a–ini botirlar” ertagida to‘ng‘ich botir birinchi kecha poyloqchilik qilib nimani yoki kimni o‘ldiradi? J: Sherni.
9. “Uch og‘a–ini botirlar” ertagida o‘rtancha botir ikkinchi kecha poyloq-chilik qilib nimani yoki kimni o‘ldiradi? J: Ajdarni.
10. “Uch og‘a–ini botirlar” ertagida kenja botir uchinchi kecha poyloqchilik qilib nimani yoki kimni o‘ldiradi? J: O‘g‘rilarni.
11. “Uch og‘a–ini botirlar” ertagida o‘g‘rilar qayerni talamoqchi bo‘ladilar? J: Podshoh xazinasini.
12. “Uch og‘a–ini botirlar” ertagida uch aka-uka shaharga kirib qayerga qo‘nadilar? J: Bir joyga.
13. Uch og‘a–ini botirlarga o‘rdaga borishni kim taklif qiladi? J: Joy egasi.
14. Botirlar o‘rdaga nimada yoki qanday boradilar? J: Piyoda.
15. Podshoh aka-ukalardan sir olmoqni kimga topshiradi? J: Vazirga.
16. “Bulardan to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rasak ehtimol aytmaslar, o‘z hollariga qo‘yib, tashqaridan quloq solib turamiz” degan satrlar kimga tegishli?
J: Vazirga.
17. Ertakda podshoh saroyida mehmon bo‘lgan uch og‘a –ini botirlardan qaysi biri o‘zlari yeyayotgan go‘sht qo‘zi go‘shti va it emib katta bo‘lganligini aytadi? J: To‘ng‘ich botir.
18. Aka–ukalardan qaysi biri shinnidan odam isi kelayotganini aytadi?
J: O‘rtancha botir.
19. Qaysi botir nonni taxlagan kishining otasi novvoy ekanligini aytadi?
J: Kenja botir.
20. Uch og‘a–ini botirlar poyloqchilik qilgan kechalaridan nishona sifatida nimalarni o‘rtaga tashlaydilar? J: Tasmalarni va uzuk, bilaguzug, isirg‘ani.
21. Podshoh qaysi botirni juda yaxshi ko‘rardi? J: Kenja botirni.
22. Ertakda botirlarga nisbatan hasad-adovati kuchli bo‘lgan qahramon kim?
J: Vazir.
23. Podshoh nima uchun kenja botirni zindonga tashlaydi? J:Vazirning gapiga kirib, gumonsirab.
24. Kenja botirni zindondan kim chiqarishni so‘raydi? J: Qallig‘i.
25. Ertakda to‘ti va podshoh haqidagi hikoyatni kim podshohga so‘zlab berdi?
J: Kenja botir.
26. Ertak ichra ertak usulida yozilgan ertak qaysi? J: “Uch og‘a–ini botirlar”.
27. “Uch og‘a –ini botirlar” ertagida to‘ti va podshoh haqidagi hikoyatda pod-shoh to‘tini necha yil qafasda saqlaydi? J: 3 yil.
28. To‘ti va podshoh haqidagi hikoyatda podshoh to‘tiga yurti Hindistonga borib kelishi uchun necha kun muhlat beradi? J: 15 kun.
29. To‘ti podshohdan borib kelishi uchun necha kun so‘ragan edi? J: 20 kun.
30. To‘tining Hindistonga borib kelishi uchun necha kun ketadi?
J: 6 kun borish, 6 kun kelish.
31. Ruxsat olgan to‘ti qaysi tomonga qarab uchibdi? J: Janub tomonga.
32. Ertakda podshohga yashartiradigan meva olib borishni to‘tiga kim maslahat beradi? J: Ona to‘ti.
33. To‘ti podshohga nechta meva olib keladi? J: 3 ta.
34. Podshoh mevani nima qiladi? J:1 donasini xotiniga beradi va ikkisini va-zirga ko‘rsatish uchun olib qo‘yadi.
35. Ertakda to‘ti olib kelgan mevani kim zaharlab qo‘yadi va nima uchun?
J: Vazir, hasad qilganidan.
36. Zaharlangan mevalarni kimlarga yedirib ko‘rishadi? J: Qamoqdagi ikki ki-shiga.
37. To‘tining taqdiri qanday tugaydi? J: O‘ldiriladi.
38. Podshoh xotinida qolgan 1 dona mevani kimga beradi va qanday hodisa ro‘y beradi? J: O‘limga mahkum keksa kishiga, keksa kishi mevani yeb 20 ya-shar yigitga aylanadi.
39. Ertakda podshohga yaqin bo‘lganining “mukofotini” ko‘rgan kim edi? J: To‘ti.
40. To‘ti va podshoh haqidagi hikoyatdan qanday xulosa chiqadi? J: Podshohga yaqin kishilar har doim xatarda yashaydi.
41. Uch og‘a –ini botirlar necha yil deganda otalarining oldiga necha kishi bo‘lib qaytishadi? J: 2 yil o‘tgach 6 kishi.
42. Uch og‘a–ini botirlar qanday oiladan chiqqan edi? J: O‘rtahol.
43. O‘zidan ko‘ra boshqalarning halovatini o‘ylash, fidoyilik xususiyatlari uch og‘a-ini botirlardan qaysi biriga xos? J: Kenja botir.
44.Uch og‘a–ini botirlar uchun nonni kim taxlagan edi?J: Podshoh.
“SUSAMBIL” ERTAGI HAQIDA
1. Ertaklar mavzu jihatdan qanday turlarga bo‘linadi? J: 1.Hayvonlar haqidagi ertak. 2. Sehrli ertaklar. 3. Hayotiy-maishiy ertaklar. 4. Hajviy ertaklar.
2. Barcha qiziqib tinglaydigan va o‘qiydigan fantastik hikoyalar deb ta’riflangan ertaklar qanday ertaklar? J: Hayvonlar haqidagi ertaklar.
3. Asosiy mazmun majoziy tarzda tasvirlanadigan ertaklar qanday ertaklar deyiladi? J: Hayvonlar haqidagi.
4. Hayvonlar haqidagi ertak personajlarini ayting? J: Tulki, ayiq, eshak, xo‘-roz, bo‘ri, chumchuq.
5. Ertaklardagi ayyorlik va munofiqlik ramzi nima? J: Tulki.
6. Ertaklardagi qaysi qahramon laqmalik, go‘llik ramzi? J: Ayiq.
7. Ertakdagi qaysi qahramon qonxo‘rlik ramzi? J: Bo‘ri.
8. Ertakdagi qaysi qahramon chaqimchilik ramzi? J: Chumchuq.
9. Majoziy mazmun nima? J: Insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni hay-vonlar vositasida ko‘rsatish uchun o‘ziga xos uslub.
10. Qaysi ertak o‘zbek xalq ertaklari orasida o‘zining tili, tasvir jozibasi, mav-zusining muhimligi bilan ajralib turadi? J: “Susambil”.
11. Qaysi ertakda xalqimizning adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi orzulari aks etgan? J: “Susambil”.
12. Adolat qaror topgan va baxtli yashaydigan afsonaviy yurt timsoli berilgan asar qaysi? J: “Susambil”.
13. “Susambil” ertagida har bir jonivor eshakka qanday savol berishadi?
J: “Susambil qanday joy?”.
14. “Susambil” ertagida eshak har bir jonivorning savoliga qanday javob be-radi? J: “Susambil–o‘tning bo‘lig‘i, suvning tinig‘i, unda azob-uqubat yo‘q, maza qilib yurasan” deb.
15. Ertakda jonivorlarning ko‘zlagan maqsadlariga erishishlarida nima muhim ahamiyatga ega? J: Sabr-toqatliliklari.
16. “Susambil” ertagidagi uch muhim xususiyat qaysilar? J: 1. Ertakda xalqi-mizning adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi orzulari aks etgan. 2. Jonivorlarning maqsadga erishishlarida sabr-toqatliliklari.
3. Jonivorlarning o‘zaro ahilliklari.
17. “Susambil” ertagida jonivorlarni nima bo‘rilar galasi hujumidan qutqaradi? J: Jonivorlarning o‘zaro ahilligi.
18. “Susambil” ertagida bo‘rilar podshosi Susambilni tashlab qayerga qochib ketadi? J: 7 tog‘ning narigi tomoniga.
19. “Susambil” ertagi boshlanmasidagi an’anaviy kirish so‘zi qanday boshlana-
di? J: “Bir bor ekan-u yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan”.
“SUSAMBIL”
1.Ertakdagi boyning nechta ho‘kizi va eshagi bor edi? J: 1 ta eshagi va 1 ta ho‘kizi.
2. Boy eshagini nima uchun yaxshi ko‘rib suv o‘rniga sharbat, o‘t o‘rniga qora
mayiz berardi? J: Eshak yuvosh bo‘lib, xo‘jayinining o‘g‘illari minib yurardi.
3. Boy ertadan kechgacha ho‘kizni ishlatib, evaziga nima berardi? J: Bir bog‘ quruq poya.
4. “Abgor” so‘zining ma’nosi nima? J: Toliqqan.
5. Boy eshakka nima uchun oldingisidan ham ko‘p ovqat soladigan bo‘ldi? J: Eshak hammasini yebdi, ishtahasi ochilibdi deb.
6. Eshakning ovqatiga kim sherik bo‘lgan edi? J: Ho‘kiz.
7. Xo‘jayin nima uchun ho‘kizning o‘rniga eshakni qo‘shga qo‘shadi? J: Eshak ovqatini ho‘kiz yeyayotgani uchun.
8. Xo‘jayin eshakdan kuz faslida nima maqsadda foydalana boshladi? J: Yuk ortib, uzoq-uzoq yerlarga olib borish maqsadida.
9. Xo‘jayin bozorda eshakka nima yukladi? J: Tuz.
10. Xo‘jayin eshakni nima bilan niqtab borardi? J: Xalacho‘p.
11. Eshak nima uchun yiqilib tushdi? J: Taqasi siyqalanib ketgani uchun toyib oyog‘i buzuq ko‘prik teshigiga kirib.
12. Xo‘jayin eshakni nima bilan uradi? J: Ko‘prik tagidagi so‘yilni olib.
13. Xalacho‘p nima? J: Uchli tayoqcha.
14. So‘yil nima? J: Uzun yo‘g‘on kaltak.
15. Xo‘jayin savalayotgan eshakka kimning rahmi keladi? J: Uch–to‘rt yo‘lov-chining.
16. Eshakning oyog‘ini kim ko‘prikdan chiqarib oladi? J: Yo‘lovchilar.
17. “Boyagi-boyagi, boy xo‘janing tayog‘i” degan ibora kimga nisbatan ishlatil-gan? J: Eshakka.
18. Eshak nima uchun xo‘jayinnikidan qochishga qaror qilibdi? J: Xo‘rligi ke-lib.
19. Eshak Susambil degan mamlakat haqida kimdan eshitgandi? J: Yoshligida onasidan.
20. Ertakda bir odamning nechta tovug‘i va nechta xo‘rozi bor edi? J: Bir kam 40 ta tovug‘i va 1 ta xo‘rozi.
21. Ertakdagi qaysi qahramon juda xasis edi? J: Tovuqlar va xo‘rozning egasi.
22. Tovuqlar va xo‘rozga kuniga necha marta don berishardi? J: Uch kunda bir marta ham don sochib qo‘yilmas ekan.
23. Xo‘roz qo‘shnisining hovlisidan nima yegani boribdi? J: To‘kilgan oqshoq-larni.
24. Qo‘shni xotin xo‘rozga nima otibdi? J: Otashkurak.
25. Xo‘rozning xo‘jayini tovuqlardan kuniga nechta tuxum olarkan? J: 1 ta kam 40 ta tuxum.
26. Xo‘roz eshak bilan qayerda uchrashib qoladi? J: Uch ko‘chaning boshida.
27. Eshakning sherigi bo‘lgan ho‘kizning taqdiri qanday bo‘ldi? J: Uxlab yotganida tush ko‘rib, tushidagi ho‘kizni suzaman deb, xo‘jayinini suzib yuboradi. Xo‘jayini uni kaltaklagach, qochib ketadi.
28. Eshakka eng birinchi bo‘lib nima qo‘shiladi? J: Xo‘roz.
29. Eshak, ho‘kiz, xo‘roz yegulik so‘ragan 2 ta kalamush bilan qayerda uchra-shib qoladilar? J: Cho‘lda.
30. “Susambil” ertagida cho‘ldan ketayotgan beshta jonivorga oxirida nimalar sherik bo‘ladilar? J: Arilar.
31. Susambilning bir tomonidagi tog‘da qanday jonivorlar yashar ekan?
J: Kiyik, ko‘p jonivorlar, bo‘rilar.
32. Susambilga otlangan ertak qahramonlari bilan bog‘liq voqealarning ketma-ketligini ayting? J: Eshak, xo‘roz, ho‘kiz, 2 ta kalamush, arilar.
33. O‘tlab yurgan eshak bilan ho‘kizni nima ko‘rib qoladi? J: Bo‘rilarning pod-shosi.
34. O‘tlab yurgan eshak bilan ho‘kizni ushlab kelgani nechta bo‘ri yuboradi?
J: 2 ta hovliqma bo‘rini.
35. Susambilliklarni tutish uchun kelayotgan ikki bo‘rini kim ko‘rib qoladi?
J: Ho‘kiz.
36. Susambilliklar kelayotgan bo‘rilarni ko‘rib nima qiladilar? J: Maslahatla-shadilar.
37. Hayvonlardan qaysi biri qochmaslikni taklif qiladi? J: Eshak.
38. Xo‘roz bo‘rilarni quvish uchun nima ish qilaman deydi? J: Daraxtning te-pasiga uchib chiqib qichqiraman.
39. Kalamushlar nima qiladilar? J: Yerni kavlab kirib ketadilar.
40. Eshak nima qiladi? J: Hangrab turadi.
41. Arilar nima ish qiladi? J: Duch kelganni chaqadi.
42. Bo‘rilar nima uchun qochib ketishadi? J: Arilar chaqaverib shishirib yuborishgani va ho‘kiz suzaverganidan.
43. “Susambil” ertagida jabrlangan bo‘rilar susambilliklarni qanday ataydi? J: Ho‘kizni-Munkar-Nakir, kalamushlarni-Go‘rkov, arilar-Azroil, xo‘rozni-So‘fi, eshakni- Eshon.
44. Bo‘rilar qayerga qochib ketibdilar? J: 7 Tog‘ning ortiga.
45. “Susambil” ertagida Susambilga borish fikri qaysi obraz tomonidan aytiladi? J: Jabrlangan eshak tomonidan.
46. “Susambil” ertagi qaysi ertaklar turkumiga kiradi? J: Sehrli ertaklar.
ERTAK HAQIDA TUSHUNCHA
1. Hayot haqiqatiga asoslangan, xayoliy voqealar bilan boyitilgan, odamlarga ibrat, o‘git beruvchi og‘zaki hikoyalar nima deb ataladi? J: Ertak.
2. Ertak aytuvchilarni qadimda nima deb atashgan? J: Ertakchi, matalchi.
3. Ertaklarning xarakterli xususiyati nimada? J: Fantaziyaga keng o‘rin berilishida.
4. Ertaklarda qanday tasviriy vositalardan foydalaniladi? J: Mubolag‘a (giperbola).
5. Ertak qahramonlarida nimalar ifodalanadi? J: Xalq orzu umidlari.
6. Xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo‘ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalaydi-gan janr qaysi? J: Ertak.
7. Ertaklar qanday mavzularda bo‘ladi? J: Turli.
8. Ertaklar shartli ravishda qanday turlarga bo‘linadi? J: 1. Hayvonlar haqidagi ertaklar. 2. Sehrli ertaklar. 3. Hayotiy- maishiy ertaklar. 4. Hajviy ertak-lar.
9. Ertaklardagi voqealar nimalar asosiga qurilgan? J: Sehr-jodu, fantastik uydirmalar.
10. Mo‘jizakor kimsalar qatnashgan ertaklar? J: “Yalmog‘iz”, “Devbachcha”.
11. Jonlantirilgan narsa yoxud hayvonlar qatnashgan ertaklar? J: “Ur to‘q-moq”, “Ochil dasturxon”, “Semrug‘”, “Susambil”.
12. Ertaklarning maqsadi nima? J: Turli g‘ayri insoniy illatlarni: yolg‘on-chilik, johillik, ikkiyuzlamachilikni la’natlash, aql-farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillikni, ahillik kabi insoniy fazilatlarni targ‘ib qilish.
13. Kishida jiddiy fikr-mulohazalar uyg‘otadigan, muayyan tarbiyaviy yo‘na-lishga ega bo‘lgan ertaklar qanday ertaklar deyiladi? J: Hayotiy-maishiy.
14. “Zumrad va Qimmat”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Ziyod botir”, “Tohir va Zuhra”, “Ozodachehra”, “Farhod va Shirin”, “Malikayi Husnobod”, “Uch og‘a- ini botirlar” kabi ertaklar qanday ertaklar? J: Hayotiy-maishiy ertaklar.
15. Ertak aytuvchi ertakchi, matalchilar kimlar? J: Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o‘g‘li, Haydar Baychi o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g‘li, Husanboy Rasul o‘g‘li.
16. Ertaklar yaratilishiga ko‘ra qanday turga bo‘linadi? J: 2 turga: 1. Xalq ertaklari. 2. Yozma ertaklar (adabiy ertaklar).
17. Fransuz ertakchisi kim? J: Sharl Perro (1628-1703).
18. Nemis ertaknavislari kimlar? J: Ernst Teodor Amadey Gofman (1776-1822), Aka-uka Yakob Grimm (1785-1863), Vilgelm-Karl Grimm (1786-1859), Vilgelm Gauf (1802-1877).
19. Daniyalik ertakchi kim? J: Hans Kristian Andersen (1805-1875).
20. Angliyalik ertakchi kim? J: Oskar Uayld (1854-1900).
21. Rus ertakchilari kimlar? J: A.S. Pushkin, L. N. Tolstoy, K. D. Ushinskiy.
22. Ijodining roppa-rosa o‘n yilini faqat bolalar uchun hikmatli hikoyalar va ertaklar yaratishga bag‘ishlagan adib kim? J: L. N. Tolstoy.
23. O‘zbek yozma ertakchiligini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan adiblar kimlar? J: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, H.H. Niyoziy, Siddiq-Ajziy.
24. O‘tgan asr o‘rtalarida yaratilgan “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semrug‘” kabi she’riy ertaklar muallifi kim? J:Hamid Olimjon.
25. “Zangori gilam” ertagining muallifi kim? J: Sulton Jo‘ra.
26. “Ayyor chumchuq”, “No‘xat polvon”, “Laqma it” she’riy ertaklarining muallifi kim? J: Shukur Sa’dulla.
27. “Yoril tosh”, “Afsona yaratgan qiz” ertak-pyesalari muallifi kim?
J: Shukur Sa’dulla.
28. “Kachal polvon” ertak-qissasi muallifi kim? J: Shukur Sa’dulla.
29. Hozirgi kunda ertakchilik an’anasini davom qildirayotgan ertakchi ijodkor-lar kimlar? J: X. To‘xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev, O‘. Imonberdi-yev.
QO’SHIMCHA SAVOLLAR
1.Ertak atamasi ilk bor kimning qaysi asarida uchraydi? J: Mahmud Qoshg‘a-riyning “Devonu lug‘atit turk” (“Turkiy so‘zlar to‘plami”) asarida.
2. Ertak atamasi Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada qanday nomlanadi?
J: Matal.
3. Ertak atamasi Buxoroda qanday nomlanadi? J: Ushuk.
4. Ertak atamasi Xorazmda qanday nomlanadi? J: Varsaqi.
5. Ertak atamasi Toshkentda qanday nomlanadi? J: Cho‘pchak.
6. Qaysi janrdagi asarlar kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil topadi? J: Ertak.
7. Ertaklarning boshlanmasida qaysi jonivor “qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan” deb ta’riflanadi? J: Qirg‘ovul.
8. Ertaklarning boshlanmasida qaysi jonivor “azonchi” deb ta’riflanadi?
J: Ola qarg‘a.
9. Ertaklarning boshlanmasida qaysi jonivor “qozonchi” deb ta’riflanadi?
J: Qora qarg‘a.
10. Ertaklarning boshlanmasida qaysi jonivor “chaqimchi” deb ta’riflanadi?
J: Chumchuq.
11. “Sizga bog‘ bo’lsin, bizga hayot” jumlasi ertaklarning qaysi qismida uchray-di? J: Kirish qismida.
12. Qanday ertaklarni majoziy ertaklar deymiz? J: Hayvonlar haqidagi.
13.Biror voqeani og‘zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradigan atama nima?
J: Ertak.
HAMID OLIMJON
1. Hamid Olimjon asarlari jami nechta jildni tashkil etadi? J: 10 jild.
2. Qobiliyatli rahbar va olim kim? J: Hamid Olimjon.
3. 33- yoshida Hamid Olimjon qanday unvon oldi? J: Akademik.
4. Akademik unvonini olgan adiblar? J: H. Olimjon, G‘afur G ‘ulom, Oybek.
5. H. Olimjon qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1909-yil, 12-dekabr, Jizzax shahri.
6. Xalq baxshilarining vatani qayerlar? J: Surxondaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm.
7. Hamid Olimjonning onasining ismi? J: Komila aya.
8. Hamid Olimjonning ismi? J: Abdulhamid.
9. Hamid Olimjon juda ko‘p doston va ertaklarni kimdan eshitardi? J: Onasi Komila ayadan.
10. “Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda.
Ko‘p ertak eshitardim,
So‘ylab berardi buvim”. Ushbu misralar H.Olimjonning qaysi asaridan olingan? J: “Oygul bilan Baxtiyor”.
11. H.Olimjon qayerlarda o‘qidi? J: Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlan-g‘ich maktab, Samarqand shahridagi pedagogika bilim yurti (1923-1926), Pedagogika akademiyasi (1926-1931).
12. 1932-yilga qadar O‘zbekistonning poytaxti qayer bo‘lgan? J: Samarqand.
13. H. Olimjonning dastlabki she’rlari qaysi gazetada va qachon chop etilgan?
J: 1926-yildan Samarqanddagi “Zarafshon” gazetasida.
14. H. Olimjonning birinchi she’rlar to‘plami? J: 1929-yil “Ko‘klam”.
15. H. Olimjonning tarixiy mavzudagi she’riy dramasi? J: “Muqanna”.
16. H. Olimjonning zamonaviy mavzudagi she’riy dramasi? J: “Jinoyat”.
17. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qachon yozilgan? J: 1937-yilda.
18. H.Olimjonning ilk she’rining nomi nima? J: “Kimdir” (1926).
“OYGUL BILAN BAXTIYOR”
1. “Oygul bilan Baxtiyor” asari janri? J: Ertak-doston.
2. “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni nima bilan boshlanadi? J: Shoirning bolalik davri estaliklari bilan.
3. Shoir “Oygul bilan Baxtiyor” ertagini kimdan eshitgan? J: Onasi Komila ayadan.
4. Oygul qaysi yurtda yashagan? J: Jambil.
5. Qaysi davlatning zolim xoniga qarshi qullar qo‘zg‘olon ko‘tardi? J: Jambil.
6. Sug‘diyonada makedon bosqinchilariga qarshi Spitamen qo‘zg‘oloni haqidagi ma’lumotni qayerdan olish mumkin? J: 2000-yil “Bolalar ensiklopediyasi” kitobining 469-betidan.
7. Spitamen qo‘zg‘oloni qachon bo‘lgan? J: Milloddan avvalgi 329-328-yil.
8. Jambildagi qo‘zg‘olonga kim boshchilik qilgan? J: Qul Darxon va qizi Oy-gul.
9. Oygulning ko‘zi oldida zolim xon tomonidan kim o‘ldiriladi? J: Otasi Dar-xon.
10. Oygulni zindondan ozod qilib sandiqda oqizib yuborgan qul kim?
J: Qul Tarlon.
11. Qul Tarlon sandiqqa nima soladi? J: Non.
12. H. Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida qaysi ertakni eslaydi?
J: “Tohir va Zuhra”, “Yoril tosh”.
13. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi qaysi voqea “Tohir va Zuhra” ertagidagi qaysi voqeaga o‘xshaydi? J: Sandiqda oqish.
14. Sandiq qayerga kelib to‘xtaydi? J: Jarjon degan yurt qirg‘oqlarida.
15. Sandiq qaysi daryoda oqadi? J: Amudaryo (Jayhun).
16. Sandiqni kim tutib oladi? J: Kambag‘al o‘tinchi chol.
17. Chol nima uchun sandiqni bozorga olib boradi? J: Qo‘rqqani uchun.
18. Dostondagi oddiy odamlar taqdiriga befarq, bag‘ritosh podshoh kim?
J: Jarjon podshosi.
19. O‘tinchi cholning taqdiri? J: Podshoh tomonidan o‘ldiriladi.
20. Dostondagi o‘zining “peshonasi sho‘r”ligiga ko‘ngan, o‘z hayotini yaxshi to-monga o‘zgartirish imkoniyati tug‘ilgan paytda ham undan foydalana olmagan,
“sho‘rlik”, “bechora” personaj kim? J: O‘tinchi chol.
21. Qari podshoning xotini bo‘lib, ko‘ngli tortmaydigan odam bilan bir umr zarga ko‘milib yashashdan hurlik va ozodlikni afzal bilgan qiz kim? J: Oygul.
22. Oygulni qaysi baliq yutib ketadi? J: Jayhun.
23. “Go‘zal edi va chinor,
Qomatiga edi zor.
Ko‘kraklari butun bir,
Oftobni yashirardi”. Ushbu ta’rif dostondagi qaysi qahramonga berilgan? J: Baxtiyorga.
24. Baxtiyor qayerlik va kasbi nima? J: Susambillik podachi.
25. Dostonda Baxtiyor qaysi afsonaviy qahramonga o‘xshatilgan? J: Rustam.
26. Baxtiyor baliqchilardan nima so‘raydi? J: Jinday non.
27. Baliqchilar Baxtiyorga nima berishga rozi bo‘ladilar? J: Shu safar to‘rga ilgan narsani.
28. Jayhun baliqni Baxtiyor uyiga qanday olib ketadi? J: 2 ta ho‘kizga ortib.
29. Baliqning qornidagi Oygulni birinchi bo‘lib kim ko’radi? J: Baxtiyorning otasi.
30. Oygul baliq qornidan nima topib oladi? J: 2 ta katta halqalik gavhar.
31. Chol birinchi gavharni nimaga almashtiradi? J: 1 sandiq oltinga.
32. Oygul bilan Baxtiyor Jambilga hujum qilib xonning o‘rniga kimni podshoh etib tayinlaydi? J: Qul Tarlonni.
33. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni bosh qahramonlari? J: Oygul bilan Baxtiyor.
34. Oygulning mardlik, tantilik, tadbirkorlik fazilatlari qaysi tarixiy afsona qahramoniga o‘xshash? J: To‘maris.
35. Qaysi asar qahramonlari ayol bo‘lsa-da ba’zi erkaklarga ham ibrat bo‘la olishi mumkin? J: To‘maris va Oygul.
36. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni necha bo‘g‘inli she’r yo‘lida yozilgan? J: 7 bo‘g‘inli.
37. Ertak-dostonda qanday she’riy san’atlar ishlatilgan? J: O‘xshatish, jonlanti-rish, qiyoslash.
38. Misralar oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar? J: Qofiya.
39. “Xirs” so‘zining ma’nosi? J: Fors-tojik tilida “ayiq” degani.
40. “Hirs” so‘zining ma’nosi? J: Insonning xunuk nafsini ifodalaydigan tushuncha.
41. “Soqchilar zolim xonni.
Bu ajoyib hayvonni.
Og‘ilda ushladilar.
O‘lgudek mushtladilar”. Ushbu misralarda qanday she’riy san’at mavjud? J: O‘xshatish.
42. “Xoliga” so‘zining ma’nosi? J: Hech kim yo‘q joyga, panaga.
43. “Holiga” so‘zining ma’nosi? J: Hol-ahvol ma’nosida.
44. Dostondagi xalq iboralari, maqollari?
Dostları ilə paylaş: |