J: “Faryod chekkan jonini.
Qo‘ymoqqa topmadi joy”;
“Men ham qulman, qanotim
Senikiday qirqilgan”;
“Oy deganda yuzi bor,
Kun deganda ko‘zi bor”;
“Yuzi gul, sochi sunbul-
Bizning qayg‘uli Oygul!”.
45. H. Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” dostonini yaratish jarayonida orttirgan tajribalari qaysi asarlarida qo‘l kelgan? J: “Zaynab va Omon”, “Semurg‘”, “Roksananing ko‘z yoshlari” dostoni va balladalari.
46. H. Olimjon qachon va qayerda vafot etgan? J: 1944-yil 3-iyul Toshkent viloyati Do‘rmon qishlog‘idagi “Yozuvchilar bog‘i”dan shaharga qaytayot-ganda avtomobil halokatiga uchraydi.
47. Xalqimizdagi “Uzukka ko‘z qo‘ygandek” iborasini qaysi asar qahramonlari-ga nisbatan ishlatish mumkin? J: “Oygul bilan Baxtiyor”.
48. “Oygul bilan Baxtiyor” ertagi qaysi xalq ertagi asosida yaratilgan?
J: “Malikai Husnobod”.
ERTAK-DOSTON HAQIDA TUSHUNCHA
1.Voqealarni ma’lum bir sujet asosida bayon qilib beruvchi yirik she’riy asar ni-ma deyiladi? J: Doston.
2. Dostonlar yaratilishiga ko‘ra nechta xil bo’ladi? J: 2 xil: 1. Xalq dostonlari. 2. Adabiy dostonlar.
3. Qaysi dostonlarning muallifi aniq bo‘lmaydi? J: Xalq dostonlari.
4. Shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlar nima deyiladi?
J: Adabiy dostonlar.
5. Mazmunan ertakka, shaklan dostonga o‘xshash, shoirlar tomonidan yaratilgan doston? J: Ertak-doston.
6. Ertak-dostonlarda voqealar qaysi janrga o‘xshab shakllanadi? J: Ertakka.
7. Ertak-doston nimalardan tashkil topadi? J: Boshlanma, voqealar rivoji, tu-gallanma.
8. Ertak-dostonlar qaysi usulda yoziladi? J: She’riy usulda.
9. Ertak-dostonlar yana qanday atama bilan nomlanadi? J: She’riy ertaklar.
10. Jahon adabiyotidagi ertak-dostonchilar? J: Ubayd Zokoniy, Pushkin, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak.
11. O‘zbek ertak-dostonchilari? J: A. Avloniy, Qudrat Hikmat, Zafar Diyor, H. Olimjon, M. Shayxzoda, Quddus Muhammadiy, P. Mo’min.
12.Ertak-dostonlarga xos bo‘lgan xususiyatlar? J: Sujetning qiziqarli, voqealar rivoji tarang bo‘lishi, asar shoir davrining muammolariga moslashtirilishi, unga asos bo‘lgan ertak voqealarning she’riy usulda aynan bayon etilmas-ligi, o‘zgartirilishi, ertakdagi voqealarni shoirning o‘zi o‘ylab topishi.
MAQSUD SHAYXZODA
1. A. Navoiyga nisbatan “G‘azal mulkining siltoni” ta’rifini ilk bor ishlatgan shoir kim? J: M. Shayxzoda.
2. Ikki xalqning – o’zbek va ozarbayjon xalqlarining farzandi bo‘lgan shoir kim? J: M. Shayxzoda.
3. M. Shayxzoda qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1908-yili Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh ) shahrida ziyoli oilasida.
4. M. Shayxzodaning otasining kasbi nima? J: Shifokorlik.
5. M. Shayxzodaga adabiyotga muhabbat tuyg‘usini singdirgan inson kim?
J: Otasi.
6. M. Shayxzoda qayerlarda o‘qidi? J: Oqtosh shahridagi maktabda, Ozarbayjon poytaxti Bokudagi Oliy pedagogika institutida sirtdan o‘qidi.
7. M. Shayxzodaning ish faoliyati? J: 1925-yili muallimlik qila boshladi, turli gazeta va jurnallar va tahririyatlarda muharrir, 1935-1938-yillarda O‘zbe-kiston fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyoti institutida ilmiy xodim, 1938-yildan umrining oxirigacha Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogi-ka institutida o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
8. M. Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari nechanchi yildan e’lon qilina boshlangan? J: 1929-yildan.
9. Shoirning 30-yillarda e’lon qilingan to‘plamlari? J: “O‘n she’r”, “Undosh-larim”, “Uchinchi kitob”, “Jumhuriyat”.
10. Shoirning urush yillari yozilgan to‘plamlari? J: “Kurash nechun”, “Jang va qo‘shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko‘ngil deydiki”.
11. Shoirning urush yillari chop etilgan asarlarining bosh mavzusi? J: Fashizm-ni yo‘q qilish, hayotni, tinchlikni saqlash, xalqni ruhan yengilmaslikka, matonatga da’vat etish.
12.Shoirning urush yillari yaratilgan tarixiy dramasi?J: “Jaloliddin Mangu-berdi”.
13. Shayxzodaning urushdan keyingi yillar tinch hayot va yaratuvchanlik zavqini kuylagan she’rlaridan iborat to‘plamlari? J: “O‘n besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu’la”, “Chorak asr devoni”.
14. Shayxzoda 1957-yilda qaysi dostonini yozdi? J: “Toshkentnoma”.
15. Shayxzoda 1960-yilda qaysi tragediyasini yozadi? J: “Mirzo Ulug’bek”.
16. Shayxzodaning o‘zbek dramaturgiyasi rivojida katta o‘rin tutgan pyesasi?
J: “Mirzo Ulug‘bek”.
17. Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida Ulug‘bek siymosini kim ijro etgan? J: Shukur Burhonov.
18. Shayxzoda qachon qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lib qamaladi? J: 50- yillarning boshlarida.
19. Shayxzoda kimlarning asarlarini tarjima qilgan? J: Shekspir, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, Nozim Hikmatning.
20.Shayxzoda vafotidan so‘ng necha jildlik asarlari chop etildi? J: 6 jildlik “Asarlar”.
21. Shayxzoda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan qachon taqdirlandi?
J: 2001- yil.
22. Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasida Manguberdi rolini kim ijro etgan? J: Shukur Burhonov.
23.Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub ertak-dostonni toping? J: “Iskan-dar Zulqarnayn”.
24.M.Shayxzoda olim sifatida kim haqida ilmiy tadqiqotlar yaratgan?
J: Alisher Navoiy haqida.
25.Iskandar haqida kimlar asar yozgan? J: Alisher Navoiy, Xisrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy, M.Shayxzoda.
“ISKANDAR ZULQARNAYN” ERTAK-DOSTONI
1. Folklor asarlarini o‘z zamonlariga moslab qayta ishlab, she’riy shaklga solish an’anasi kimlarning ijodida uchraydi? J: Furqat, A. Avloniy, Elbek,
Q. Hikmat, Z. Diyor.
2. Ertak-doston janrida kim yuksak mahorat ko‘rsatgan? J: Hamid Olimjon.
3. Hamid Olimjonning 30-yillarda yaratgan qaysi ertak-dostonlari mashhur?
J: “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semrug‘ yoki Parizod va Bunyod”.
4. “Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostonida nima uchun Iskandar sochini oldirgan sartaroshlarni o‘ldiraveradi? J: Boshida shohi bo‘lgani uchun.
5. “Iskandar Zulqarnayn” dostonidan chiqadigan ibratli xulosa nima?
J: Dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni har qachon yashirmang, u baribir bir kun oshkor bo‘ladi.
6. “Iskandar Zulqarnayn” dostonida Iskandarning shoxli ekanligi nima orqali oshkor bo’ladi? J: Nay orqali.
7. “Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostonidagi ramziy ma’no anglatuvchi narsa nima? J: Nay.
8.Qaysi ertak-dostonda o‘z haddini bilmay, nafs balosiga berilgan, zulm, zo‘r-lik bilan ezgulikni mahv etib, o‘z maqsadiga erishmoqchi bo‘lgan yovuz kimsalar xalq la’natiga uchrab, xunuk laqab orttirib mazah bo‘lishi tasvirlan-gan? J: “Iskandar Zulqarnayn”.
9.O‘rta Osiyo xalqlari Iskandar Rumiy deb atagan jahongir haqidagi afsona-lar kimlarning ijodiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan? J: Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy.
JONATAN SVIFT
1.Jonatan Svift qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1667-yil Irlandiya poytaxti Dublinda, kambag‘al oilada.
2. Jonatan Svift qaysi millat vakili? J: Ingliz.
3. Jonatan Svift necha yoshida maktabni tugatadi? J: 14 yoshida.
4. Qaysi universitetni bitirmay Angliyaga ketadi? J: Dublin universiteti.
5. Jonatan Sviftning ish faoliyati? J: Bir necha yil qirollikning sobiq minist-ri Vilyam Templning saroyida kotib.
6. Jonatan Sviftning dunyoqarashlari kengayishiga nima muhim omil bo’ladi? J: Templning boy kutubxonasi.
7. Adibning hajviy kitoblari? J: “Kitobllar jangi” 1697-y. “Bochka cho‘pcha-gi” 1704-y. “Movutfurush xatlari” 1724- y.
8. Yozuvchiga haqiqiy shuhrat keltirgan asari? J: “Gulliverning sayohatlari” romani.
9. “Gulliverning sayohatlari” romanining to‘liq nomi? J: “Lemyuel Gulliver-ning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari” 1726-yil.
10. Muallif qaysi asari orqali Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi? J: “Gulliverning sayohatlari” romani.
11. “Gulliverning sayohatlari” romani necha qismdan tashkil topgan? J: 4 qism-dan.
12. “Gulliverning sayohatlari” asarining 1-qismi nima haqida? J: Liliput-mitti odamlar haqida.
13. “Gulliverning sayohatlari” asarining 2-qismi nima haqida? J: Ulkan odam-lar yurti Brobdingnegga sayohati haqida.
14. “Gulliverning sayohatlari” asarining 3-qismi nima haqida? J: Olimlar mam-lakati-Leputadagi sayohat haqida.
15. “Gulliverning sayohatlari” asarining 4-qismi nima haqida? J: Guigngnmlari mamlakati haqida.
16. Liliputiyadagi partiyalar nomi? J: Baland poshnalilar va past poshnalilar.
17. Liliputiya davlatining qo‘shni davlati? J: Blefusku davlati.
18. Liliputiya davlati nima uchun Blefusku davlati bilan nizolashgan? J: Tu-xumni qaysi tomondan chaqish kerak degan fikr tufayli.
19. Yozuvchi liliputlar davlatidagi kelishmovchiliklar orqali nimaga ishora qiladi? J: Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabablari hech qanday ahamiyatga molik bo‘lmagan ixtiloflar ekanligiga.
20. Gulliver qaysi mamlakatda teskari holatga tushadi, ya’ni qaysi mamlakat-ning odamlarining tanti, olijanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi? J: Ulkan odamlar yurti Brobdingnegda.
21. Gulliver qayerda umrini behuda sarflayotgan olimlar ishini ko’radi?
J: Olimlar mamlakati Leputadagi Buyuk akademiyada.
22. Qaysi asarda bir olimning bodringdan quyosh energiyasini ajratib olib, yoz sovuq kelganda foydalanishga ahd qilganini, yana bir “alloma”ning uyni poy-devoridan emas, tomidan boshlab qurish kashfiyoti loyihasi-buning isboti sifa-tida hasharotlar-asalari va o‘rgimchak faoliyatini misol qilib soxta fan kishilari ustidan kulinadi? J: “Gulliverning sayohatlari” asarining 3-qismida.
23. Yozuvchi qaysi joyga qilgan sayohatini o‘tkir zaharxanda, nafratli kulgi bi-lan tasvirlaydi? J: 4-qismdagi guigngnmlar mamlakatiga.
24. Guigngnmlar mamlakatida kimlar yashaydi? J: Inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar yexular va aqlli, dono, halol mehnat bilan kun kechiruv-chi otlar.
25. Yexular kimlar? J: Jirkanch, hazar qiladigan darajadagi kimsalar, ya’ni Jonatan Sviftning Angliyadagi vatandoshlari.
26. Qaysi adib dunyo xaritasida yo‘q mamlakatlar haqida roman yozgan?
J: J. Svift.
27. “Gulliverning sayohatlari” romani o‘zbek tilida necha marta nashr qilingan?
J: 6 marta.
QO‘SHIMCHA SAVOLLAR
1. J.Sviftning shogirdi va bir umrlik do‘sti kim edi? J: Ester-Yulduz.
2. Ester Yulduz kim? J:Templning ish boshqaruvchisi Jonsonning asrandi qizi.
3. J.Sviftning “Kitoblar jangi” nomli hajviya-pamfleti kimning topshirig‘iga ko‘ra yozilgan? J: Ustozi Templning.
4. J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari” romani Sharqning qaysi ertaklarini eslatadi? J: “Alif Laylo”, “Ming bir kecha”.
5. Gulliverning tog‘asining kasbi nima edi? J: Huquqshunos, advokat.
“GULLIVERNING SAYOHATLARI” ROMANI
1. Asar qahramoni qayerda tug‘ilgan? J: Nottingempshirda.
2. Asar qahramoni Gulliver necha yoshida Kembrij shahridagi Imanuel kollejiga o‘qishga yuboriladi? J: 14 yoshida.
3. Gulliverni otasi nima uchun Londondagi mashhur vrach Jems Betsga shogird-likka beradi? J: Muhtojlikdan.
4. Gulliver otasi har zamonda yuboradigan pullarni nimaga sarflaydi?
J: Navigatsiya hamda matematikaning boshqa sohalarini o‘rganishga.
5. Sayohat qilish uchun qaysi fanlar kerak bo‘ladi? J: Navigatsiya hamda matematikaning boshqa sohalari.
6. Gulliverning tog‘asining ismi? J: Jons.
7. Gulliver o‘qishni davom ettirishi uchun Leydenga qarindoshlaridan necha funt to‘plab jo‘naydi? J: 40 funt.
8. Gulliverning qarindoshlari har yili qancha pul yuborib turishni va’da qilishadi? J: 30 funt.
9. Gulliver 2 yil-u 7 oy qaysi sohani nima uchun o‘zlashtiradi? J: Sayohatda kerak bo‘lgani uchun meditsinani o‘zlashtiradi.
10. Gulliver kimning yordamida kapitan Eybregem Pannell qo‘mondonlik qila-yotgan “Qaldirg‘och” kemasiga ishga kiradi? J: Ustozi Jems Bets yordamida.
11. “Qaldirg‘och” kemasiga kim bo‘lib ishga kiradi? J: Xirurg.
12. “Qaldirg‘och” kemasida necha yil xizmat qiladi? J: 3 yarim yil.
13. Gulliver “Qaldirg‘och” kemasida qayerlarga sayohat qiladi? J: Levant va boshqa mamlakatlarga.
14. Gulliver sayohatdan qaytgach qayerda yashashga jazm qiladi? J: Londonda Old-Juridagi uyda ijarada.
15. Gulliver kimga uylanadi va qancha sep oladi? J: Nyugetstritda yashovchi paypoqfurush mister Edmond Bertonning qizi miss Meri Bertonga,
400 funt sep.
16. Gulliver nima uchun yana dengizchi bo‘lishga ahd qiladi? J: Ustozi Bets o‘lgach maoshi kamayadi, do‘stlari oz edi, hamkasblariga taqlid qilishiga vijdoni yo‘l qo‘ymaydi.
17. Gulliver necha yil kema xirurgi bo‘lib ishladi va necha kema almashtiradi?
J: Olti yil, 2 ta kema.
18. Gulliver qayerlarga sayohat qildi? J: Ost hamda Vest-Indiyaga bir necha marta.
19. Gulliver uch yil dengizchilar orasida tajriba orttirish uchun qayerlarga ko‘-
chib yuradi? J: Old Juridan Fetter-Leynga, u yerdan Uoppingga.
20. Gulliver kimning taklifi bilan Janubiy dengiz (Tinch okeanining janubiy qismi) ga jo‘naydi? J: “Ohu” kemasining kapitani Vilyam Prichard.
21. Janubiy dengizga qayerdan va qachon yo‘lga chiqilgan? J: Bristoldan 1699-yil 14-may.
22. “Ohu” kemasi dovulga uchrab, charchash va maza-matrasiz ovqatdan necha kishi vafot etadi? J: 12 kishi.
23. Vandimen Yeri (Avstraliyaning janubi-sharq tomonida joylashgan. Tasma-niya orolining eski nomi) da yozning boshlanishi qaysi sana bilan bog‘liq?
J: 5-noyabr kuni.
24. Kabelt va milyaning uzunligi qancha? J: Bir kabelt- 183 metrga teng. Milya-10 kabeltga teng.
25. “Ohu” kemasining kapitani qanday halok bo‘ldi? J: Dengiz falokati tufayli.
26. Pint nima? J: Yarim litrga teng ingliz suyuqlik o‘lchovi.
27. Qirg‘oqqa chiqqan Gulliver necha soat uxlab qoldim deb o‘ylaydi?
J: 9 soat.
28. Yard nima? J: 91,4 sm. ga teng o‘lchov birligi.
29. Liliputiyadagi amaldorlar qanday ataladi? J: Gurgo.
30. Liliputlar ibodatxonaga nima uchun kirmay qo‘yishgandi? J: Ibodatxonada qotillik bo‘lgani uchun.
31. Liliputiyadagi odamlar qaysi sohada ulkan kamolatga erishgandilar?
J: Mexanika sohasida, matematikada.
32. Gulliverni yotqizib olib borish uchun mo‘ljallangan mashinani necha kishi yasaydi? J: 500 duradgor va injener.
33. Mashinaning shakli qanday edi? J: Balandligi uch duym, uzunligi 7 va eni 4 funtga yaqin, 22 g‘ildirakli yog‘och platforma.
34. Liliputlar Gulliverni qayerga joylashtirmoqchi edilar? J: Ibodatxonaga.
35. Gulliver qaysi tillarni bilar edi? J: Nemischa, gollandcha, lotincha, fransuzcha, ispancha, italyancha.
36. Gulliverga til o‘rgatish va kostyum tikish uchun necha kishi tayinlandi?
J: 300 chevar, 6 olim.
37. “Lyumoz kelmin pesso deemarlon emrozo” qanday ma’no bildiradi?
J: Imperiya bilan urushmaslik, tinch-totuv yashash haqida qasamyod qilish.
38. Liliputiyada Gulliverning cho‘ntaklarini tintuv qilgan va narsalar ro‘yxatini tuzgan odamlar kimlar? J: Klefrin Frelok, Marsi Frelok.
39. “Kuinbus Flestrin” so‘zining ma’nosi nima? J: Ulkan odam.
40. Gulliverning buyumlari? J: Yon daftarcha, ro‘molcha, kumush tamaki-don, taroq, ustara, pichoq, soat, o‘q donachalari, qilich, 2 ta to‘pponcha,
kumush va mis tangachalar solingan hamyon.
41. Gulliverning yashirin cho‘ntagida nimalar bor edi? J: Ko‘zoynak, durbin.
42. Liliputiyaning poytaxti qayer? J: Mildendoni.
43. Redresel kim? J: Maxfiy ishlar bo‘yicha kotib.
44. Liliputiyada 70 qamar yil oldin paydo bo‘lgan partiyalar qaysilar?
J: Tremeksenlar va Slemeksenlar.
45. Tremeksenlar kimning tarafdori? J: Baland poshnalilar.
46. Slemeksenlar kimning tarafdori? J: Past poshnalilar.
47. Gulliverga mamlakatdagi haqiqiy ahvol haqida kim ma’lumot beradi?
J: Reldresel.
48. Liliputiya kabi yana qanday imperiya mavjud edi? J: Blefuski imperiyasi.
49. Liliputiya imperiyasi bilan Blefuski imperiyasi necha yildan beri urush olib boradi? J: 36 qamar yil.
50. Urushga sabab nima edi? J: Pishgan tuxumni qanday sindirish muam-mosi.
51. Blefuski imperiyasi tuxumni qaysi tomonidan sindirish kerak deb hisob-laydi? J: Poynak tomonidan.
52. Liliputiyaning payg‘ambari kim? J: Lyustrog.
53. Liliputiyaning Qur’oni nima deb nomlanadi? J: Blundekral.
54. Blundekralning nechanchi bobida tuxumni qulay tomonidan sindirish haqi-da aytib o‘tilgan? J: 54-bobida.
55. “Gulliverning sayohatlari” asarida voqealar kim tilidan hikoya qilingan?
J: Gulliverning o‘zi (1- shaxs) tilidan.
56. Imperator qaysi partiyaga mansub edi? J: Baland poshnalilar.
57. “Qaldirg‘och” kemasining kapitani kim? J: Eybregem Pennell.
HANS KRISTIAN ANDERSEN
1. G‘arb adabiyoti ertaknavislari? J: Sharl Perro, Ernest Teodor Amadey Gofman, aka- uka Grimmlar, Vilgelm Gauf, H. K. Andersen, Oskar Uayld, A. Pushkin, J. Rodari.
2. O‘zbek adabiyoti ertaknavislari? J: Hamid Olimjon, Sulton Jo‘ra, Shukur Sa’dulla.
3. Daniyalik buyuk ertaknavis kim? J: Hans Kristian Andersen.
4. Hans Kristian Andersen qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1805-yil 2-aprel Daniyaning Odens shahri, etikdo‘z oilasida.
5. Hans Kristian Andersen otasi o‘lgach 14 yoshida qayerga keladi? J: Daniya poytaxti Kopengagenga.
6. Hans Kristian Andersen dastlab qaysi sohaga qiziqadi? J: Teatrga.
7. Hans Kristian Andersen kim bo‘lmoqchi edi? J: Aktyor.
8. Hans Kristian Andersenning ushalmay qolgan orzusi? J: Aktyorlik.
9. Andersenga kimning tavsiyasi bilan teatrdan stipendiya va Lotin makta-bida bepul o‘qish huquqi beriladi? J: Teatr direktori Kollin.
10. Andersen qaysi universitetda o‘qiydi? J: Kopengagen.
11. Andersen qaysi mamlakatlarga sayohat qilgan? J: Yevropa, Osiyo, Afrika.
12. O‘zi uchun qiziq tuyulgan har bir narsani ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab ko‘rmaguncha tinchimaydigan adib kim? J: Andersen.
13. Andersen sayohatlar davomida kimlar bilan uchrashadi? J: Gyugo, Balzak, Dyuma, Dikkens, Geyne kabi yozuvchilar, Rossini, Vagner, List kabi bas-takorlar.
14. Andersenning birinchi yirik asari? J: “Improvizator” 1835-yil.
15. Andersenning qaysi to‘plamlari dunyoga mashhur bo‘lgan? J: “Bola-larga aytilgan ertaklar”, “Yangi ertaklar”, “Tarixlar”, “Yangi ertaklar va tarixlar”.
16. Bolalar va kattalar qiziqib o‘qiydigan ertaklar yaratishga qodir ekanligini Andersen qachon sezadi? J: To‘plamlari mashhur bo‘lganidan so‘ng.
17. Andersenning real buyum va hodisalarga fantastik tus berib, jonlantirib, harakatga keltirib yaratgan ertaklari? J: “Duymchaxon”, “Suv parisi”, “Qor malikasi”, “Bulbul”, “Bronza to‘ng‘iz”, “Kumush tangacha”.
18. Andersenning qaysi ertaklarida talqin jonli inson muhitiga yaqinlikda beril-gan? J: “Duymchaxon”, “Suv parisi”, “Qor malikasi”, “Bulbul”.
19. Andersenning qaysi ertaklarida jonsiz ashyolar harakatga kelib, odamlarday so‘zlashadi? J: “Bronza to‘ng‘iz”, “Kumush tangacha”.
20. Ham zavq beradigan, ham o‘yga toldiradigan chinakam hayotiy ertaklar ya-ratish an’anasini kim boshlab bergan? J: Hans Kristian Andersen.
21. Andersen ertaklarida qaysi fazilatlar ulug‘lanadi? J: Rahmdillik, aqllilik, fidoyilik, sobitqadamlik, oqibatlilik.
22. Andersen ertaklarida qaysi salbiy sifatlar tanqid qilinadi? J: G‘alamislik, ikkiyuzlamachilik, loqaydlik, kibr-havo, dangasalik, landavurlik, johillik.
23. Andersenning ertaklaridagi mashhur qahramonlar? J: Duymchaxon, Irkit o‘rdakcha, Bulbul, Kay, Gerda, Suv parisi.
24. Eng yaxshi bolalar yozuvchilari uchun qaysi adib nomidagi Xalqaro oltin medal ta’sis etilgan? J: Hans Kristian Andersen.
“QOR MALIKASI”
1. Ertak qaysi voqea bilan boshlanadi? J: Bir jodugarning g‘alati ko‘zgu yasa-gani bilan.
2. Ko‘zguning qanday siri bor edi? J: Ko‘zguda yaxshi, go‘zal narsalar yo-mon va xunuk bo‘lib ko‘rinadi.
3. Kimlar ko‘zguni dunyo bo‘ylab olib yuradilar? J: Jodugarning shogirdlari.
4. Andersenning qaysi ertagida bir be’mani, qabih narsa paydo bo‘lsa va uning oldi olinmasa, u butun dunyoga, barcha odamlarga salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin degan fikr ilgari suriladi? J: “Qor malikasi”.
5. Ko‘zgu nima uchun osmonga chiqariladi? J: Ilohiylashtirmoqchi bo‘lgan-lari uchun.
6. Ko‘zgu nima uchun parchalanib ketadi? J: Osmonga ko‘tarilgan sayin qiyshayib tushib ketadi.
7. Andersenning qaysi ertagiga “Bir chimdim tuz bir xum asalni buzar” degan naql to‘g‘ri keladi? J: “Qor malikasi”.
8. Ko‘zguning kichik bir zarrasi birovning ko‘zi va yuragiga tushsa nima qiladi?
J: Loqayd, sovuqqon, befarq, qilib qo‘yadi, barcha narsalar xunuk bo‘lib ko‘rinadi.
9. Ertak qahramonlaridan kimning yuragi va ko‘ziga ko‘zgu parchasi tushadi?J: Kay.
10. Andersen qaysi ertagida yovuz, tuban, sovuqqon kuchlarga mehr-muhabbat, tirishqoqlik ezgu maqsad yo‘lida har qanday mashaqqatlarga dosh berish kabi yuksak tuyg‘ularni qarama-qarshi qo‘yadi? J: “Qor malikasi”.
11. “Qor malikasi” ertagidagi olijanob fazilatlarga ega qiz kim? J: Gerda.
12. Gerdaga Kayni izlash jarayonida kimlar uchraydi? J: 1. Kishilar xotirasini zaiflashtiradigan sehrgar kampir. 2. Shahzoda va Malika. 3. Qaroqchilar
to‘dasi.
13. Gerdaga yo‘lda nimalar qarshi chiqadi? J: Qor lashkarlari.
14. Kayning yuragidagi ko‘zgu parchasini nima eritib yuboradi? J: Gerdaning ko‘z yoshlari.
15. Kay bilan Gerda uyiga qaytayotganda qanday qiyinchiliklarga uchraydilar?
J: Hech qanday.
16. “Qor malikasi” ertagida Kay qaysi so‘zni muz parchalaridan yozsa, unga butun olam baxsh etilishi kerak edi? J: Mangulik.
17. Kay bilan Gerda qaysi faslda qaytib keladilar? J: Yoz.
“BULBUL” ERTAGI HAQIDA
1.Andersenning go‘zallik va ezgulikni ulug‘lovchi, soxtalik va qabihlikni qoralovchi, bu illatlarning inqirozi muqarrarligi haqidagi asari qaysi? J: “Bul-bul”.
2. Bulbul nima uchun hukmdorga sodiq do‘st bo‘lib qoladi? J: Insoniy dardni tushuna olgan qalbi uchun.
3. Ertak voqealari qaysi davlatda bo‘lib o‘tadi? J: Chin-mochin. (Xitoy).
4. Imperator bog‘ida gullarning eng yaxshilariga nimalar osilgan edi?
Dostları ilə paylaş: |