5-sinf Adabiyot


J: Qasidaning 7-bandida, ona xalqiga



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə11/12
tarix21.10.2017
ölçüsü0,78 Mb.
#8186
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

J: Qasidaning 7-bandida, ona xalqiga.

26. “O‘zbekiston” qasidasida qaysi daryolar nomlari qalamga olingan?



J: Amudaryo.

27. “O‘zbekiston” qasidasida qaysi joylarning nomlari qalamga olingan?



J: Osiyo, Amerika, Dansi, Fargona.
QASIDA JANRI HAQIDA
1.Mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r nima deb ataladi? J: Qasida.

2. Qasidalar qanday qofiyalanadi? J: Xuddi gazallardek.

3. Mirzo Ulug‘bekni sharaflab 4 ta qasida yozgan kim? J: Shoir Sakkokiy.

4. A. Navoiy kimga bag‘ishlab qanday qasida bitgan? J: Dosti Husayn Boyqaroga “Hiloliya” qasidasini.

5. A. Navoiyning falsafiy qasidasi? J: “Tuhfatul afkor” (“Fikrlar sovgasi”).

6. Zamonaviy adabiyotimizda yaratilgan qasidalar? J: M. Shayxzoda “Tosh-kentnoma”, E. Vohidov “Ozbegim”, A. Oripov “Ozbekiston”.

7. Xalqimiz sha’ni va shavkatiga badiiy so‘zdan tiklangan muhtasham obida deb baholangan asar? J: Erkin Vohidovning “Ozbegim” qasidasi.

NODAR DUMBADZE
1. Nodar Dumbadze qaysi xalq adibi? J: Gruzin.

2. N. Dumbadze romanlari? J: “Oq bayroqlar”, “Quyoshni koryapman”, “Abadiyat qonuni”, “Quyosh kechasi”.

3. N. Dumbadze qissalari? J: “Kukaracha”, “Men, buvim, Iliko va Illarion”.

4. Yozuvchining ilk hikoyalar to‘plami? J: “Qishloq bolalari”.

5. Yozuvchining dastlabki yirik asarlari? J: “Men, buvim, Iliko va Illarion” qissasi, “Quyoshni koryapman” romani.

6. N. Dumbadzening qaysi asarlari Nizom Komil tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan? J: “Kukaracha” qissasi, “Oq bayroqlar”, “Abadiyat qonuni” ro-manlari.

7. N. Dumbadzening qaysi asari asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan ko‘p qissali videofilm namoyish etilgan? J: “Abadiyat qonuni” romani.

8. N. Dumbadzening ilk hikoyalar to‘plami “Qishloq bolalari” asari qachon chop etilgan? J: 1958-yil.

9. N. Dumbadzening dastlabki yirik asari “Men, buvim, Iliko va Illarion” qissasi qachon chop etilgan? J: 1960-yil.

10. N. Dumbadzening “Quyoshni ko‘ryapman” romani qachon yaratilgan?



J: 1962-yil.

11. N. Dumbadzening qaysi asarlarida II-jahon urushi yillaridagi gruzin qish-loqlaridagi og‘ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o‘xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan? J: “Qishloq bolalari” hikoyalar toplami, “Men, buvim, Iliko va Illarion” qissasi, “Quyoshni koryapman” romani.

12. N. Dumbadzening zamonaviy mavzudagi asarlari? J: “Quyosh kechasi” 1967-yil, “Oq bayroqlar” 1972-yil.

13. N. Dumbadzening zamonaviy mavzudagi asarlarida qanday fazilatlar ulug‘lanadi? J: Odamiylik, oqibat.

14. N. Dumbadzening qaysi asari nafaqat Gruziyada, balki ko‘plab boshqa yurt-larda ham topib o‘qiladigan mashhur asar? J: “Abadiyat qonuni” romani 1978-yil.

15. N. Dumbadzening qaysi asarida insonning hayotdagi o‘rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari to‘g‘ri-sida keng mushohada yuritilgan? J: “Abadiyat qonuni” romani.

16. Qaysi yozuvchi asarlaridagi voqea-hodisalar, insonlar taqdiri o‘zining o‘tkir dramatizmi b-n birga samimiy yumori b-n o‘quvchi yodida uzoq saqlanib qoladi? J: N. Dumbadze.

17. Qadim an’analarga sodiqlik, har qanday qiyin ahvolda ham Vatanni tashlab ketmaslik, yoshi ulug‘larni e’zozlash singari insoniy ko‘nikmalar qaysi xalqlarga birdek xos? J: Ozbek va gruzin.

18. N. Dumbadzening mashhur hikoyasi? J: “Hellados”.
HELLADOS” HIKOYASI
1. Suxumilik grek Xrista Aleksandridning o‘g‘li kim? J: Yanguli.

2. “Cho‘pday ozg‘in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko‘zlari charosdek qop-qora, qo‘llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan, yon-atrofdagi tengqur-lari uchun naqd azroilning o‘zi bo’lgan bola kim”? J: Yanguli.

3. Yanguli necha yoshida edi? J: 14 yoshida.

4. Yanguli otasi bilan qayerda yashardi? J: Venetsian kochasi Chalbash daryosi boyida.

5. Yanguli onasidan qachon yetim bo‘lib qolgan ? J: Chaqaloqligida.

6. Yanguli bilan otasining bor-yo‘q davlati nimadan iborat edi? J: Bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshak.

7. Yangulilar nima sotib kun ko‘rardi? J: Oshkok, sut-qatiq.

8. “Hellados” hikoyasida “zolim” deb ta’riflangan kim? J: Yanguli.

9. “Hellados” hikoyasi kimning tilidan hikoya qilingan? J: Jamolning.

10. Jamolning xolavachchasining ismi nima edi? J: Koka.

11. Jamol Yanguli bilan qachon tanishadi? J: 1938-yilning kuzida.

12. Yanguli to‘dasi bilan qayerda uymalanib to‘planishardi? J: Temiryol kesib otiladigan joyda.

13. “Hellados” hikoyasida Yanguli kimni “skripka” deb chaqirardi? J: Jamolni.

14. Yanguli Jamol bilan birinchi uchrashganda nimalarni talab qiladi va qaysi voqeadan keyin dovdirab qoladi? J: Papiros, pul, Jamol chontaklarini ozi agdarib korsatishdan bosh tortganidan keyin.

15. Yangulining do‘stlarining ismlari nima edi? J: Petya, Fema, Kurlik, Pancho, Tena.

16. Yangulining qaysi do‘sti skripka ovozini radiodan eshitgan edi? J: Petya.

17. “Yuragim go‘yo to‘xtab qolganday bo‘ldi, miyamga qon urildi, quloqlarim bitib qoldi”. Jamol qachon shunday holatga tushib qolgandi? J: Skripkasi sindirilgan-da.

18. Yangulining o‘ng qo‘li kim edi? J: Petya.

19. Jamolning singan skripkasini uyiga kim keltirib tashlab ketadi? J: Petya.

20. Jamolning xolavachchasi kim? J: Koka.


21. Kokaning onasi singan skripkani ko‘rib oldin kimlarni, keyin kimni qarg‘aydi? J: Petyani, keyin Yangulini.

22. Jamolning xolasi kimni oyog‘idan osish kerak deydi? J: Jamolni.

23. Jamolninig xolavachchasi kimni boshga bitgan balo va g‘urbat deb ataydi? J: Jamolni.

24. Jamolning onasining ismi nima edi? J: Aniko.

25. Anikoning singlisi kim? J: Kokaning onasi, Nina xola.

26. “Jamol hayotimda yangi davr boshlandi” deganda nimani nazarda tutadi?J: Yashash uchun kurash davri boshlanganini.

27. Yanguli bilan Petya Jamol bilan Kokani qayerda kutib oladi? J: Maktab darvozasi oldida.

28. Jamol Yanguli skripkasini sindirganida qayeriga bir musht solgandi?



J: Iyagiga.

29. Yanguli Jamolga qora satin ko‘ylagini yechib nimani ko‘rsatadi? J: Chap toshining ustidagi kokish rangda lotin harflarda yozilgan “Hellados” so‘-zini.

30. Yanguli urishishni qachon boshlaydi? J: Petyaning chontaklaridagi toshlarni tashlatgach.

31. Mushtlashish jarayonida kim urganda atrofdan qarsillagan aks-sado kelardi? J: Yanguli urganda.

32. Kim kimga grekchalab dalda berardi? J: Petya Yanguliga.

33. Yanguli qaysi tilda gapirardi? J: Grekcha.

34. Ikkinchi to‘qnashuvda kim g‘olib bo’ladi? J: Yanguli.

35. Jamol 2-mushtlashuvdan necha kun keyin Yanguli bilan temir yo‘l kesib o‘tiladigan joyda uchrashadi? J: Uchinchi kuni.

36. Jamolni “tbilisilik rangpar laqma” deb, Kokani “Vatan va qabila xoini” deb atagan kim? J: Yanguli.

37. Jamol Yangulini kim shohidligida yana mag‘lub qiladi? J: Faqat eshak.

38. Yanguli Jamolni bolalar oldida tan oish u-n qanday shart qo‘yadi?

J: Birinchilikni Jamolga bermaslik sharti bilan.

39.Yangulini otasi nima uchun uradi? J: Gretsiyadan kelgan paroxodda ota yurti Elladaga ketmayman degani uchun.

40. “Hellados” hikoyasidagi voqealar qayerda bo‘lib o‘tadi? J: Gruziyadagi Su-xumining Venetsian kochasida.

41. Yanguli sevgan qiz kim edi? J: Mida.

42. Mida kim edi? J: Abxaz kishiga turmushga chiqqan grek ayolining qizi, Suxumidagi eng gozal qiz.

43. “Hellados” so‘zini Yanguli qanday izohlaydi? J: Vatan ichkariroqda, naq yurakning ozida deb.

44. Gretsiyadan kelgan kemaning nomi va rangi qanday edi? J: Oppoq Posey-don.

45. Yanguli qaysi ko‘ylagini yoqtirardi? J: Oldi ochiq qora satin koylagini.

46. Jamol, ego agapo imana su! Ushbu so‘zlarni izohlang? J: Jamol, oyingni yaxshi koraman!

47. Oradan necha kun o‘tgach qayerdan bir bolaning jasadini keksa baliqchilar topib oladi? J: Bir kun otgach Kelasuri daryosining quyilish joyidan.

48. Keksa baliqchilar topib olgan bolaning jasadini kim qayerdan taniydi? J: Jamol, jasadning kokragidagi yozuvidan.

49. “Hellados” hikoyasidagi ko‘cha bolasi, “O‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini olish” uning kasbiga aylangan bola kim edi? J: Yanguli.

50. “Hellados” hikoyasida qaysi bola raqibining onasi o‘lganini bilib, onasini qo‘shib so‘kkani uchun uzr so‘rashga chog‘lanadi? J: Yanguli.

51. Jamol Yangulidan necha marta kaltak yeydi? J: 2 marta.

52. Jamolning hayotidagi eng fojiali kun? J: Qadrdoni Yangulining oimiga shohid bolgan kun.

53. “Hellados” hikoyasida unchalik ko‘p ishtirok etmagan obraz kim? J: Nina xola.

54. Kokaning onasining ismi nima? J: Nina xola.

55. Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida Nodar Dumbadze tashabbusi bilan qan-day bolalar bog‘i barpo etilgan? J: “Mziuri” - “Quyoshjon” bogi.

56. “Hellados” hikoyasida nomi tilga olingan daryolar? J: Chalbosh, Kelasuri.

57. Yanguli Jamoldan yengilganidan keyin olishuvning qaysi turiga o‘tishlari haqida kelishib oladi? J: Sokishish.

58. Jamol bilan Yanguli o‘rtasidagi so‘kishish munosabati qancha yil davom etadi? J: Yarim yil.

59. Yanguli qayerda tug‘ilgan edi? J: Suxumida.


XARAKTER HAQIDA TUSHUNCHA
1. Xarakter so‘zining ma‘nosi? J: Yunoncha soz bolib “xususiyat”, “belgi”.

2. Badiiy asar qahramonlari o‘zining tasvir va talqin darajasi, voqealardagi ishti-roki, asarda ko‘taradigan “yuki”ga ko‘ra qanday turga bo‘linadi? J: 4 turga: Personaj, obraz, xarakter, tip.

3. A. Qahhor xarakterning yaratilishi haqida nima degan? J: Adabiyot uy daftarida bir odamning paydo bolishi.

4. Badiiy xarakterda insonga xos qanday xislatlar aks etgan? J: Insonning mu-him tugma xususiyatlari, boshqalarnikiga oxshamagan irodasi, tashqi ta’sirlar bilan ozgarishi qiyin bolgan tabiati namoyon boladi.



DARSLIKKA

QOSHIMCHA SAVOL- JAVOBLAR
RIVOYAT VA AFSONALAR
1. Xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy nasriy janri? J: Rivoyat va afsona.

2. Hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og‘zaki ijod turi nima? J: Rivoyat.

3. Tarixiy hodisalar va ayrim shaxslar b-n bog‘liq voqealar hikoya qilinadigan janr? J: Rivoyat.

4. U yoki bu voqea haqida xabar berish va uni tasdiqlash vazifasini o‘taydigan janr? J: Rivoyat.

5. Lutf va nazokat, aql va tadbir, ilm-ma’rifat, ezgulik kabi insoniy fazilatlar dag‘allik, manmanlik, nodonlik, jaholat, adolatsizlik va yovuzlikka qarama-qar-shi qo‘yiladigan janr? J: Rivoyat, ertak.

6. Rivoyatlar mavzusiga ko‘ra qanday turga bo‘linadi? J: 1. Tarixiy 2. Toponimik (joy nomlari b-n bogliq).

7. Tarixiy rivoyatlar kimlar haqida yaratilgan? J: Tomaris, Shiroq, A. Temur, Ulugbek, Ibn Sino, Beruniy, A. Navoiy, Mashrab.

8. Toponimik rivoyatlar nimalar haqida yaratilgan? J: Samarqand nomining kelib chiqishi, Olmaliq shahrining, Nurato ziyoratgohining kelib chiqishi va hakozalar haqida.

9. Xalq tarixi, uning estetik qarashlarini o‘rganishda zarur bo‘lgan og‘zaki ijod janri? J: Rivoyat.

10. Afsona so‘zining ma’nosi? J: Forscha “fusun” sozidan olingan bolib, sehr-jodu degan ma’noni bildiradi.

11. Fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalarga asos bo‘lgan nasriy hikoya nima? J: Afsona.

12. Afsonalarning asosiy mavzusi nimalar? J: Osmon, yer, suv parilarining ishlari, devlar, yer yuzida odamning paydo bolishi, olamning tuzilishi.

13. Afsonalar nimasiga ko‘ra sof mifologik afsonalar hamda tarixiy voqea va hodisalarni aks ettirgan afsonalarga bo‘linadi? J: Mavzusiga kora.

14. Sof mifologik afsonalar nimasiga ko‘ra oddiy bayon shaklida bo‘lib, ertaklarga xos ayrim belgilarga ega? J: Tuzilishiga kora.

15. Sof mifologik afsonalar? J: “Qayumars”, “Odami Od”, “Anbar ona”, “Hazrati Xizr”, “Erxubbi”.

16. Xizr kim? J: Mifologik timsol, chol piri, hosildorlik homiysi.

17. Xalqning orzu-umidlarini ifoda etuvchi, uning manfaatlarini himoya qiluvchi
qahramon kim? J: Hazrati Xizr.

18. Tarixiy voqea va hodisalar haqidagi afsonalar? J: “Devqal’a”, “Shirin qiz”, “Kalta minora”, “Ilon buzgan”, “Guldursin”.


TOMARIS” AFSONALARI
1. Saqalar davlati qachon tuzilgan? J: 2700- yil oldin.

2. Eron shohi Kir qaysi suloladan? J: Ahmoniylar.

3. Saqalar Rusiyada nimalar deb atalgan? J: Skiflar.

4. Saqalar G‘arbiy Yevropada qaysi nom bilan tanilgan? J: Skitlar.

5. Turkiy xalqlarning birinchi davlati? J: Saqalar.

6. Massagetlar qayerda yashar edi? J: Kaspiy dengizining sharqidagi tekislik-larda.

7. O‘ratepaga Krishata deb o‘z nomini qo‘ygan kim? J: Eron shohi Kir.

8. “Tarix otasi” deb nom olgan “Tarix” kitobi muallifi kim? J: Herodot.

9. Herodotning “Tarix” kitobida To‘maris nomi qanday shakllarda uchraydi? J: “Tomaris”, “Tomris”, “Tamiris” va “Tamirida”.

10. “Is” qo‘shimchasini kimlar qo‘shgan? J: Yunonlar.

11. Hindlarning qaysi dostonida temirning shimoldan borganligi aytiladi? J: “Maxabxarat”da.

12. To‘maris haqida hikoya yozgan adib kim? J: Mirkarim Osim.

13. M. Osimning algebra faniga asos solgan Al-Xorazmiyning 1200 yilligiga bag‘ishlangan asari qaysi? J: “Aljabrning tugilishi”.

14. M. Osimning Beruniy hayotidan hikoya qiluvchi asari? J: “Jayhun ustida bulutlar”.

15. M. Osimning A. Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asari? J: “Zulmat ichra nur” qissasi.

16. Mirkarim Osimning Mashrab taqdirini hikoya qiluvchi asari? J: “Singan se-tor”.

17. Mirkarim Osimning tarix va badiiy ijodga qiziqishida kimlarning ta’siri katta bo‘lgan? J: Munavvarqori va Oybekning.

18. To‘marisning o‘g‘li Sparangizning qaylig‘i Zarina qaysi urug‘dan edi? J: Shak urugidan.

19. “To‘maris” hikoyasi qaysi voqeadan boshlanadi? J: Toy tantanalari oldidan kelin Zarina va kuyov Sparangizning kurash tushishidan.

20. Sparangiz Kayxisrav tomonidan qanday qo‘lga olinadi? J: Ichimlik yorda-mida.

21. Quyosh xudosi nomi? J: Mihra.

22. Afsonadagi yaxshilik alomati deb qaysi voqea aytiladi? J: Osmonda burgut qanotlarini yoyib massagetlar ustida aylanishiga.

23. To‘maris qanday jang usulini qo‘llaydi? J: Dushmanni chollarda sarson qilib, tinkasini quritish.

24. To‘maris tepalik ustida saf tortganda birinchi safda kimlarni qo‘yadi? J: Merganlarni.

25. Otliq qo‘shinga kim boshchilik qiladi? J: Zarina.

26. Kayxisravning boshini kesib keltirgan kim? J: Zarina.

27. To‘marisning yoshi nechada edi? J: 40 yoshdan oshgan.

28. Eri qachon vafot etgan edi? J: 1 yil oldin.



SHUKRULLO
1. Shukrullo qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1921-yil, Toshkent shahri.

2. Shukrulloning ismi va familyasi? J: Shukrullo Yusupov.

3. “Javohirlar sandig‘i”, “Kafansiz ko‘milganlar”, “Tirik ruhlar” kabi nasriy asarlar muallifi kim? J: Shukrullo.

4. Shukrulloning so‘nggi 10-15 yil oralig‘ida e’lon qilingan asarlari? J: “Javohirlar sandig‘i”, “Kafansiz komilganlar”, “Tirik ruhlar”.

5. Qaysi shoirning otasi G‘afur G‘ulom bilan yaqin tanish va suhbatdosh bo‘l-gan? J: Shukrulloning.

6. Shukrulloning otasining asl kasbi nima edi? J: Emchilik (xalq tabobati b-n shugullanish).

7. Shukrullo qayerlarda tahsil olgan? J: Maktabda, pedagogika bilim yurtida, Toshkent Davlat pedagogika institutida.

8. Shukrullo qayerlarda ishlagan? J: Ozbekiston yozuvchilar uyushmasida, badiiy adabiyot nashriyotida.

9. Shukrulloning birinchi she’ri? J: “Baxt qonuni” 1939 –yil e’lon qilingan.

10. Shukrulloning birinchi she’riy to‘plami? J: “Birinchi daftar” 1949-yil.

11. Shukrulloning 40-yillarda chop etilgan to‘plam va dostoni? J: “Birinchi daftar”, “Qalb qoshiqlari” toplamlari va “Chollar” dostoni.

12. Shukrulloning nechta she’rlar va dostonlar to‘plamlari nashr etildi? J: 20 dan ortiq.

13. Shukrulloning vatanni kuylash, uning bunyodkor, fidoyi farzandlarini ulug‘-lash, xalqlar do‘stligi g‘oyalari ilgari surilgan to‘plamlari? J: “Hayot ilhom-lari”, “Umrim boricha”, “Inson va yaxshilik”, “Inson-inson uchun”, “Ikki qoya”, “Otash va gul”, “26-tongotari”.

14. Shukrulloning 70-80-yillarda yaratilgan, inson va xotira, odamiylik kabi tushunchalar ifodalangan to‘plamlari? J: “Zarralar”, “Suyanchiq”, “Yasha-gim keladi”, “Sening baxting”.

15. “Shukur qil, nolima, tashvishim ko‘p deb,

Bilasanmi, tashvish tugaydi qachon?

…………………………………

Intilish, izlanish, doim harakat,

Shundan iboratdir tiriklik, hayot”.

Ushbu misralar kimning qalamiga mansub? J: Shukrullo.

16. Shukrulloning bolalar u-n chop etilgan kitoblari? J: “Bahor sovgasi”, “Yulduzlar”.

17. Shukrulloning O‘zbekiston teatrlarida sahnalashtirilgan sahna asarlari? J: “Xatarli yol”, “Toydan keyin tomosha”, “Tabassum ogrilari”, “Ogrini qaroqchi urdi”, “Janjal”, “Unsiz faryod”.

18. Shukrulloning tarjimalari? J: Gyote, K. Gotsi, A. Blok, T. Shevchenko, A. Tvardovskiy, Q. Quliyev, Mustay Karim.

19. Shukrulloning 80-yillarda e’lon qilingan dostoni? J: “Asr bahsi”.

20. Shukrulloning qaysi dostonida yer kurrasiga, butun insoniyatning taqdiriga xavf solayotgan urushni, atom, vodorod bombalarini … qirg’in qurollarini yara-tuvchi kishilar qoralanadi? J: “Asr bahsi” dostonida.

21. Shukrullo qaysi asarida buyuk ilmiy-texnik kashfiyotlar tinchlikka, bunyod-korlikka xizmat qilishi kerak degan fikrni badiiy obrazlarda ifoda etadi? J: “Asr bahsi” dostonida.

22. Shukrullo 80-90-yillarda qaysi sohada tajribalar qilib ko‘radi? J: Badiiy proza (nasr).

23. Shukrulloning ustozlari va turli donishmandlar tilidan hikoya qiluvchi asar-lari? J: “Javohirlar sandigi”.

24. Shukrulloning prozadagi birinchi tajriba asari qaysi? J: “Javohirlar sandi-g‘i”.

25. Shukrulloning qaysi asari tezda shuhrat topib, turli tillarga tarjima etilgan? J: “Javohirlar sandigi”.

26. Shukrulloning xotira qissasi ? J: “Kafansiz komilganlar”.

27. Shukrulloning qatag‘onlik yillarini aks ettirgan asari? J: “Kafansiz komil-ganlar” xotira qissasi.

28. Shukrulloning qaysi asarida erksizlik va adolatsizlik qoralanadi, kishilarni tarix saboqlaridan xulosa chiqarib olishga chaqiriladi? J: “Kafansiz komil-ganlar” xotira qissasida.

29. Shukrulloning so‘nggi yillarda e’lon qilingan va XX asr boshlarida mam-lakatimizda yuz bergan hodisalar xalqimizni savodli, ma’rifatli qilib, o‘zligini, o‘z haq-huquqlarini tanitib, siyosiy ozodlikka erishish u-n kurashgan ajdod-larimiz, xususan, birinchi o‘zbek yuristi Ubaydulla Ho‘jayev hayoti hikoya qilingan, qatag‘onga uchragan fojiali taqdirlar bitilgan romani? J: “Tirik ruhlar” romani.

30. Shukrulloning qaysi she’rida onasi o‘lganda yetib kelmagan, tirigida yo‘q-lamagan takabbur o‘g‘il qoralangan? J: “Qabr toshi”.

UMR HAQIDA ERTAK”


1. “Bolalik- yoshligimda,

Bobom aytardi ertak” misralari qaysi asardan olingan? J: “Umr haqida ertak”, Shukrullo.

2. Shukrulloning xotirasidan chiqmaydigan ertak? J: “Umr haqida ertak”.

3. “ Baliqday suzgich ekan,

Daryolarda o‘tishda.

Yamoq ham tikar ekan,

Mohir ekan har ishda” misralari qaysi asardan olingan? J: “Umr haqida ertak”, Shukrullo.

4. Shukrulloning qaysi asarida odamlar ozod, erkin vatanda yashasa, halol meh-nat qilib farovon hayotga erishsalar, shundagina yashadim deyishga haqlidirlar degan fikrni ilgari suradilar? J: “Umr haqida ertak”.

5. Shukrulloning “Umr haqida ertak” asarida kim haqda gap boradi? J: Say-yoh.

6. Shukrulloning “Umr haqida ertak” asarida sayyoh o‘lganlarning yoshini nechadan oshiq ko‘rmabdi? J: 3 yoshdan oshiq.

7. Sayyoh ko‘rgan dehqon necha yil yashagan? J: Yarim yil (asli yoshi 60 da).

8. Sayyoh ko‘rgan olim necha yil yashagan? J: Bir oy (asli yoshi 40 da).

9. Sayyoh o‘lganlarning yoshi haqida kimdan so‘raydi? J: Mozor Shayxidan.

10. Sayyoh vasiyatini kimga aytadi? J: Mozor Shayxiga.

11. “Yetib baloyi qazo

O‘lar bo‘lsam men agar,

Qabr toshimga faqat

Shuni yozing birodar:

Bu odam sayyoh bo‘lib

Izlagan erkinlik, baxt.

Maqsadiga yetolmay,

Tug‘ilib o‘lgan bevaqt.” Ushbu vasiyat kimga tegishli? J: Sayyohga.

12. Sayyoh yurt kezib nima izlagan? J: Erkinlik va baxt.

13. Shukrulloning “Umr haqida ertak” asari necha qismdan iborat? J: 2 qism-dan.

14. Ertakning qaysi qismida sayyohning erkin va obod mamlakatda yashab qol-ganligi aytib o‘tiladi? J: 2-qismda.

15. “Umr haqida ertak” asarining ikkinchi qismi qahramonlari? J: Bobo, nabi-ra, sayyoh, chol.

16. Shukrulloning “Umr haqida ertak” asarida qanday g‘oya kelib chiqadi?

J: Inson oz umrini behuda, keraksiz narsalarga emas, aksincha, ezgu ish-larga, bunyodkorlikka, ulug maqsadlarni amalga oshirishga sarflashi lo-zim.

MAQSUD QORIYEV
1. Maqsud Qoriyev qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1926-yil Toshkent.

2. Maqsud Qoriyev qayerlarda o‘qidi? J: 1947-yil Toshkent yuridik institutini tugatib, shu institutning aspiranturasida oqib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

3. Maqsud Qoriyev ish faoliyatini qayerda boshlagan? J: Yunusobod mavzeyi-dagi xojaliklarda.

4. Maqsud Qoriyevning jurnalistik faoliyati qachon boshlangan? J: Otgan asrning 50-yillarida.

5. Maqsud Qoriyev qaysi gazetalarda ishlagan?J: Dastlab “Qizil Ozbekiston”, song “Toshkent haqida” gazetasida bosh muharrir orinbosari va bosh muharrir lavozimlarida.

6. Maqsud Qoriyev qaysi gazetaga 20 yil davomida rahbarlik qiladi? J: 1964-1984-yilgacha hozirgi “Ozbekiston ovozi” gazetasiga.

7. Maqsud Qoriyev1984-1992-yillarda qayerlarda ishlagan? J: “Mushtum” hajviy jurnali bosh muharriri, keyinMehrigiyo” gazetasi bosh muharriri.

8. Maqsud Qoriyevning nasriy asarlari qachondan bosila boshlagan? J: 60-yillarning ortalaridan.

9. Maqsud Qoriyevning nasriy asarlari? J: “Oydin kechalar” (1968-y), “Jiyda gullaganda” (1970-y), “Oy tutilgan kecha” (1971-y), “Qiz uzatib borganda” (1972-y), “Afrosiyob gozali” (1974-y), “Turnalar baland uchadi” (1976-y), “Oydin” (1979-y).

10. Maqsud Qoriyevning qaysi asarlarida asosiy mavzu yoshlar haqida bo‘lib, ularning ma’naviy olami, o‘z hayot yo‘llarini topib olishdagi mashaqqatlari, orzu intilishlari aks etgan? J: “Oydin kechalar” (1968y), “Jiyda gullaganda” (1970y), “Oy tutilgan kecha” (1971-y), “Qiz uzatib borganda” (1972-y), “Afrosiyob gozali” (1974-y), “Turnalar baland uchadi” (1976-y), “Oydin” (1979-y).

11. Maqsud Qoriyevning tarixiy romanlari? J: “Spitamen” (1985-y), “Ibn Sino” (1995-y), “Gaznaviylar”.

12. Maqsud Qoriyevning so‘nggi o‘n yil davomida yozgan turli mavzu va yo‘na-lishdagi asarlari? J: “Ibn Sinoning bolaligi”, “Yulduzlarda edi xayoli”, “Osiyo gozali”, “Tojmahal”, “Qaytar dunyo”, “Temur haqida hikoyalar”, “Ezgulikka intilib”.

13. Maqsud Qoriyevning qaysi asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan? J: “Qaldirgochlar bahorda keladi” hikoyasi, “Qiz uzatib borganda” qissa-si.

14. Maqsud Qoriyevning unvon va medallari? J: “Ozbekistonda xizmat kor-satgan madaniyat xodimi”, “Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni, jurnalistika sohasidagi xizmatlari u-n “Oltin qalam” mukofoti.


QALDIRGOCHLAR BAHORDA KELADI” HIKOYASI
1.Hikoyadagi voqea qayerda va qachon bo‘lib o‘tgan? J: Toshkentda, 1966 –yil 26- aprelda.

2. Hikoya qahramonlari qayerda istiqomat qilardi? J: Qashqar mahallasida (hozirgi “Olimpia shon- shuhrati muzeyi” joylashgan bino atrofida).

3. Hikoyaning bosh qahramoni kim edi va u nechanchi sinfda o‘qiydi? J: Nodira, endigina 6- sinfga otgan.

4. Hikoya qahramoni Nodiraning birdan jiddiy bo‘lib qolishiga sabab nima edi? J: Qaldirgochlar tashvishi.

5. Qarabsizki, “qurilish” ishlari tez sur’atlar b-n boshlanib ketdi, mohir “quruv-chilar” charchash nima bilmay, tong sahardan to kech qorong‘isigacha tinimsiz ishlashardi, arxitektor ham, quruvchi ham, suvoqchi ham o‘zlari … Ushbu fikr kim haqida va qaysi asardan olingan? J: “Qaldirgochlar bahorda keladi” hikoyasidagi qaldirgochlar haqida.

6. Qaldirg‘ochlar kelganidan necha kun keyin Nodiralar yangi uyga ko‘chib ketishdi? J: Bir hafta.

7. Hikoyada qaldirg‘ochlar qanday qushlar sifatida tasvirlangan? J: Mehnat-kash, Saranjom.

8. Qaysi qushlar duch kelgan joyga nomigagina in qurib, omonat yashaydilar?



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin