BOSIM O‘LCHASHNING DEFORMATSION (PRUJINALI) ASBOBLARI. Prujinali asboblarning ishlash prinsipi bosim kuchi ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyasi yoki ularning kuchini o‘lchashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformatsiya natijasida o‘lchov asbobining strelkasi to‘g‘ri chiziqli yoki burchakli shkala bo‘yicha surilib, bosim miqdori R ni ko‘rsatadi.
Prujinali asboblarning o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lishi uchun ulardagi elastik elementlarning elastiklik moduli va termik kengayish koeffitsientlari kam bo‘lgan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va ulardagi gisterezis va qoldiq elastik hodisalari bo‘lmasligi talab qilinadi.
4.9-rasm. Elastik sezgir elementlar.
Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosim farqi va shu kabilarni o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. Keng tarqalgan elastik sezgir elementlar 4.9-rasmda tasvirlangan, ularga naychali prujinalar (4.9-rasm, a) silьfonlar (4.9-rasm, b) yassi va gofrirovka qilingan membranalar 4.9- rasm, v, g), membranali qutichalar (4.9- rasm, d) bikr markazli bo‘shashgan membranalar (4.9- rasm, e) kiradi.
Statik xarakteristikaning shakli va tikligi sezgir elementning konstruksiyasiga, materialga va temperaturaga bog‘liq.
Ish diapazoni elastik deformatsiyalar sohasida, sezgir element bosim bilan ortiqcha yuklangan hollar uchun zapas bilan ta’minlangan holda tanlanadi. Sezgir elementlarning elastiklik holati kuch bo‘yicha qattiqlik koeffitsienti bilan xarakterlanadi:
(4.33)
bunda F, SE — mos ravishda elastik sezgir elementga ta’sir etadigan kuch va elementning foydali maydoni; h—ish nuqtasining siljishi.
Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir element sifatida naychasimon manometrik prujina ishlatilgan deformatsion asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish praktikasida keng tarqalgan. Ayniqsa, bir o‘ramli naychasimon prujinali asbob — manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmanometrlar juda ko‘p qo‘llaniladi. Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimni bir o‘ramli yoki ko‘p o‘ramli naychasimon prujinaning elastik deformatsiya kuchi bilan muvozanatlashuviga asoslangan.
Aylana yoyi bo‘yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon bir o‘ramli prujina naycha ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o‘zgarishi natijasida o‘zining bukilishini o‘zgartiradi (4.9-rasm, a).
O‘lchanayotgan ichki va tashqi atmosfera bosimlari farqi ta’sirida naychali prujina deformatsiyalanadi: naycha kesimining kichik o‘qi kattalashadi, katta o‘qi kichiklashadi, bunda prujina bo‘shashadi va uning erkin uchi 1—3 mm ga siljiydi. 5 MPa gacha bo‘lgan bosim uchun naychali prujinalarni jezdan, bronzadan, undan ham yuqori bosimlar uchun — legirlangan po‘lat va nikelь qotishmalaridan tayyorlanadi.
Ko‘rsatuvchi, o‘ziyozar, signal beruvchi manometrlarning va naychasimon prujinali bosim o‘zgartgichlarining ko‘pi to‘g‘ri o‘zgartgich qurilmalardan iborat.
U