A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha va



Yüklə 135 Kb.
səhifə2/8
tarix06.12.2022
ölçüsü135 Kb.
#120518
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiyotning boshqa fanlar integratbilan11111111111

boshqa predmetlar bilan aloqasi
1.1 Boshlang`ich sinf o‘quvchilarning iqtisodiy tushunchalarini o‘zlashtirishida predmetlararo aloqalar
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning iqtisodiy tushunchalarini o‘zlashtirishida predmetlararo aloqalar katta yordam beradi. Boshlang‘ich sinflardagi «Tevarak atrofimizdagi olam», «Mehnat talimi», «Tasviriy sanat» darslari insoniyat tomonidan foydalaniladigan mehnat vositalarini turli tomondan tabiiy material sifatida, uning xossalari, amaliy ahamiyati jihatidan ochib beradi. Bu bilan predmetlararo aloqa iqtisodiy tafakkurni har tomonlama rivojlantirishga, uning progmatik yo‘nalganligini shakllantirishga imkon beradi. Kichik maktab yoshdagi bolaning aql-idroki tabiat va jamiyati o‘rab turgan olamdagi ko‘p qirrali munosabatlarning, iqtisodiy va egologik munosabatlarning qaror topishi va rivojlanishi uchun yaxshi zamindir. SHuni ham etiborga olish kerakki, bolaning ongida tevarak atrofdagi olam haqidagi kishilar, hayvonlar, o‘simliklar, jonsiz tabiat to‘g‘risidagi tasavvur va bilimlar. Faqat mexanik ravishda to‘planib bormaydi, ular bolaning olamni tushunishini va unga munosabatini shakllantiradi, ahloqiy sifatlarga va o‘zining tabiatga aralashuvi uchun mas’uliyatini sezishga ta’sir etadi. Bu muamoni hal qilishda integratsiyalashgan darslarning o’rni juda ham beqiyosligini har bir o’qituvchi bilishi va shunga tayyor bo’lmog’i lozimdir. Integratsiyalashgan darslar orqali yosh avlodni bilimli, dunyoni idrok qilishi, olam va odam haqidagi tasavvurga ega bo’lishi, har bir narsani ongli tahlil qila oladigan, tafakkurli, qisqa qilib aytganda har tomonlama ko’nikmaga ega shaxs qilib tarbiyalashga erishish mumkin.

Boshlang‘ich- maktab shaxsning qaror topishi, unda ekologik madaniyatning tabiiy va ijtimoiy muhitga bo‘lgan ko‘p qirrali munosabatlarning shakllanishida muhim bosqichdir. 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan davrda bola o‘zining shaxsiy rivojlanishida axborotlarni o‘zlashtirib olish hajmi bo‘yicha, muhim yo‘lni bosib o‘tadiki, bundan keyingi hech bir yoshni bu davr bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bunga bolaning rivojlanishidagi tabiiy shart-sharoitlar va pedagogning o‘quv tarbiya jarayonida ulardan foydalanish malakasi yordam beradi. Axborot nazariyasi mutaxassislari boshlang‘ich ta’limning tugallash davriga kelib inson 95% axborot oladi, bular dastlabki va takrorlanmas bilimlardir.



Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin