Iqtisodiyotning boshqa fanlar integratbilan11111111111
1.2 O‘quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashning asosiy mexanizmi O‘rta maktab va oliy o‘quv yurtida egallanadigan bilimlar asosan avval hosil qilingan bilimlardir. Masalan, integral hisob-bu cheksiz kichik miqdorlarni qo‘shishdir, differensial hisob integral hisobga teskari amaldan iborat va hokazo. O‘quvchi maktabda bazaviy fanlarni o‘rganar ekan, turlicha, lekin ma’lum darajada bir biri bilan bog‘langan o‘quv fanlari qamrab oladigan yagona va bo‘linmas olamni idrok qilishga tayyorlanadi.
O‘quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashning asosiy mexanizmi ular bevosita uddalay oladigan iqtisodiy faoliyatdir. Ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnati o‘quvchilarda biror ishni samarali tashkil etish malakalarini, mahsulot chiqarishning planlashtirilishi, uni tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat va moddiy xarajatlarni normallashtirish, yuqori sifali maxsulot chiqarishga erishish uchun zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanish kerakligi haqidagi tushunchalarni xosil qiladi. O‘quvchilarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish jarayonida ularda iqtisodiy muammolarni tushunish tajribasi to‘planib boradi, yangi formatsiyadagi tadbirkorning ahloqiy sifatlari, dunyoqarash va iqtisodiy e’tiqod shakllanadi. Natijada bolalar o‘z ota-onalarini, ularning muammolarini yaxshiroq tushunadilar, oilaviy o‘zaro munosabat yaxshilanadi, o‘quvchida oila byudjetiga jonli qiziqish uygonadi, shaxsiy iste’molidagi buyumlarga elektr energiyasi, oziq-ovqat maxsulotlari iste’molida tejamkorlik paydo buladi.
Iqtisodiy ta’lim va tarbiya o‘quvchidan turli xildagi ilmiy fanlarga (tabiiyki, bular iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak) doir chuqur va har tomonlama bilimlarni talab etadi, zero, aralash fanlarni bilmasdan turib, iqtisodiyotning o‘qitilishi hayotdan olingan qiziqarli misollar bilan to‘ldirish hamda ularning kattalar va bolalarning kundalik hayoti bilan bog‘liqligini ko‘rsatish qiyin. SHuninguchun pedagog doimo o‘z bilimini turli jurnallardan, o‘quv-metodik adabiyotlaridan olingan yangi bilimlar bilan to‘ldirib borishi lozim.
Umumiy ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida iqtisodiyotni matematika bilan integratsiyalash va matematika bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni iqtisodiyot bilan bog‘lik holda tashkil etish.
Hozirgi kunda maktab matematika kursidagi misollar iqtisodiyotdan ajralgan holda beriladi. O‘quvchi ularni hech narsa bilan «bog‘lay» olmaydi, hayotiy tajribadan olingan yaqqol misollar yo‘q.
Shuning uchun matematikani g‘aliz she’ri kabi «yod olish»ga to‘g‘ri keladi va u yomon esda o‘quvchilar uni o‘z hayotlaridagi bo‘lg‘usi tayanch deb bilmaydilar va uni «bilish va olingan bilimlardan amaliy hayotda foydalanish emas, balki yaxshi va qonikarli baholar uchun, «bir balo qilib topshira olsam» prinsipiga ko‘ra o‘rganadilar.
Boshlang‘ich sinflardan boshlab matematika darslarida iqtisodiy tarbiya elementlarini ko‘paytirib borish lozim. Bolalarning har turli oila xarajatlari, oila a’zolarining qanday daromad manbaalari (ish xaqqi, pensiya, stipendiya, yordam puli va hokazo)lardan qoplanishini bilishlari uchun ularni oila byudjeti asoslariga o‘rgatish kerak. Byudjetning raqamlardagi ifodasiga misol keltirish lozim. Bunda oilaning ovqatlanish, kiyim-bosh, poyafzal, kommunal hizmatlar, o‘yin-kulgu va hokazolarga sarflanadigan xarajatlarni raqamlarda ifodalangan misollar bilan ko‘rsatib berish zarur. SHu bilan birga daromadlar va harajatlarni taqqoslash ham kerak. So‘ngra o‘quvchining shaxsiy byudjetini misol qilib ko‘rsatish lozim: ota-onalari unga maktabda ovqatlanishiga, o‘yin-kulgulariga necha so‘m berishi va bu pullarni qanday sarflashi va hokazo.
SHundan keyin o‘quvchilarga ishlab chiqarish harajatlari va ularning turlari haqida oddiy tushuncha berish kerak. Ularga qo‘shimcha ishlab chiqarish yoki uy xo‘jaligini yuritishni har qanday faoliyat harajatlar bilan bog‘liqligini eng oddiy misollarda tushuntirish lozim. Biror bir ishni bajarish, tovar ishlab chiqarish yoki hizmatlar ko‘rsatish uchun boshqa resurslarni sarflash zarur. Ular esa narxi va sifatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. SHuning uchun matematik hisoblash va taqqoslashlarga asoslanib ulardan birini tanlashga to‘g‘ri keladi.
Tarkib topgan sistema mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo‘yicha hisob-kitob qiladi:
Xom-ashyo va asosiy materiallar, shu jumladan, sotib olinadigan komplektlovchi buyumlar va yarim tayyor maxsulotlar. Bularning hammasi qayta ishlash vaqtida ishlab chiqarilayotgan maxsulot tarkibiga to‘liq kiradi va o‘z tannarxini maxsulotga o‘tkazadi. YA’ni tayyor maxsulotda ular ko‘rinmaydi;
YOrdamchi materiallar. Ularga asbob-uskunalar, moslamalar va hokazolar kiradi. Ular ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish uchun, masalan, saqlash, kundalik remont ishlari va jihozlarini, binolarni ekspluatatsiya qilish va boshqa asosiy vositalar uchun kerak;
YOnilg‘i. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo materiallarga issiqlik ishlov berishda foydalaniladigan gaz, mazut, ko‘mir, koks va shunga o‘xshash energiya;
Energiya. Bunga issiqlik stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan issiqlik va elektr energiyalari kiradi. Elektr energiyasidan stanoklar, mashinalar va jihozlarni ta’minlash uchun foydalaniladi, issiqlik energiyasi esa ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish va ma’muriy binolarida temperatura rejimini ta’minlaydi;
Asosiy va qo‘shimcha ish xaqi. Lavozim maoshi, tarf razryadi shaklida ishchi va hizmatchilarga to‘lanadigan to‘lovlar asosiy ish haqiga kiradi. Mukofotlar, yuqori sifatli ishlar uchun beriladigan ustamalar qo‘shimcha ish haqiga kiradi. Bunga ota-onalarimiz o‘z mehnatlari uchun shunday yo‘llar bilan pul olishlarini tushuntirish lozim;
Ijtimoiy sug‘urtaga, nafaqa fondiga bandlik fondiga ajratmalar. Bu mablag‘lar pensionerlarga pensiya va yordam puli to‘lovlari manbai hisoblanadi, ya’ni ish o‘rinlari yaratish uchun foydalaniladi, ya’ni ularni ota-onalarimiz ishlab topadilar, ular «havodan» olinmaydi, keyin davlat uni kishilarga qaytarib beradi. SHuning uchun davlatga ishonish kerak emas, u hech narsa ishlab chiqarmaydi va ishlab topmaydi, ishlab chiqarilgan va bizlar tomonidan iste’mol qilinadigan har narsa odamlar mehnati bilan yaratilgan;
Asosiy fondlar amortizatsiyasi. Xom ashyo va materiallar to‘laligicha yaratilan tovar tarkibiga kirgan vaqtda asosiy fondlar-stanoklar, mashinalar, jihozlar va hokazolar tobora yangi va yangi tovarlar yaratida yana uzoq vaqtga qadar ishtirok etishga qodir bo‘ladi. SHuning uchun tovarlar ishlab chiqarishda band bo‘lgan asosiy fondlarning qiymati yangi tovarning har bir birligi qiymatiga butunlay emas, balki, qisman kiradi;
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar tarkibiga kirmagan boshqa ishlab chiqarish xarajatlari. Bularga ishlab chiqarishni xom ashyo materiallar, yoqilg‘i, energiya, asboblar, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlashga oid xarajatlar, ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarni ishchi holatida saqlash xarajatlari (texnik ko‘rik va qarashga, o‘rtaliqdagi, joriy va kapital remontlar o‘tkazishga sarflangan xarajatlar) kiradi.