A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha va


II BOB Matematikani boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi



Yüklə 135 Kb.
səhifə4/8
tarix06.12.2022
ölçüsü135 Kb.
#120518
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiyotning boshqa fanlar integratbilan11111111111

II BOB Matematikani boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi
2.1 Matematikani o‘qitishda eng oddiy kundalik iqtisodga oid masalalar
Xarajatlar ikki marta: dastlab rejali, ya’ni bo‘lg‘usi sarf-xarajatlar, keyin esa tovar ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlar hisoblanadi. Bunda iqtisod qilingan narsa (mablag‘) korxonaning daromadiga aylanadi, bu esa uning ishchilarini boyitadi, ortiqa xarajatlar esa zararga olib keladi. Ortiqcha xarajatlarni sinchkovlik bilan tahlil qilish, uning hosil bo‘lish sabablarini aniqlash kerak. Chunki u korxonaning yopilishi va xodimlarning ishdan bo‘shatilishi xavfini tug‘diradi.
Misol tariqasida mazkur sxema bo‘yicha uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan to‘quv va tikuv mashinasidan sotish uchun buyumlar tayyorlashda foydalanish, o‘g‘itlar, yadroximikatlar, changlatgich mahsulotlarni saqlash omboridan foydalangan holda poliz mahsulotlari etishtirish, bu mahsulotlarni sotishga tayyorlash uchun qilingan sarf xarajatlar va ulardan olingan daromadlarni hisoblab chiqish mumkin.
YUqorida aytilgan misollarni keltirganda ularning umumiy xarakterda ekanligini, ularni yaxshilab tushunib olish zarurligini, zero har qanday tadbirkorlik faoliyati ularni bilish asosiga qurilishini qayd etish lozim.
Matematikani o‘qitishda eng oddiy kundalik iqtisodga oid masalalardan foydalanish yuli bilan uni (matematikani) «jonlantirish» kerak. Buning uchun matematik misol va masalalarni imkoni boricha xaqiqiy va tez-tez uchrab turadigan hayotiy vaziyatlardan olish zarur.
Agar gap hajmlar haqida borayotgan bulsa, shunday misolni keltirish mumkin. Aytaylik sotib olish uchun bir xil tovarlardan birini olmoqchisiz. Tabiiyki bunda xajmi kattarog‘i, masalan tarvuz sotib olishda, tanlanadi (tarvuzni tortish uchun tarozi bo‘lmagan xolatda). Agar gap elektr iste’mol qiladigan tovar, masalan elektr isitish asbobi, sotib olish haqida borsa, ancha arzon asbobni sotib olishdan ko‘riladigan foydani taqqoslash mumkin (bunda elektr asbobining qancha elektr iste’mol qilishi va unda tejaladigan to‘lov haqi hisoblanadi).
Iqtisodni matematika bilan yaxshi qo‘sha oladigan o‘quvchini imkoniyati teng bo‘lmagan qimor o‘yiniga qiziqtirish mumkin emas. Masalan o‘yin olib borayotgan kishi bir sharchani 3 ta stakan ostiga yashiradi va sharchaning qaerdaligini topishni taklif etadi. O‘yinga kirishgan o‘yinchining imkoni bilan o‘yinni olib boriayotgan kishining imkoniyatlarini baholash shuni ko‘rsatadiki, ehtimollar nazariyasiga muvofiq sizning yutib olish imkoniyatingiz (sharchaning qaerdaligini topishingiz) 1/3ga, topa olmasligingiz (ya’ni yutqazishingiz) 2/3ga teng. Bundan ko‘rinadiki xalol, ob’ektiv o‘yinda ham o‘yinni olib borayotgan o‘yinchining yutish imkoniyati siznikidanikki marta yuqori. SHunday ekan, bunday o‘yin o‘ynash o‘rinli-mi? Xuddi shuningdek, lotereyada ham yutish extimolini hisoblab chiqish qiyin emas. Bunda yutish imkoni sharchali o‘yindagidan ham kam.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, matematika darsi mavzularini o‘tishda har doim uning hayot bilan bog‘liqligiga doir misollarni qidirish va topish zarur ekan.



Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin