O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA VA BOshlang`ich ta`lim FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
Mavzu Iqtisodiyotning boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan
boshqa predmetlar bilan aloqasi
Qabul qildi: ____________
Topshirdi: ____________
Jizzax – 2017
Mundarija
Kirish.
I – Bob. Iqtisodiyotning boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan
boshqa predmetlar bilan aloqasi
1.1 Boshlang`ich sinf o‘quvchilarning iqtisodiy tushunchalarini o‘zlashtirishida predmetlararo aloqalar
1.2 O‘quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashning asosiy mexanizmi
II BOB Matematikani o‘qitishda eng oddiy kundalik iqtisodga oid masalalar
2.2 Matematika darsida integratsiya.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
O’zbekiston Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng xalq ta’limiga alohida e’tiborini qaratdi. 1997-yil O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan chiqarilgan 1-qator qonunning bosqichlari va qarorlarda boshlang’ich ta’lim rivojlanishning bosqichlari hamda o’quvchilarning dastur materiallarini kuchaytirish muamolarini yechish yullari asosli ravishda ko’rsatilgan.
Ayniqsa o’quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:
ta’lim va tarbiyaga integrativ yondashuv mohiyati;
boshlang’ich ta’lim fanlarining xususiyatlari;
pedagogik jarayon rivojlanuvchan ekanligini;
boshlang’ich sinflarda o’quv integratsiyasi metodlarini qo’llash;
boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan fanlarni umumiy va xususiy jihatlarini farqlash va rejalashtirish;
o’quvchilarda integratsiya asosida yagona bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan tafakkur turlarini rivojlantirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
boshlang’ich sinflarda o’qitishni integratsiyalash;
boshlang’ich sinf xususiyatlari, boshlang’ich ta’lim konseptsiyasi, ta’lim fanlari, tayanch fanlar: ona tili, boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi va tabiashunoslik, mehnat metodikasi fanlari asoslari;
kabi fanlar bilan integratsiyalash tamoyillrari;
o’quv jarayoni va tarbiyaviy ishlarni o’qitishning texnik vositalari; mustaqil bilim olish va mustaqil ishlarni tashkil etishni malakalariga ega bo’lishi kerak.
Bu muamoni hal qilishda integratsiyalashgan darslarning o’rni juda ham beqiyosligini har bir o’qituvchi bilishi va shunga tayyor bo’lmog’i lozimdir. Integratsiyalashgan darslar orqali yosh avlodni bilimli, dunyoni idrok qilishi, olam va odam haqidagi tasavvurga ega bo’lishi, har bir narsani ongli tahlil qila oladigan, tafakkurli, qisqa qilib aytganda har tomonlama ko’nikmaga ega shaxs qilib tarbiyalashga erishish mumkin.
Ushbu kurs ishining maqsadi – tarbiya muassasalarida ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil qilish, integratsiyalashgan fanlararo bilimlarni (interaktiv bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish, maktab tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida vaqtni tejash va o’quvchilar uchun qiyinlik darajadagi topshiriqlarni tizimlash va mazmunini boyitish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.
Kursning vazifasi – milliy istiqlol g’oyalari, uning asosiy tushuncha va tamoyillari, zamonaviy sharoitlarda uning o’rni va ahamiyati, ta’lim va tarbiyaning mazmuniva tamoyillarini o’rgatishdan iborat.
Biz mana shu masalalarni kengroq o’rganib ushbu kurs ishimizda qo’ldan kelgancha yoritib berishga harakat qildik.
1 – Bob. Iqtisodiyotning boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan
Dostları ilə paylaş: |