Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


−2021 yillarda O„zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

2017−2021 yillarda O„zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo„nalishi bo„yicha harakatlar strategiyasi”
da
 
―Iqtisodiyotda davlat ishtirokini 
kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada 
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‗batlantirishga 
qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni 
ta‘minlash, barcha turdagi to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznes rivojiga to‗liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‗lsa, 
davlat ham boy va kuchli bo‗ladi» degan prinsipni amalga oshirish; 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat
nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy 
aralashuvlarning qat‘iy oldini olish; 
davlat mulkini xususiylashtirishni kengaytirish va uning tartib-taomillarini 
yanada soddalashtirish, xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning ustav jamg‗armalarida 


193 
davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob‘yektlar bazasida 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga 
va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni faol 
jalb qilish; 
korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, 
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 
tadbirkorlik sub‘yektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‗yicha 
tartib-taomill va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish; 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat 
ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish 
va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat 
tashkilotlari va o‗zini o‗zi boshqarish organlarining rolini oshirish‖
1
kabi vazifalar 
belgilangan. 
Ma‘lumki, mulkchilik munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarning 
negizini tashkil etadi. Mulkchilik munosabatlarining tarkibi mulkchilik instituti 
bilan bog‗liq. Mulkchilik instituti mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy institut bo‗lib, 
insonlarga o‗z orzu-umidlarini shakllantirish imkonini beradi. Mulkchilik instituti 
mulkiy huquqlardan iborat bo‗lib, ushbu huquqlarni bilish insonlarga istiqboldagi 
o‗zlari munosabatga kirishadigan boshqa insonlarning xatti-harakatlari hamda 
foyda va xarajatlarni hisoblashga imkon bradi. Bunday huquqlar mavjud 
bo‗lmaganda edi, insonlar o‗z hamkorlarini xatti-harakatlarini oldindan hisobga 
olishlari mumkin bo‗lmas edi. 
Ana shularni inobatga olib, O‗zbekistonda mulkiy huquqlarni amalga 
oshirishni tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Ularda mulkiy 
huquq sub‘yektlari (fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat), mulkiy huquq 
1
2017−2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича 
ҳаракатлар стратегияси//Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги 
―Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида‖ги 
Фармонининг 1-иловаси. 


194 
ob‘yektlari (er, Еr osti boyliklari, suvlar, havo bo‗shlig‗i, o‗simlik va hayvonot 
dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, 
kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, homashyo va mahsulot, pul, qimmatli 
qog‗ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual mulk), mulkiy huquq 
turlari (egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish) hamda uni amalga oshirish 
qoidalari va himoyalash kafolatlari majmui qabul qilindi. Ular 7.5.1-rasmda 
keltirilgan.
Iqtisodiy nuqtai nazardan mulk ob‘ektiga nisbatan mavjud mulkiy 
huquqlardan foydalangan holda ushbu ob‘ektni samarali ishlatilishiga erishadigan 
mulk egasini topish mulkiy munosabatlarni o‗zgartirishning asosiy mohiyatini 
ifodalaydi. Mulkiy munosabatlarni o‗zgartirish institutsional islohotlar vositasida 
amalga oshiriladi. Uning mexanizmi mulkiy huquqlar taqsimotini amalga 
oshirishdan iborat. Chunki mulkiy huquqlar iqtisodiy nazariyasiga ko‗ra jamiyatda 
sodir etiladigan har qanday almashuv akti bu – mulkiy huquqlar bilan almashuvdir.
O‗zbekistonda mulk xususiy va ommaviy shaklda bo‗ladi. Xususiy mulk 
huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‗lga kiritgan mol-mulkka 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Ya‘ni xususiy 
mulk shaklida yuqoridagi mulk huquqlar bir shaxs (jismoniy va/yoki yuridik 
shaxs)da jamlanadi (7.5.2-rasm), shuning uchun ham ushbu mulk shakli 
samaraliroq hisoblanadi. Chunki, bozor iqtisodiyotida o‗zaro munosabatlar turli 
mulk shakllariga asoslangan sub‘yektlar o‗rtasida olib boriladi. Ularning har biri 
o‗z mulkiy huquqlari va o‗z manfaatlariga ega. Ularning mulkiy huquqlari juda 
aniq belgilangan, uning himoyasi qonun bilan kafolatlangan taqdirda o‗zaro 
bitimga kelishish oson kechadi. Bu mulkiy huquqlar o‗zining haqiqiy egalari, 
mulkdan eng unumli tarzda foydalana oladiganlar qo‗liga o‗tishi uchun ham 
muhimdir. 


195 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin