Mulkiy
huquq
subʼyekti
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari;
- jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar;
- fuqarolarning oilaviy va oʼzga birlashmalari;
- mahalliy oʼzini oʼzi boshqarish idoralari;
- xalq deputatlarining barcha boʼgʼindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi
idoralari;
- boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar;
- boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi boʼlmagan shaxslar;
Mulkiy
huquq
obʼyekti
-
Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo
havzasi, oʼsimlik va hayvonot dunyosi;
-
imoratlar va inshootlar, turar joy va kvartiralar;
-
mahsulotlar, mahsulot va xizmat koʼrsatish belgilari, sanoat namunalari;
-
ixtirolar, foydali modellar, selektsiya yutuqlari;
-
asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari;
-
pullar, qimmatli qogʼozlar;
-
insonning mehnat qilish qobiliyati va boshqa mol-mulklar.
Mulkiy huquq
turlari
-
mulkka egalik qilish;
-
mulkdan foydalanish;
-
mulkni tasarruf etish.
Mulkiy
huquqning
amalga
oshirish
qoidalari
- mulkdor mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xoʼjalik yoki boshqa
faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin;
- mulkdor oʼziga qarashli mol-mulkning mulkiy huquqni faqat oʼzi boshqa shaxslarga berishga
haqli;
- mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda
foydalanishiga yoʼl qoʼyish vazifasi yuklanishi mumkin.
- mulkdor oʼziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan
foydalanish toʼgʼrisida ular bilan shartnoma tuzishga haqli;
- fuqarolar mehnatidan foydalanishga asos boʼlgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatьiy
nazar mulkdor oʼzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini
talab qilib qaytarib olish huquqiga ega.
- mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik
shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan
manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
Mulkiy
huquqning
himoya
qilinishi
- mulkdor oʼz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik
qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʼliq boʼlmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi
mumkin;
- mulkiy huquqni himoya qilish sud yoki xoʼjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi;
- garchi mulkdor boʼlmasa ham, mulkdan toʼla xoʼjalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda (shartnomada) koʼzda tutilgan boshqa
hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʼz egaligini
mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
- mulkdorga qarashli mol-mulkni olib qoʼyish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan
yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qoʼyishga qaratilmagan boshqa
qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini toʼxtatib qoʼyishga faqat qonunchiligida
belgilangan hollarda va tartibdagina yoʼl qoʼyiladi. Bunda mulk huquqi toʼxtatilishi oqibatida
yetkazilgan zarar mulkdorga batamom toʼlanadi.
- tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng
yoyilishi va favqulodda roʼy beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati
idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini koʼzlagan holda mulkdordan belgilangan
tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qoʼyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga
mulkning qiymati toʼlanadi.
- qonun hujjatlarida koʼzda tutilgan hollarda sudning yoki xoʼjalik sudining qaroriga binoan
mol-mulk musodara qilinishi mumkin.