Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

7.5.1-rasm. 
O„zbekistonda mulkdorlar va ularning mulkiy huquqlarni amalga oshirish
1
 
 
 
7.5.2-rasm.
 
O„zbekistonda xususiy mulk egalari sub‟yektlari
2
 
O‗zbekiston qonunchiligida, yuqorida ta‘kidlab o‗tganimizdek, mulkiy 
huquqlarning uch turi keltirilgan. Lekin rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal 
qilayotgan mamlakatlarda amalda bo‗lgan umumiy huquqda yanada ko‗proq 
mulkiy huquqlar ajratiladi. Chunki, iqtisodiy agentlarning bozor tamoyillari nuqtai 
nazaridan o‗zaro aloqalari murakkab hodisa bo‗lib, u mulkiy huquqlarni chuqurroq 
aniqlashtirishni talab qiladi. Yuqorida bayon etilganidek, mulkiy huquqlar A.Onore 
ro‗yxati bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi: egalik qilish huquqi, foydalanish 
huquqi, tasarruf qilish yoki boshqarish huquqi, o‗zlashtirish huquqi, kapital qiymat 
huquqi, xavfsizlik huquqi, ashyoning meros yoki vasiyat bo‗yicha o‗tishiga 
1
Расм Ўзбекистон Республикаси ―Ўзбекистон Республикасида мулкчилик тўғрисида‖ги 
қонуни ва Фуқаролик Кодексига асосан тузилган
 
2
Расм Ўзбекистон Республикасининг ―Ўзбекистон Республикасида мулкчилик 
тўғрисида‖ги Қонуни ва Фуқаролик Кодексига асосан тузилган 
XUSUSIY MULK
Fuqarolar 
mulki 
Xoʼjalik 
jamiyatlari 
Fermer 
xoʼjaliklari 
mulki 
Masʼuliyati 
cheklangan 
jamiyat 
mulki 
Qoʼshimcha 
masʼuliyatli 
jamiyat 
mulki 
Аktsiyador
lar jamiyati 
mulki 
Turli tashkiliy-
huquqiy shakldagi 
xususiy korxonalar 
Xususiy 
korxona 
mulki 
Ochiq 
aktsiyadorlar 
jamiyati 
mulki 
Yopiq 
aktsiyadorlar 
jamiyati 
mulki 
Kichik 
korxonalar 
mulki 
Mikro-
firmalar 
mulki 
Nodavlat notijorat 
tashkilot mulki 
Dehqon 
xoʼjaliklari 
mulki 


197 
bo‗lgan huquq, muddatsizlik huquqi, zararli foydalanishni taqiqlashga bo‗lgan
huquq, o‗ndirish ko‗rinishidagi javobgarlik huquqi, qoldiq xususiyat huquqi. 
Mulkiy huquqlarni aniqlashga bunday yondashish bozor iqtisodiyoti sharoitida 
individlar o‗rtasida resurslardan foydalanish bo‗yicha har qanday murakkab 
muzokaralarni olib borish va bitishuvga kelishda samarali hisoblanadi. Chunki, 
bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatida keng quloch yoyayotgan ijara, lizing, 
franchayzing kabi shakllari mulkiy huquqlarni yanada ko‗proq sub‘yektlar 
o‗rtasida taqsimlanishini taqozo etadi. Demak, yuqoridagi huquqlarni ulardan eng 
unumli 
foydalanuvchi 
sub‘yektlarga aniq mustahkamlanishi transaksion 
xarajatlarni qisqartiradi va samarali xo‗jalik yuritishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Davlat korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturlariga muvofiq ochiq 
aksiyadorlik jamiyati doirasida mulkiy huquqlarning taqsimoti turli variantlari 
nazarda tutildi. Masalan, mehnat jamoasining a‘zolari aksiyalar umumiy ulushida 
10 foizdan oshmaydi, lekin har bir xodim aksiyalarni olish huquqiga ega 
hisoblanadi. Natijada, mulk subektlari va huquqlarining taqsimlanishi quyidagi 
7.5.1-jadvaldagi ko‗rinishiga ega.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin