299
turdagi firmalar mavjud: davlat, xususiy tadbirkorlik va kapitalistik firmalar, xar
bir ochiq xolda ular xo‗jalik faoliyatining asosiy maqsadi - qoldiq daromad mulk
egasining, barcha to‗lovlar amalga oshirganda keyingi daromadini ko‗paytirish,
kiritilgan kapitaldan olinadigan foydani oshirish va mexnatdan keladigan
daromadni yuksaltirishdan iboratdir.
Tashkiliy madaniyat
– tashkilot a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni
tartibga soluvchi va ularning jamoaviy bilimlari va tajribasining ifodasi
hisoblangan me‘yorlar, qoidalar va an‘analar yig‗indisi.
“Prinsipal-agent” muammosi
– ―agent‖ning ―prinsipal‖ topshirig‗i va
ko‗rsatmasini bajarishdagi hiylasi (nayrangi). Hiyla ishlatish (nayrang) axborot
asimmetriyasi va ―agent‖ faoliyati ustidan nazorat qilishning yuqori darajasi tufayli
mumkin bo‗ladi.
Chayqovchilik –
turli tovarlarni arzon sotib olib, ularga texnologik
ishlov bermasdan qimmat sotish bilan daromad topishni ko‗zlaydigan
faoliyat turi.
Firma krediti –
bu kredit berish shaklida mol beruvchi va sotuvchi to‗lash
muddati uzaytirilgan kreditni xaridorga beradi. Bu kabi kredit shaklining birdan-
bir misoli maxsulotni iste‘molchiga avans berishdir, avans beruvchiga
shartnomaga qo‗l qo‗yilgandan so‗ng o‗tkaziladi.
Aralash tuzilma
,
agar bo‗linmalardan biri huddi unitar korxonadagi kabi
firma rahbariyati tomonidan to‗liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo‗linma xoldingdagi
kabi firma rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo‗lsa, uchinchi bo‗linma esa
operatsion mustaqillikka ega bo‗lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o‗z xarajatini
qoplash tamoyili asosida faoliyat ko‗rsatgan taqdirda, yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: