303
ko‗pincha ishtirokchi korxonalarning korporativ madaniyatlaridagi farqlar tilga
olinadi. Qadriyatlar xodimlarning xatti-harakatini
belgilab beradi, shuning uchun
agar qadriyatlar mos kelmasa, u holda har bir korxona xodimlarining faoliyati turli
yo‗nalishlarga ega bo‗ladi. Natijada korxonalar kelisha olishmaydi, samarali o‗zaro
hamkorlikka ham erishilmaydi. Ular dastlab birlashib, so‗ngra esa tarqalib vaqtni
va pulni boy berishadi yoki o‗zaro foydani qo‗ldan
chiqargan holda shunchaki
birlasha olishmaydi. Harakatlarning birligiga erishish uchun umumiy qadriyatlarni
shakllantirish zarur.
Tadbirkorlar shartnomalarni hamkorlik, Еtkazib berish, to‗lovlar shartlarini
muhokama
qilgan holda tuzishadi, qadriyatlarni birgalikda yaratish haqida
muzokaralarni yuritish ko‗nikmalari esa hali mavjud emas. Ko‗pchilik uchun
muzokaralar predmeti tushunarsiz va uning ahamiyati ham noma‘lum. Ushbu
sabablar tufayli mamlakatimizda mustaqil korxonalarning
muvaffaqiyatli
birlashganligiga juda ko‗plab misollarni keltirish mumkin. Qo‗shilish asosan xarid
qilish yo‗li bilan yuz beradi.
Qadriyatlar umumiy tizimini shakllantirish uchun birlashgan kompaniyani
rivojlantirishning birgalikdagi yo‗llari, kutilayotgan natijalar, missiyaning ijrosi
haqidagi tasavvurlar aniqlanishi kerak. Savdo kompaniyasi bilan bo‗lgan
holatda
birlashgan kompaniyani tashkil etish uchun resurs – biznes-mafkura talab qilindi.
Jamoa esa buni maxsus treningda shakllantirishga kirishdi. Yangi, yagona
korxonaning missiyasi ishlab chiqildi. Korxonani tashkil etishning asosida
yotuvchi tamoyillar aniqlandi. Shu jumladan kompaniya amal qiladigan qadriyatlar
ham ishlab chiqildi, — kompaniya ishida ishtirok etuvchi
yoki uning faoliyatiga
jiddiy ta‘sir ko‗rsatuvchi guruhlarning ehtiyojlarini qondirish. Ana shunday
guruhlar jumlasiga quyidagilar kiradi: mijozlar, mulkdorlar, xodimlar, menejment,
Еtkazib beruvchilar, sheriklar. Ushbu guruhlar bilan kompaniya o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlar tamoyillari belgilandi. Yangi sharoitda ishlash uchun qanaqa
xodimlar talab etilishi, ularni nimaga va qanday o‗qitish lozimligi ma‘lum bo‗ldi.
Kelgusidagi motivatsiya tizimining shaklu-shamoyili paydo bo‗ldi.
304
Bundan keyin butun jamoa harakatlarining xususiyatini belgilab beruvchi
qadriyatlar tizimining shakllanishi qilingan ishlarning yakuni bo‗ldi.
Ikkala
korxonaning ham xodimlari samarali o‗zaro hamkorlik qilgan holda va belgilangan
yo‗l bo‗yicha bir yo‗nalishda harakatlanib, sa‘y-harakatlarni umumiy maqsadga
erishish yo‗lida birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: