Xulosa Davlat tashkilotning bir turi hisoblanadi. Davlatning o‗lchamlari katta
bo‗lsa-da, iqtisodiyotga davlatning iqtisodiyotga aralashuvini tahlil qilish
mikroiqtisodiyot emas, balki makroiqtisodiyot predmetiga kiradi. Davlatni alohida
tashkilot sifatida emas, balki institut sifatida ko‗rib chiqish lozim. Fuqarolar
tomonidan o‗z huquqlari bir qismining davlatga topshirilishi holati bunday
yondashuvning asosini tashkil qiladi. Davlat o‗z faoliyatini aynan shu asosda
amalga oshiradi, ya‘ni davlatning mohiyati fuqarolar va davlat apparati o‗rtasida
yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlari bilan belgilanadi. Shuning uchun
institutsional nuqtai nazardan davlatning asosiy funksiyasi - mulkchilik huquqlarini
tafsirlash va himoya qilishdan iborat. Davlatning optimal o‗lchamlari ularda davlat
kafil sifatida boshqa kafillar (bitim tomonlari, arbitr, ijtimoiy guruh)ga qaraganda
samaraliroq faoliyat ko‗rsatadigan bitimlar doirasi bilan belgilanadi. Davlatning
optimal o‗lchamlari absolyut emas, balki tarixan shartlangan.
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR Davlat – bu chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan
belgilangan jug‗rofiy hududga joylashgan, hukmini amalga oshirishda qiyosiy
ustunlikka ega bo‗lgan tashkilot.
Byurokratik renta – bu o‗zining lavozim mavqeidan noqonuniy tarzda
daromad olish uchun foydalanuvchi davlat amaldori tomonidan olingan daromad
(masalan, pora, sovg‗alar va h.k.).
Byurokratiyaning iqtisodiy nazariyasi – bu ijtimoiy tanlov nazariyasining
yo‗nalishlaridan biri bo‗lib, u qimmatbaho ne‘matlarni ishlab chiqarmaydigan va
daromadlari o‗z faoliyatining natijalarini sotish bilan bog‗liq bo‗lmagan
tashkilotlarning faoliyat ko‗rsatishini o‗rganadi.