381
14.1.1-rasm. “Prinsipal-agent” munosabati
«Prinsipal-agent» modeli davlatning faoliyat ko‗rsatishi bilan bog‗liq
quyidagi xavf-xatarlarni aniqlash imkonini beradi. Birinchidan, davlat o‗z nazorati
sohasini tomonlar bilan aniq kelishilgan bitimlar doirasidan tashqariga ham
yoymaydimi, degan xavf-xatar haqida 1651 yildayoq mashhur ingliz faylasufi
Tomas Gobbs o‗zining aynan «Leviafan», deb nomlanuvchi kitobida ogohlantirgan
edi. Ikkinchidan, bir tomondan, davlat kuch ishlatishni qo‗llash uchun monopoliya
huquqidan
foydalangan holda, fuqarolarning manfaatlarini inkor etmaydimi?
Ikkinchi tomondan, fuqarolar davlat tomonidan ko‗rsatiladigan xizmatlar haqini
to‗lashdan bosh tortishga urinib, huddi jamoat transportidagi oddiy chiptasiz kimsa
kabi, o‗zlarini opportunistlarcha tutishmaydimi?
Chunki davlat xizmatlari va
jamoat transporti xizmatlari ijtimoiy farovonlik xususiyatiga ega.
Ikki taraflama «prinsipal-agent» muammosining qay tarzda hal etilishiga
qarab, davlatning turli modellari shakllanadi. Nazariy jihatdan yakka hisob-
kitoblardan hosil bo‗lgan davlat shartnoma vositasi sifatida, murakkab almashuvga
ko‗maklashish va uni amalga oshirish vositasi sifatida paydo bo‗ladigan davlatdan
mutlaq farq qiladi.
O‗z
navbatida, davlatning ikkita benuqson modeli mavjud. Biz, D.Nort
bo‗yicha, «shartnomaviy» deb ataydigan birinchi model yuqorida sanab o‗tilgan
muammolarni hal etish chog‗ida paydo bo‗ladi. Ikkinchi – «ekspluatator» modeli
Shartnoma: printsipal-individ,
agent-davlat
Individ
Davlat
Kafolat: printsipal- davlat, agent- individ
382
unda davlatning ham, fuqaroning ham opportunistik xatti-harakatiga to‗siq mavjud
bo‗lmagan davlat faoliyatini yoritadi. O‗zaro munosabatlarning ikkala tomoni ham,
bir-birida birinchi navbatda dushmanni ko‗rgan holda, o‗z zimmasiga olgan
majburiyatlarni ado etmaydi. Shu o‗rinda har bir modelni
alohida tarzda batafsil
ko‗rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: