=-35-=
Shu davrdan e’tiboran dasturiy moslik Intel firmasi mikroprotsessorlar oilasini
boshqa oilalardan ajratib turuvchi alomati bо‘lganicha qolmoqda.
Intel 386 rusumli mikroprotsessor
1985 yili 275000 ta tranzistorga ega, ya’ni tranzistorlar soni eng birinchi 4004
rusumli protsessorga nisbatan 100 barobardan oshib ketgan, bir vaqtning о‘zida bir
nechta dasturni amalga oshirish imkoniyatini beradigan “kо‘p vazifali”, 32 razryadli
Intel 386 rusumli mikroprotsessor ishlab chiqildi. Mikroprotsessorlar texnologiyasida
erishilgan sо‘nggi yutuqlar mujassam etilganiga qaramay 80386 о‘zining ajdodlari
8086 va 80286 uchun katta miqdorda tuzilgan dasturiy ta’minot bilan obyektli kod
bо‘yicha moslikni saqlab qoldi. Uning virtual mashina chiqish xossasi alohida
qiziqish uyg‘otadi. Ushbu xossa 80386 mikroprotsessoriga UNIX va MS-DOS
singari operatsion tizimlar tomonidan boshqariladigan dasturlar ijrosiga о‘tish
imkonini beradi. О‘zining 32 bitli arxitekturasi tufayli Intel 386 rusumli
mikroprotsessor katta sonli, ma’lumotlarning katta tuzilishi va katta hajmli
dasturlarga (yoki dasturlarning kо‘p soniga) ega va shu kabi operatsiyalar ijrosi bilan
tavsiflanadigan “yirik” tizimlarni qо‘llab-quvvatlash uchun zarur bо‘ladigan dasturiy
resurslarni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: