Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə26/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar:
1.1.1. So’z birikmasi qaysi tomonlariga ko’ra tasnif qilinadi?
1.2.1.So’z birikmasi tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linadi?
1.3.1. Sodda so’z birikmasining necha xil ko’rinishi bor?
1.4.1. Murakkab so’z birikmasi qanday hosil bo’ladi?
2-savol: Hokim komponentning ifodalanishiga ko’ra so’z birikmasining turlari.
Darsning maqsadi: so’z birikmasining hokim komponenti turli so’z turkumlari bilan ifodalalanishini ko’rsatib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. So’z birikmasining materialiga ko’ra turlarini aytib beradi.
2.2. So’z birikmasining ifodalanishiga ko’ra turlarini tushuntirib beradi.
2.3. Otli va fe’lli so’z birikmalarining farqlarini ko’rsatib beradi.
2.4. Keng ma’nodagi otli va fe’lli so’z birikmalariga misollar keltiradi.
3.5. Berilgan matndagi so’z birikmalarini ifodalanishiga ko’ra tasniflaydi.
2-savol bayoni:
So’z birikmasining hokim komponenti turli so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Masalan: Sifat: hammadan chiroyli, otdan past. Son: uchdan biri, ikkitadan bitasi. Ot: qiziqarli kitob, obro’li o’qituvchi. Olmosh: tergaydigan hech kimim, mening nimam. Fe’l: Toshkentda o’qigan, kulib gapirmoq. Ravish: Tovushdan tez, o’ntadan ko’p. Undov so’z: jangchilarimizning “ura” si. Taqlidiy so’z: yuragimning “duk-duk”i, aravalarning taqir-tuqiri. Biroq bo’lar so’z birikmalarining hokim komponentning ifodalanishiga ko’ra bir turi sifatida ajratilmaydi. Ular umumlashtirilib, asosan ikki guruhga ajratiladi:

  1. Otli so’z birikmalari. 2. Fe’lli so’z birikmalari.

OTLI SO’Z BIRIKMALARI
Bosh so’zi shaxsli fe’l formasi va ravishdosh, sifatdosh shakllaridan boshqa so’zlar bilan ifodalangan so’z birikmalari otli so’z birikmalari hisoblanadi. Demak, otli so’z birikmalari keng ma’noda bo’lib, komponenti ot, sifat, son, olmosh, ravish, harakat nomi, undov, taklidiy so’zlar bilan ifodalangan juda ko’p so’z birikmalarini o’z ichiga oladi. Bu erda ko’rinib turibdiki, hatto fe’lning harakat nomi shakli hokim komponent bo’lib kelgan so’z birikmasi ham otli birikma doirasiga kiradi. Bunda uning otga yaqin turishi-harakatning nomi ekanligi hisobga olingan. Otli so’z birikmalari komponentlari o’zaro bitishuv, boshqaruv, moslashuv usullari bilan bog’lanadi .

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin