Murakkab so’z birikmalari sodda so’z birikmasining kengayishidan, birikmalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bunda ko’zga tashlanadigan xarakterli jihat shundaki, odatda kengayish, yoyiqlashish tobe komponentga taalluqli bo’ladi. Bu hokim komponentni yanada aniqlashtiradi, konkretlashtiradi, bo’rttiradi. Demak, murakkab birikma hokim komponentni yanada aniqlashtirish, konkretlashtirish, yorqinlashtirish ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. Masalan: Erkak kishi – anavi erkak kishi, setka ko’targan anavi erkak kishi yoki chinni piyola – gulli chinni piyola – paxta gulli chinni piyola-yangi paxta gulli chinni piyola kabi. Demak,bunda ham grammatik jihatdan ikki bo’lak mavjud: aniqlovchi - aniqlanmish. Biroq bulardan biri aslida so’z birikmasidan iborat bo’ladi.
Murakkab birikma hosil qilishning ham o’z tartib –qoidasi bor. Sodda birikmani kengaytiradigan so’z, bo’lak, yana ham aniqrog’i, yangi aniqlovchi to’g’ridan-to’g’ri avvalgi sodda birikmaning hokim komponentiga bog’lanmaydi: balki avvalgi sodda birikmaga tegishli bo’ladi. Masalan: yosh yozuvchi –iste’dodli - yosh yozuvchi-o’nta - iste’dodli yosh yozuvchi yoki qiziqarli kitob-katta-qiziqarli kitob kabi. Yana quyidagi birikmalarni chog’ishtiring: keng ko’chalar- bu yil qurilgan - keng ko’chalar, mevali daraxt- katta - mevali daraxt, aytilmaydigan gap-hech kimga - aytilmaydigan gap, yangi musiqa- ko’ngilochar - yangi musiqa.
Ko’rinadiki, murakkab birikma unga asos bo’lgan sodda birikma ma’nosini kengaytirish, aniqlash, bo’rttirish, yaqinlashtirish bilan xarakterlanadi. Murakkab birikmaning hosil bo’lish yo’llari va ularning tiplari ham har xil.
So’z birikmasining tuzilishiga ko’ra turlari. 6- jadval
Asosiy xususiyatlari
Birikmaning turlari
Misollar
Tobe va hokim so’zlar tarkibiga qarab, sodda va murakkab birikmalarga ajratiladi. Tarkibi ikki mustaqil so’zdan iborat bo’lgan birikmalar sodda, uch va undan ortiq so’zdan iborat bo’lgani esa murakkab birikma sanaladi.
Sodda birikma:
A) ikki mustaqil so’zdan;
B Tobe so’z ajralmas birikmadan;
V) Tobe so’z frazeologik ibora, turg’un birikma va tarkibli nom bilan ifodalanganda.
2. Murakkab birikmalar:
A) sifatlovchili murakkab birikma.
B) sifatdosh oborotli murakkab birikmalar
V) harakat nomili murakkab birikmalar.
G) ravishdosh oborotli murakkab birikmalar.
Keksa bog’bon, kichik maydon, qilichbo’yin ot
Dumi xurjunda ish qilib qo’yibsan-da, uka!
Tishini tishiga qo’yib yuraveradi.
O’zbekiston Respublikasi-ning poytaxti.
Borsa kelmas oroli; «Qutlug’ qon» romani.
Katta mevali daraxt; paxta gulli chinni piyola.
Baliq ovlash uchun keltirgan qarmoqlar.
Qudrat tezroq tog’ ko’rinishlarini suratga olib qolishga shoshildi. (H.N)
Archalarning bir- biriga tutashib ketgan shoxlarini asta qayirib kirdi.