Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


Tayanch tushuncha va atamalar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə23/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Tayanch tushuncha va atamalar:
Shakl, tuzilish, shakliy soddalik va murakkablik, mustaqil so’z turkumi, otli birikmalar, fe’lli birikmalar, ravishli birikmalar, sintaktik vazifasiga, aniqlovchili, to’ldiruvchili, holli birikmalar.
Mavzuga oid muammoli savollar:
1. So’z birikmasi uch xil mezonga ko’ra tasnif qilinishi ma’lum. Qaysi tasnif ma’qul? Nima uchun shu tasnifga qo’shilasiz?
2. Bilamizki, so’z birikmalarining hokim komponenti ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z bilan, shuningdek, harakat nomi bilan ifodalansa, otli birikma deyiladi. Nima sababdan harakat nomli birikmalar ham otli birikma hisoblanadi? Siz ham shu fikrga qo’shilasizmi? 3. Ma’lumki, so’z birikmalari tobe komponentning vazifasiga ko’ra aniqlovchili, to’ldiruvchili, holli birikmalarga bo’linadi. Nima sababdan gaplar mana shunday turlarga ajratilmaydi? Zotan, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol so’z birikmasining emas, gapning bo’lagi-ku!
1-savol: So’z birikmasining tuzilishiga ko’ra turlari.
Darsning maqsadi: Talabalarda so’z birikmasining tuzilishiga,hokim komponentning materialiga,tobe komponentning sintaktik mavqega ko’ra turlari to’g’risida tushuncha hosil qilish .
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:

    1. So’z birikmasi tasnif mezonlarini aytib beradi.

    2. So’z birikmasining tuzilishiga ko’ra turlari haqida ma’lumot beradi.

    3. Sodda va murakkab so’z birikmasini izohlab beradi.

    4. Sodda va murakkab so’z birikmasiga misollar keltiradi.

    5. Berilgan matndagi so’z birikmalarini tasniflaydi.

    6. So’z birikmasining soddalik va murakkablik belgilarini ishlab chiqadi.

    7. O’qib chiq, yoza qol, aytib qo’ya qol kabi so’z-shakllariga baho beradi .

1-savol bayoni :
So’z birikmalari uch tomonlama, uch mezonga ko’ra tasnif qilinadi:
1)tuzilishiga ko’ra;
2)hokim komponentning ifodalanishiga ko’ra;
3)tobe komponentning sintaktik vazifasiga ko’ra.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin