Olinishi: Uning oksidi MoO3 800-10000Cda vodorod bilan qaytariladi.Bu reaksiyada molibden kukun holida olinadi.Kukun holatidagi molibdenni vodorod atmosferasida qizdirib yaxlit molibden metalini olinadi:MoO3+3H2=Mo+3H2O
Ishlatilishi:Molibdenning ko’p qismi qora metallurgiyada toblangan po’lat olishda ishlatiladi. Molibden qo’shilgan po’latlar issiqqa chidamli, qattiq va elastik bo’ladi. Molibden elektr lampalariga kavsharlangan metall ilmoqchalar sifatida ishlatiladi. Chunki , molibdenning issiqdan kengayish koeffitsienti juda kichik.
Sof molibdendan elektron lampalari va qizdirgich lampalarining qismlari – anodlar, to’rlar, katodlar, tokning kirish joylari , o’ta qizdirilgan simlarning ushlagichlari tayyorlanadi. U kristallar olishda ham qo`llaniladi. Bular o`zida qiyin erish, olovbaroshlik, qattiqlik, mustahkamlik, tok o`tkazuvchanlik, plastiklik kabi xossalarni o`zida mujassamlashtirgan materialdir.
Molibden organizmdagi mikroelementlat qatoriga kiradi. Uning ozgina miqdori o’simlik ildizi bakteriyalarining aktivligini oshiradi. Natijada o’simliklar mineral moddalarni yaxshi o’zlashtiradi. Molibden ko`ki bo`yoqchilikda ishlatiladi.
W-volfram.
Kashf qilinishi: Bu element XVIII asrning oxirida, deyarli bir vaqtda, ya’ni 1781 yilda shved kimyogari K. Sheele va 1783 yilda ispan kimyogarlari aka-uka Elyuarlar tomonidan kashf qilingan. “Og‘ir tosh” nomi bilan ataluvchi tungstеn minеralini kislota yordamida parchalash tufayli volfram ajratib olinganligi uchun ham Angliya, AQSH, Fransiya mamlakatlarida haligacha bu elеmеnt tungstеn dеb ataladi. Ko‘pgina Yevropa mamlakatlari, Olmoniya va MDH da volfram dеb nomlanadi.
Tabiatda uchrashi:Tabiatda kam tarqalgan elеmеnt, yеr qobig’ida 10-4 % (massa bo‘yicha)ni tashkil etadi xolos. Volfram zaxiralari MDH, Kanada, Avstraliya, AQSH, Janubiy va Shimoliy Korеya, Boliviya, Braziliya, Portugaliya mamlakatlarida ko‘p topilgan. Mеtall hisobi bo‘yicha chеt ellarda yiliga o‘rtacha 30-32 ming tonnadan ortiq volfram boyitmasi ishlab chiqarilmoqda.
Volfram anchagina siyrak element bo’lib, uning yer qobig’idagi miqdori massa jihatidan 1∙ 10-4 % ga teng.
Uning 15 ga yaqin minеrallari mavjud, biroq tabiatda, asosan, volframit, shееlit minеrallarida bo‘ladi va shu minеrallardan olinadi. Volframit (Mn, Fe)WO4. Bunda agar tеmir 80% dan ortiq bo‘lsa, fеrbеrit (FеWO4) aksincha, marganеs 80 % dan yuqori bo‘lsa, gyubnеrit dеb ataladi. Zichligi 7,1-7,9 g/sm3, qattiqligi minеralogik shkala bo’yicha 5-5,5. Uning tarkibida WO3 76,3-76,8 % ni tashkil etadi. Shееlit CaWO4 kalsiyli bu minеralning zichligi 5,9-6,1g/sm3, qattiqligi minеralogik shkala bo‘yicha 4,5-5. U magnitlangan emas.