Birikmalari: PdO — yashil-qoramtir tusli kristall, kislota va ishqorlarda erimaydi, faqat konsentrlangan HBr bilan reaksiyaga kirishadi. Palladiy metaliga 800—850 °C da kislorod ta’sir ettirib hosil qilinadi.
Pt-platina. Kashf etilishi: E. Kortes boshchiligidagi bosqinchilari XVIIasrda Amerikadagi asteklar davlatini batamom tor-mor qilib, Platina-del-Pino Kolumbiya daryosi qirg’oqlarida yangi metallni topishgan.
Platina so’zi ispancha “plato” so’zidan olingan bo’lib, kumush kumushdek yaltiroq ma’nosini anglatadi.
Tabiatda uchrashi:Tug’ma platina Jamubiy Amerika (Braziliya, Kolumbiya) va Janubiy Afrika da topilgan. 1892 yilda Ural tog’ida konlari aniqlangan.
Fizik xossasi:zichligi 21,5 gr/sm3, suyuqlanish temperaturasi 17740C, tqayn.=43000C. Kulrang oq, kubik kristallaridan iborat metal. Bir hajm platina 4500C da 70 hajm kislorod yutadi.
Kimyoviy xossasi:Ptkimyoviy jihatdan haddan tashqari barqaror, yuqori haroratda ham boshqa moddalar bilan ta’sirlashmaydi.havoda hatto juda qattiq qizdirilganda ham o’zgarmaydi.Kislotalar platinaga ta’sir etmaydi. Pt faqat zar suvidagina, ammo oltinga qaraganda qiyinroq eriydi. Platina zar suvida erib geksaxlorplatinat kislotani hosil qiladi:
3Pt+18HCl+4HNO3=3H2[PtCl6]+4NO+8H2O
Ko’rkamligi, turli kimyoviy reogentlarga chidamliligi, suyuqlanish haroratining yuqoriligi uchun platina va uning yo’ldoshlari, shuningdek ularga o’xshash bo’lgan oltin va kumush asl metallar nomini olgan.
Olinishi:platina rudaraidan zar suvi yordami bilan ajratib olinadi. Ishlatilishi: Kimyo sanoatida juda yuqori baholanadigan ushbu metal ko’proq zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatib kelinadi.Bir gramm platina olish uchun bir vagon rudani qayta ishlash lozim.
Oltinga pardoz berishda ham platinadan foydalaniladi. Hozirda taqinchoqlar, orden, medallar tayyorlashda foydalanilmoqda.
Kimyoviy jihatdan platina qiyin suyuqlanadigan va kimyoviy ta’sirlarga chidamli bo’lganligi uchun undan kimyoviy idishlar-tigellar, kosachalar, qisqichlarning uchlari, gorelka uchliklari, analiz uchun elektrodlar tayyorlanadi.Shishani sirtiga yupqa platina qoplamasi yopishtirilsa, ko’zgu hosil bo’ladi. Bu oyna biz bilgan oddiy ko’zgudan farq qilib, yorug’lik tushgan tomondan qaralganda jism aksini ko’rsak, orqa tomonidan qaralganda esa toza shisha singari barcha narsalarni ko’rish mumkin bo’ladi. Zamonaviy qurulishda shunday oynalar binolarning birinchi qavatida parda-ekran sifatida foydalaniladi.
Oxirgi o’n yillkida platinaning narxi qimmatlashdi.Bu metalldan foydalanib avtomobildan ajralib chiqayotgan is gazlarini katalitik yoqib yuborishda keng foydalana boshlandi.Yaponiya avtokontsernlari amalga oshirayotgan ishlar natijasida Tokio eng ekologik shaharlardan biriga aylandi.Kimyoviy jarayon reaksiya tenglamasi:
2CO+2NO Pt, Pd 2CO2+N2
Platina katalizatori Haroratni o’lchashda qo’llaniladigan termometrlarda platina iridiy bilan birga katta rol o’ynaydi.Platinaning harorat ko’tarilishiga qat’iy bog’liq bo’lgan elektr qarshiligining ortib borish xossasiga asoslangan birikma qarshilik termometri deb atalgan asbob tayyorlashda qo’llaniladi.Agar platina simchasi qarshilikni o’lchovchi asbobga ulansa, harorat o’zgarishini aniq qayd etish mumkin bo’ladi.
Platina gazlarni yutishdek ajoyib xossaga ega. Ammiakni oksidlab, nitrat kislota olish jarayonida Pt katalizatorlik vazifasini bajaradi.Ammiak va havo aralshmasi juda mayda teshikchalari bo’lgan ipakday mayin to’qilgan platina to’ri orqali shiddatli bo’ron tezligida o’tkaziladi.Hosil bo’lgan NO2 ga suv qo’shib HNO3 linadi.1917 yili I.Andreyev loyihasi asosida platina to’ri orqali ammiak oksidlanib, HNO3 nitrat kislota hosil qiladigan zavod Donbassda ishga tushirildi.
Uning nisbiy atom massasi 195,09 , yadro zaryadi esa +78 ga teng .
Platina metali yerda sof holda oltinga qaraganda ko’proq uchrashiga qaramay qadimda kumush va oltin kabi unchalik ma’lum bo’lmagan, chunki platina metali turli ruda va minerallar tarkibida tarqoq holda uchrar edi . To’g’ri, platinaning qadimda qo’llanilganligi haqida ma’lumotlar bor . ammo u 1748 yildagina ishonchli qilib ta’riflandi , uning ispanchadan aynan tarjimasi “kumushchani” anglatadi. Platina zargarlikda bezak va sanoatda katalizator sifatida ishlatiladi.