B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Sig‘imli datchiklar. 
Sig‘imli ko‘chish datchiklari keng qo‘llanilish sohasiga 
ega. Ulardan mustaqil tarzda obyektlarning holati va ko‘chishlarini aniqlash uchun 
foydalanilishi ham, ularda alohida elementlarning ko‘chishlari ularga turli kuchlar, 
bosim, harorat va hokazolarning ta’sir ko‘rsatishi bilan chaqiriladigan boshqa 
datchiklar tarkibiga kirishi ham mumkin. Sig‘imli datchiklar amalda har qanday 
materialdan tayyorlangan obyektlarning ko‘chishlarini o‘lchashi mumkinligi 
sababli, ular hamma joyda qo‘llaniladi. Sig‘imli datchiklarning harakat tamoyili 
yoki kondensator geometriyasining o‘zgarishiga (ya’ni plastinkalar orasidagi 
masofaning o‘zgarishiga), yoki plastinkalar orasiga turli elektr o‘tkazuvchan va 
dielektrik materiallarni joylashtirish hisobiga sig‘imning o‘zgarishiga asoslanadi. 
Sig‘imning o‘zgarishi, qoidaga ko‘ra, o‘zgaruvchan elektr signaliga aylantiriladi. 
Sig‘imli datchiklar bir qutbli (ularning tarkibiga faqat bitta kondensator kiradi), 
differensial (ularning tarkibiga ikkita kondensator kiradi) yoki ko‘prikli (bu erda 
endi to‘rtta kondensatordan foydalaniladi) bo‘lishi mumkin. Differensial yoki 


271 
ko‘prikli datchiklar holatida bitta yoki ikkita kondensator yoki o‘zgarmas, yoki bir-
biriga qarama-qarshi ulangan o‘zgaruvchan sig‘imli bo‘lib hisoblanadi.
5.11-rasmda ko‘rsatilgan misolda bir xil 
A
maydonga ega bo‘lgan uchta 
plastinka ko‘rib chiqiladi, ular ikkita 
S
1
va 
S
2
kondensatorlarni shakllantiradi. Ikkita 
chekka plastinkalarga bir xil amplitudali, biroq 180

ga teng bo‘lgan fazalar farqi 
bilan sinusoidal signallar beriladi. Ikkala kondensator bir xil bo‘lib hisoblanishi 
sababli, ular orqali o‘tadigan toklar o‘zaro bir-birini yo‘q qiladi, markaziy 
plastinkaning potensiali esa amalda nolga teng bo‘ladi. Endi markaziy plastinka 
pastga 
x
masofaga siljigan holatni ko‘rib chiqamiz (5.11B- rasm). Bu 
S
1
va 
S
2
kondensatorlarning sig‘imlarining o‘zgarishiga olib keladi: 
,
(5.12) 
Bunda markaziy plastinkadagi signalning amplitudasi 
x
ko‘chish kattaligiga, 
faza esa – harakat yo‘nalishiga proporsional bo‘ladi. Chiqish signalining 
amplitudasini quyidagi ifodadan topish mumkin: 
(5.13) 
x
 
shart bajarilganda chiqish kuchlanishi ko‘chishga amalda chiziqli 
tarzda bog‘liq bo‘ladi. Yig‘indining ikkinchi a’zosi ikkita kondensatorning 
boshlang‘ich nomuvozanatiga to‘g‘ri keladi va chiqish signalining siljish 
kuchlanishi vujudga kelishining asosiy sababi bo‘lib hisoblanadi. Plastinkalarning 
uchlaridagi chekka effektlar va elektrostatik kuchlarning ta’siri ham siljish 
kuchlanishi paydo bo‘lishining sabablariga kiradi. Ikkita zaryadlangan plastinka 
orasida tortish yoki itarish kuchlarining ta’siri natijasida ular o‘zlarini xuddi 
prujinalarday tutadi. Bu kuchning oniy qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
F = - 

(5.14) 
Amaliyotda elektr o‘tkazuvchan obyektning ko‘chishini o‘lchashda uning 
yuzasi ko‘pincha kondensatorning plastinkasi rolini o‘taydi. 5.12- rasmda bir qutbli 
sig‘imli datchikning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan, unda kondensatorning 


272 
plastinkalaridan biri koaksikal kabelning markaziy o‘tkazgichiga ulangan, boshqa 
plastinka esa obyektning o‘zi bo‘lib hisoblanadi. 
5.11- rasm. Yassi plastinkali sig‘imli datchikning harakat tamoyili: A – 
muvozanatlangan holat; B – muvozanatlanmagan holat 
Shuni qayd qilamizki, datchikning o‘zining plastinkasi erga ulangan ekran 
bilan qurshab olinadi, bu chiziqlilikni yaxshilash va chekka effektlarni kamaytirish 
imkonini beradi. Tiplashgan sig‘imli datchik 3 MGs diapazondagi chastotalarda 
ishlaydi va tez harakatlanayotgan obyektlarning ko‘chishini detektirlashi mumkin. 
Kiritilgan elektron interfeysli bunday datchikning chastota tavsiflari 40 kGs 
diapazonda yotadi. Sig‘imli yaqinlashish datchiklari elektr o‘tkazuvchan obyektlar 
bilan ishlashda juda samarali bo‘ladi, bunda ular elektrod bilan obyektning 
o‘zining o‘rtasidagi sig‘imni o‘lchaydi. Sig‘imli datchiklar shuningdek elektr 
o‘tkazmaydigan obyektlar bilan ham etarlicha yaxshi ishlaydi, biroq bunda 
ularning aniqligi biroz yomonlashadi. Elektrodning atrofiga tushadigan har qanday 
obyekt o‘zining dielektriklik xususiyatlariga ega bo‘ladi, bu elektrod bilan 
datchikning korpusi o‘rtasidagi sig‘imni o‘zgartiradi, bu esa, o‘z navbatida, obyekt 
bilan detektor o‘rtasidagi masofaga proporsional bo‘lgan chiqish signalining paydo 
bo‘lishiga olib keladi.
Sezgirlikni oshirish va chekka effektlarni kamaytirish uchun bir qutbli 
sig‘imli datchikda faol ekranlash qo‘llaniladi. Bunda ekran elektrodning ishchi 
bo‘lmagan tomonlari atrofiga joylashtiriladi va unga elektroddagi kuchlanishga 


273 
teng bo‘lgan kuchlanish beriladi. Ekran va elektroddagi kuchlanishlar bir xil 
amplituda va fazaga ega bo‘lishi sababli ularning o‘rtasida elektr maydoni 
bo‘lmaydi va ekranning orqasida joylashgan barcha tarkibiy qismlar datchikning 
ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
5.12-rasm. Ekranlaydigan halqali sig‘imli datchik 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin