B. A. Nazarbayeva


Potensiometrik datchiklar



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Potensiometrik datchiklar. 
Holat va ko‘chish datchiklari ko‘pincha chiziqli 
yoki burilishli 
potensiometrlar 
asosida amalga oshiriladi. Agar obyektning 
ko‘chishi potensiometr sudraluvchisining (polzunok) holatining o‘zgarishi bilan 
bog‘lanadigan bo‘lsa, obyektning holatini nazorat qiladigan qurilma, ya’ni 
ko‘chish detektori olinadi. Potensiometrik qayta shakllantirgichlar faol 
qurilmalarga kiradi, chunki qarshilikning kattaligini aniqlash uchun ular orqali 
elektr toki oqib o‘tishi lozim bo‘ladi, ya’ni ular qo‘shimcha qo‘zg‘atish manbaiga 
(masalan, doimiy tok manbaiga) muhtoj bo‘ladi. 5.9A- rasmda potensiometrik 
ko‘chish datchigining prinsipial sxemasi keltirilgan. Amaliyotda qarshilikni 
o‘lchash protsedurasi ushbu qarshilikda kuchlanish tushishini aniqlash protsedurasi 


267 
bilan almashtiriladi, u chiziqli potensiometr uchun har doim 
d
ko‘chish kattaligiga 
proporsional bo‘ladi: 
V = E 
(5.10) 
Bunda - maksimal mumkin bo‘lgan ko‘chish kattaligi; 
E – 
potensiometrga 
qo‘yilgan kuchlanish (qo‘zg‘atish signali). 
Bu erda interfeysli sxema hech qanday yuklama hosil qilmaydi deb faraz 
qilinadi. Bu shart bajarilmagan taqdirda sudraluvchining holati bilan chiqish 
kuchlanishi o‘rtasidagi bog‘lanishning chiziqliligi buziladi. Buning ustiga, chiqish 
signali qo‘zg‘atish kuchlanishiga proporsional bo‘ladi, agar qo‘zg‘atish 
kuchlanishi barqarorlashtirilgan bo‘lmasa, kattagina xatoliklarning manbaiga 
aylanishi mumkin. Yana shuni ham qayd qilish lozimki, potensiometrning 
qarshiligi (5.10) tenglamaga kirmasligi sababli mazkur tipdagi datchiklar nisbiy 
qurilmalar bo‘lib hisoblanadi. Bu ularning barqarorligi (masalan, keng haroratlar 
diapazonida) o‘lchashlar aniqligiga amalda ta’sir ko‘rsatmasligini bildiradi. Kichik 
quvvatli datchiklarda yuqori impedansli potensiometrlardan foydalanish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi, biroq bunda ulanadigan yuklamaning ta’sirini hisobga olish lozim 
bo‘ladi. SHu sababli ko‘pincha bunday sxemalarning chiqishiga kuchlanishlarni 
takrorlagichni o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Potensiometrning siljuvchan kontakti 
odatda elektr jihatidan sezgir o‘qdan izolyasiyalangan bo‘ladi. 
5.9- rasm. A – potensiometrik holat datchigi. B - qalqovichli gravitatsion suyuqlik 
sathi datchigi 


268 
5.9A- rasmda ko‘rsatilgan potensiometrik datchik quyidagi kamchiliklarga 
ega. Siljuvchan kontakt chulg‘am bo‘ylab harakatlanish bilan o‘zgaruvchan 
rezistorning goh bitta, goh ikkita o‘ramini tutashtirishi mumkin, bu chiqish 
kuchlanishi qadamlarining notekisligiga, ya’ni o‘zgaruvchan echish qobiliyatiga 
olib keladi. Shu sababli 
N
ta o‘ramdan tarkib topgan simli potensiometrdan 
foydalanilganda faqatgina 
n
o‘rtacha echim to‘g‘risida gapirish mumkin: 
n = 100/N
(5.11) 
Obyekt potensiometrning sudraluvchisini ko‘chirish uchun kuch sarflaydi, 
sarflangan energiya issiqlik shaklida ajralib chiqadi. Qoidaga ko‘ra, simli 
potensiometrlar 0,01 mm atrofida diametrli yupqa simdan ishlanadi. Yaxshi 
potensiometr to‘liq o‘lchash shkalasidan 0,1% atrofida o‘rtacha echish qobiliyatini 
ta’minlaydi, yuqori sifatli plenkali potensiometrning echish qobiliyati esa faqatgina 
rezistiv materialning bir jinsli emasligi va interfeysli sxemaning shovqin ostonasi 
bilan chegaralanadi. Uzluksiz echishga ega bo‘lgan potensiometrlar o‘tkazuvchan 
plastmassa, uglerod plenkalari, metall plenkalar yoki 
kermet 
nomi bilan ma’lum 
bo‘lgan 
metall 
va 
keramika 
aralashmasidan 
ishlanadi. 
Pretsizion 
potensiometrlarning siljuvchan kontaktlari sifatli metall qotishmalaridan 
tayyorlanadi. Ko‘p aylanishli burchak potensiometrlari 10
0
-3000

diapazondagi 
ko‘chishlarni o‘lchaydi. Aksariyat potensiometrlarga quyidagi kamchiliklar xos 
bo‘ladi: 
1.
Katta mexanik yuklama (ishqalanish). 
2.
Obyekt bilan mexanik kontaktni ta’minlash zarurligi. 
3.
Tezkor harakat qila olmaslik. 
4.
Potensiometrning qizishiga olib keladigan ishqalanish va qo‘zg‘atish 
kuchlanishi. 
5.
Qurshab turuvchi muhit omillariga nisbatan past barqarorlik. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin