284
faza siljishining kattaligi, va demak, interferension signalning parametrlari harorat
bilan belgilanadi. Interferometrik harorat datchigining
sezgir elementi sifatida
ko‘pincha yupqa kremniy qatlamidan foydalaniladi,
chunki uning sindirish
koeffitsiyenti haroratga bog‘liq bo‘ladi, bu nur yo‘lining uzunligining o‘zgarishiga
olib keladi.
5.16- rasmda yupqa plenkali optik datchikning sxemasi ko‘rsatilgan, u
o‘zakning diametri 100 mkm, qoplamaning diametri 140 mkm bo‘lgan, sindirish
ko‘rsatkichi bosqichma-bosqich o‘zgaradigan ko‘p
modali optik tolali
volnovodning uchlariga surkalgan uch qavat plenkadan tashkil topadi. Birinchi
qatlam kremniydan, ikkinchisi kremniy dioksididan shakllantiriladi. FeCrAl plenka
pastda yotuvchi qatlamlarni oksidlanishdan himoyalash
uchun eng oxirida
qoplanadi. Bunday optik tolalardan 350
gacha bo‘lgan haroratlarda foydalanish
mumkin. Biroq oltin bilan qoplangan volnovodlardan
foydalanilganda ishchi
diapazon 650
gacha ortadi. Bu erda nurlanish manbalari sifatida 860 nm
nurlanish to‘lqini uzunligiga ega bo‘lgan diodlardan foydalaniladi, natijalovchi
signalni tahlil qilish esa spektrometr yordamida o‘tkaziladi.
Haroratdan rangini o‘zgartiradigan eritmalar asosidagi datchiklar.
Bunday
datchiklar biotibbiyot tizimlarida qo‘llaniladi. Xromatik eritma sifatida ko‘pincha
CoCl
2
6H
2
O (kobalt xlorid eritmasi) qo‘llaniladi. Bunday
datchiklarning harakat
tamoyili ba’zi bir xromatik eritmalar uchun xarakterli bo‘lgan spektrning
ko‘rinadigan
diapazonidagi
nurlanishlarning
(400...800
nm)
yutilish
koeffitsiyentlarining haroratga bog‘lanishiga asoslanadi (5.17A-rasm). Ravshanki,
bunday datchiklarning
tarkibiga nurlatish manbai, detektor va o‘lchash obyekti
bilan issiqlik bog‘lanishiga ega bo‘lgan kobalt xlorid eritmasi kiradi. 5.17B va
5.17D- rasmlarda xromatik harorat datchiklarining ikkita varianti ko‘rsatilgan.
285
5.16- rasm. Yupqa plenkali optik harorat datchigining sxemasi
5.17- rasm. Haroratdan rangini o‘zgartiradigan eritmalar asosidagi datchiklar: A –
kobalt xlorid eritmasining absorbsion spektri; B – qaytaradigan yuzali datchik; D –
o‘tuvchan tipdagi datchik
Dostları ilə paylaş: