B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

5.7 Bosim datchiklari 
 
 
Mikroelektron qurilmalarni, optik tarkibiy qismlar uchun tagliklarni ishlab 
chiqarishda, shuningdek kimyoviy va boshqa texnologik jarayonlarni amalga 
oshirishda juda past bosimlarni o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Ba’zi bir ilmiy 
tadqiqotlarni o‘tkazishda ham, masalan, fazoviy tadqiqotlarda, bunday 
o‘lchashlarni bajarish zarur bo‘ladi. 
Vakuum 
atamasi atmosfera bosimidan past 
bo‘lgan bosimni bildiradi, biroq u gazlarning bosimi amalda butunlay bo‘lmagan 
hollarda ishlatiladi. Absolyut vakuumni olishning iloji yo‘q, hatto fazoviy 
kenglikda ham materiya butunlay mavjud bo‘lmagan biror-bir hudud yo‘q.
Vakuumni an’anaviy datchiklar bilan ham o‘lchash mumkin, bunda 
bosimning atmosfera bosimiga nisbatan manfiy qiymatlari qayd qilinadi, biroq bu 
juda samarasiz yondashuv bo‘lib hisoblanadi. Odatdagi bosim datchiklari 
signal/shovqin 
nisbatining 
pastligi 
tufayli 
gazlarning 
juda 
kichik 
konsentratsiyalarini aniqlay olmaydi. An’anaviy bosim datchiklaridan farqli 
o‘laroq, vakuumni o‘lchagichlar butunlay boshqa tamoyillarda ishlaydi, ular 
gazlarning molekulalarining ba’zi bir fizikaviy xususiyatlariga asoslanadi va 
berilgan hajmdagi molekulalar sonini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Bunday fizikaviy 
xususiyatlarga issiqlik o‘tkazuvchanlik, yopishqoqlik, ionlashish va boshqalar 
kiradi.
Pirani vakuummetrlari.
Pirani vakuummetrlari – bu gazning issiqlik 
o‘tkazuvchanligi bo‘yicha bosimni o‘lchaydigan datchiklardir. Vakuumni 
o‘lchagichlarning bu tipi birinchi bo‘lib ishlab chiqilgan. Eng oddiy Pirani 


288 
datchigining konstruksiyasiga qizdiriladigan plastinka kiradi. Vakuumni o‘lchash 
bu plastinka yo‘qotadigan issiqlik miqdorini aniqlashdan iborat bo‘ladi, bu issiqlik 
miqdori gazning bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Pirani vakuummetrining harakat 
tamoyilining asosiga Marian Van Smolyuchovskiyning kashfiyoti qo‘yilgan, u 
obyekt qizdirilganda uning issiqlik yo‘qotishi quyidagi tarkib toptiruvchilardan 
shakllanishini aniqlagan: 
G = 
(5.23) 
Bunda
- qurshab turuvchi qattiq predmetlarga issiqlik berilishi;

radiatsion issiqlik uzatilishi; 
a – 
qizdiriladigan plastinkaning maydoni; - gazning 
xususiyatlarini tavsiflaydigan koeffitsiyent; 

ushbu datchik bilan o‘lchash 
mumkin bo‘lgan maksimal bosim. 
Birinchi ikkita a’zo o‘zida 
parazit issiqlik o‘tkazuvchanlikni taqdim qiladi, 
uchinchi a’zo esa 
issiqlikning gazga berilishiga mos keladi. 5.19-rasmda 
qizdiriladigan plastinkaning issiqlik yo‘qotishlariga turli omillarning ta’siri 
ko‘rsatilgan. Parazit issiqlik yo‘qolishlari bo‘lmaganda gazning issiqlik 
o‘tkazuvchanligi to absolyut vakuumgacha chiziqli kamayadi. Shu sababli bunday 
datchiklarni ishlab chiqishda har doim 
ni tarkib toptiruvchi omillarni 
minimallashtirishga harakat qilinadi. Buning uchun yoki osilgan qizdiriladigan 
plastinkadan foydalaniladi, bu datchikning korpusi bilan issiqlik kontaktini 
kamaytiradi, yoki 
ning ta’sirini kamaytirishning differensial uslubi qo‘llaniladi. 
Vakuumli texnikada qo‘llaniladigan Pirani datchiklarining bir nechta 
konstruksiyalari mavjud. Ularning ba’zi birlarining tarkibiga turlicha haroratlarda 
bo‘ladigan ikkita plastinka kiradi. Bunday datchiklarda gazning bosimi plastinkani 
qizdirishga sarflangan energiya miqdori bo‘yicha aniqlanadi. Boshqa datchiklar 
faqat bitta plastinkadan foydalanadi, bunda gazning issiqlik o‘tkazuvchanligi 
qurshab turuvchi devorlarga issiqlik yo‘qolishining kattaligi bo‘yicha aniqlanadi. 
Haroratni o‘lchash uchun datchiklarning tarkibiga odatda yoki termojuftliklar, yoki 
platina termorezistorlar kiradi. 5.20-rasmda Pirani differensial vakuummetri 


289 
ko‘rsatilgan. Datchikning kamerasi ikkita bir xil seksiyaga ajratilgan. 
Kameralardan birida gaz etalon bosimda bo‘ladi (masalan, 1 atm = 760 torr da), 
ikkinchisi esa unda bosimni o‘lchash zarur bo‘lgan vakuum kamerada joylashadi. 
Har bir kamerada qizdiriladigan plastinka mavjud, u qurshab turuvchi qattiq 
predmetlar orqali konvektiv issiqlik uzatilishini kamaytirish uchun juda yupqa 
tutashtiruvchi elementlar bilan osilgan bo‘ladi. Ularda konduktiv va radiatsion 
issiqlik yo‘qolishlari bir xil bo‘lishi uchun har ikkala kamera bir xil shakl, 
konstruksiya va o‘lchamlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Kameralarning konstruksiyasi qanchalik simmetrik bo‘lsa, 
parazit issiqlik 
yo‘qolishlari shunchalik yaxshiroq kompensatsiyalanadi. Plastinkalar elektr 
isitgichlar yordamida qizdiriladi. Ko‘rib chiqilayotgan datchikda qizdiriladigan 
element manfiy harorat koeffitsiyentiga ega bo‘lgan termistor hisoblanadi. 
Termistorlarning qarshiliklari teng va nisbatan past nominalga ega, shu sababli 
ularda Djoulь o‘z-o‘zidan qizish jarayoni kechishi mumkin. 
5.19- rasm. Qizdiriladigan plastinkaning issiqlik yo‘qotishlari
S

etalon termistor o‘z-o‘zidan muvozanatlanadigan ko‘prikning sxemasiga 
ulangan, bu ko‘prik tarkibiga shuningdek 
R
r
, R
1
, R

va 
OY
rezistorlar ham kiradi. 
Ko‘prikli sxema 
S

termistorning haroratini avtomatik tarzda 
T
r
doimiy darajaga 
olib chiqadi, bu daraja qurshab turuvchi muhitning harorati hech qanday ta’sir 
ko‘rsatmaydigan ko‘prikning rezistorlarining qarshiligi bilan belgilanadi. SHuni 


290 
qayd qilamizki, ko‘prikli sxemani muvozanatlash uning yelkalariga nisbatan 
musbat ulangan zanjirlar yordamida ham, manfiy ulangan zanjirlar yordamida ham 
amalga oshiriladi. 
S
kondensator sxemada tebranma rejimlarning vujudga kelishiga 
yo‘l qo‘ymaydi. Etalon plastinkani qizdirish uchun foydalaniladigan 
E
kuchlanish 
R

rezistor orqali sezgir plastinkada joylashgan, 
R

rezistorga teng bo‘lgan 
S

termistorga beriladi. Chiqish kuchlanishi sezgir termistor va ko‘prikka nisbatan 
olinadi. Vakuummetrlar ba’zan ularning sezgir plastinkasini ifloslantirishi mumkin 
bo‘lgan gazlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi, shu sababli ularning tarkibiga mos 
keluvchi filtrlar ham kirishi lozim.
5.20-rasm. O‘z-o‘zidan qizish rejimida ishlaydigan termistorlarga ega bo‘lgan 
Pirani vakuummetri 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin