B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Flouressent datchiklar.  
Bunday 
datchiklar 
spektrning 
ko‘rinadigan 
diapazoni nurlari bilan qo‘zg‘atishga javob tariqasida ba’zi bir fosforli tarkibiy 
qismlarning shu’la taratish xususiyati asosida amalga oshiriladi. Bunday tarkibiy 
qismlar haroratini o‘lchash zarur bo‘lgan obyektning yuzasiga surkaladi. SHundan 
keyin obyekt ultrabinafsha (UB) impulsli nurlatish ta’siriga tortiladi. Bu 
nurlatishdan keyin taralgan yorug‘lik detektirlanadi va tahlil qilinadi. Yorug‘lik 
impulьsining shakli haroratga bog‘liq bo‘ladi. Yorug‘lik impulsining so‘nish vaqti 
keng haroratlar diapazonida juda yuqori qayta yaraluvchanlikka ega bo‘lgan 
parametr bo‘lib hisoblanadi. Flouressent datchiklarda sezgir element sifatida to‘rt 
valentli marganets bilan faollashtirilgan magniy ftormagnetit qo‘llaniladi. Fosfor 
uzoq vaqtlar davomida ko‘chalarni yoritish uchun foydalaniladigan simobli 
lampalarning rangini korreksiyalovchi sifatida qo‘llab kelingan. Fosfor kukuni 
qattiq fazada 1200
haroratda o‘tkazilgan reaksiya davomida olinadi. U nisbatan 
inert va issiqlikka bardoshli, biologik nuqtai-nazardan xavfsiz modda bo‘lib 
hisoblanadi. U aksariyat kimyoviy reagentlar va uzoq muddatli UB nurlanish 
ta’sirida emirilmaydi. U spektrning moviy sohasida UB yorug‘lik bilan 
nurlatilganda qo‘zg‘algan holatga o‘tadi. Fosforning flouressent shu’la taratishi 
uzoq qizil spektral diapazonda joylashadi, uning intensivligi esa eksponensial 
qonun bo‘yicha pasayadi.
Qo‘zg‘atuvchi va qaytgan nurlarning signallari o‘rtasida qarama-qarshi 
xalaqit beruvchilarning vujudga kelish ehtimolini kamaytirish uchun ularning 
yo‘liga polosali filtrlar o‘rnatiladi, ular spektrning faqatgina berilgan zonalarining 


283 
to‘lqinlarini o‘tkazadi (5.15A-rasm). Qo‘zg‘atish manbai sifatida ksenonli 
impulьsli lampa qo‘llaniladi, undan bir paytning o‘zida majmuaviy o‘lchash 
tizimlari tarkibida bir nechta optik kanallarda foydalanish mumkin. Haroratni 
o‘lchash jarayoni flouressent shu’laning zaiflashish tezligini o‘lchashdan iborat 
bo‘ladi (5.15B -rasm). Bu haroratning qiymati τ vaqt doimiysi bo‘yicha joylashadi 
deganidir, uning kattaligi -200...+400
haroratlar diapazonida besh martagacha 
kamayadi. Vaqtni o‘lchash juda yuqori aniqlikka ega bo‘lgan elektron sxema 
yordamida bajariladi. SHu sababli flouressent tipdagi datchiklar kalibrlamasdan 
turib keng harorat diapazonida haroratni yaxshi echish qobiliyati va 
atrofida 
aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi.
A) B) 
5.15- rasm. Haroratni flouressent o‘lchash uslubi: A – qo‘zg‘atuvchi va flouressent 
nurlatishlarning spektral tavsiflari; B – 
T

va 
T

haroratlar uchun shu’laning 
eksponensial qonun bo‘yicha pasayishi; 
e – 
natural logarifmning asosi; 
t – 
pasayish 
tavsifining vaqt doimiysi 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin