B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


135 
4-Bob. Datchiklarning fizikaviy tamoyillari
Datchiklar odatda noelektr fizikaviy kattaliklarni elektr signaliga qayta 
shakllantirgichlar bo‘lib hisoblanadi. Tashqi ta’sir chiqish elektr signaliga 
aylanishdan oldin bitta yoki bir nechta qayta shakllantirish bosqichlaridan o‘tadi. 
Bu bosqichlar energiyaning bir turining boshqasiga aylanishini o‘z ichiga oladi
oxirgi aylanish esa har doim talab qilinadigan chiqish formatidagi elektr 
signalining shakllanishidan iborat bo‘ladi. Oldingi mavzularda datchiklarning 
ikkita eng keng tarqalgan tipi – 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan 
va 
tarkibiy 
datchiklar to‘g‘risida gapirib o‘tilgan edi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan 
datchiklar tashqi noelektrik ta’sirlarni bevosita elektr signaliga aylantiradi. Biroq 
ba’zi bir tashqi signallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr signallariga aylantirib 
bo‘lmaydi, buning uchun ular bir nechta qayta shakllantirishlar bosqichlaridan 
o‘tishi zarur bo‘ladi. Misol sifatida shaffof bo‘lmagan obyektning ko‘chishini 
detektorlash masalasini ko‘rib chiqamiz. Uni echish uchun optik tolali datchikdan 
foydalanish mumkin. Bu datchik ishlashi uchun qo‘zg‘atish signali zarur bo‘ladi, 
signal manbai bo‘lib yorug‘lik nurlatadigan diod xizmat qiladi. Yorug‘lik 
nurlatadigan dioddan chiqqan yorug‘lik tolali yorug‘lik o‘tkazgich orqali o‘tadi va 
obyekt yuzasidan qaytadi. Qaytarilgan fotonlar oqimi qabul qiluvchi yorug‘lik 
o‘tkazgichga kelib tushadi va u bo‘ylab fotodiodga etib boradi. Fotodiodning 
zanjiridagi tok kuchi yorug‘lik o‘tkazgichning oxiridan obyektgacha bo‘lgan 
masofaga proporsional bo‘ladi. Tasvirlashdan ko‘rinib turibdiki bunday 
datchikning ishssikli elektr tokini fotonlarga aylantirishning bir nechta bosqichlari, 
fotonlarning sindiruvchi muhitdan o‘tishi, qaytishi va yana elektr signaliga 
aylanishidan tashkil topadi. Ko‘rinib turibdiki, butun detektorlash jarayoni ikkita 
bosqich – elektr energiyasini qayta shakllantirish va optik signalni boshqarishdan 
tashkil topadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan datchiklar noelektrik ta’sirlarga javob 
tariqasida chiqishda birdaniga elektr signalini olish imkonini beradigan ba’zi bir 


136 
fizikaviy hodisalar asosida ishlanishi mumkin. Termoelektriklik (Zeebek hodisasi), 
pyezoelektriklik va fotoeffekt bunday hodisalarga misol bo‘lib hisoblanadi.
Bu bobda tashqi ta’sirni elektr signaliga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
aylantirish uchun 
foydalanilishi mumkin bo‘lgan turli fizikaviy hodisalar tasvirlanadi. Bu 
hodisalarning hammasi fizikaning asosiy qonunlariga asoslanishi sababli ularni 
qisqacha ko‘rib chiqishdan boshlaymiz.
 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin