Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tashkilot rahbari o‘zi qabul qilgan qaror to‘g‘risida yozma ravishda uch kunlik 
muddat ichida yuqori tashkilotga yoki tegishli iqtisodiyot va moliya organiga xabar berishi 
shart. Shunday xabarni olgan yuqori tashkilot yoki tegishli iqtisodiyot va moliya organi 
belgilangan tartibda uni ko‘rib chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni ko‘radi. 
(17-
bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya 
vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli 
buyrug‘i
 
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son) 
18. Buxgalteriyaga boshlang‘ich hisob hujjatlarini topshirish muddatlari bosh 
hisobchi tomonidan tuzilib, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida 
belgilanadi. Moddiy javobgar va boshqa mansabdor shaxslarga ushbu jadvaldagi 
hujjatlarni va ma’lumotlarni buxgalteriyaga topshirish muddatlari haqida ko‘chirma taqdim 
etiladi. 


19. Tashkilotlarning barcha bo‘limlari (xodimlari) buxgalteriyaga buxgalteriya 
hisobini yuritish uchun kerak bo‘ladigan barcha zaruriy hujjatlarni (buyruq va 
farmoyishlarning ko‘chirmalarini, shuningdek, turli xil shartnoma, to‘lov hujjatlari va 
boshqalarni) o‘z vaqtida taqdim qilishlari shart. 
Bosh hisobchining buxgalteriya hisobini yuritishi uchun talab qilinadigan hujjatlar 
va ma’lumotlarni rasmiylashtirish va buxgalteriyaga taqdim qilishga doir talablarini o‘z 
vaqtida bajarishga tashkilotning barcha xodimlari majbur. 
20. Bosh hisobchiga uning hisob va hisobot bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri vazifalarini 
bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan topshiriqlarni berish mumkin emas. Shuningdek, bosh 
hisobchiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik 
bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Unga banklar va boshqa 
tashkilotlardan bevosita pul mablag‘larini olish taqiqlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
21. Tashkilotlarda pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek xarajatlar smetasi ijrosiga 
taalluqli barcha hujjatlar hamda moliyaviy hisobotlar tashkilot rahbari yoki uning 
o‘rinbosari va bosh hisobchi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Qonunchilikka 
muvofiq vazirliklar, qo‘mitalar va idoralarda birinchi imzo huquqi shu vazirlik, qo‘mita va 
idoraning boshqarma yoki mustaqil bo‘linmalarining boshliqlariga berilishi mumkin. 
(21-
bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya 
vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli 
buyrug‘i
 
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son) 
Bosh hisobchi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanmagan boshlang‘ich 
hisob hujjatlari ijro uchun yaroqsiz hisoblanadi va ijroga qabul qilinmaydi. 
Kassa kirim orderlari bos
h hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va kassir tomonidan 
imzolangandagina ijro uchun yaroqli hisoblanadi. 
22. Hisob registrlarida aks ettiriladigan yozuvlar uchun to‘liq rasmiylashtirilgan 
boshlang‘ich hisob hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi. 
23. Boshlan
g‘ich hisob hujjatlari ayrim xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishga 
mo‘ljallangan bir martalik yoki ma’lum bir davrdagi bir xil xo‘jalik operatsiyalarini 
rasmiylashtirishga mo‘ljallangan bir guruh hujjatlar bo‘lishi mumkin. 
24. Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan 
vaqtda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘linganidan keyin tuziladi. Hisobot davriga 
tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi 
hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hisob hujjati rasmiylashtirilib, buxgalteriya 
hisobida aks ettiriladi. 
25. Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir: 
tashkilotning nomi, hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy, xo‘jalik 
opera
tsiyasining nomi, mazmuni va miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holida) 
va mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari. 
26. Tashkilotlarda boshlang‘ich hisob hujjatlari qonunchilikda belgilangan shaklda 
rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosida tuzilishi mumkin. Bunda, elektron hujjatlar 
qonunchilik talablariga to‘liq rioya qilingan holda va boshlang‘ich hisob hujjatlarining asl 
nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo‘lishi shart. 
27. Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning o‘z 
vaqtida to‘g‘ri va aniq tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun 
ularning belgilangan muddatlarda tashkilot buxgalteriyasiga topshirilishiga javobgar. 
28. Moddiy qimmatliklarni xarid qilishga doir hujjatlarda moddiy javobgar 
shaxsning bu qimmatliklarni olganligi to‘g‘risidagi imzosi, bajarilgan ishlarga doir 
hujjatlarda esa, ishni qabul qilganlik to‘g‘risida tegishli shaxslarning imzosi bo‘lishi kerak. 
29. Hujjatlardagi yozuvlar siyoh bilan yoki sharikli ruchka, kimyoviy qalam bilan 
yoki zamonaviy hisoblash texnikalari vositasida yoziladi. 


30. Boshlang‘ich hisob hujjatlarida o‘chirish, qirish va izohlanmagan tuzatishlarga 
yo‘l quyilmaydi. 
Boshlang‘ich hisob hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish noto‘g‘ri yozilgan 
matn yoki summani ustidan chizib o‘chirish va uning ustiga to‘g‘ri matn yoki summaning 
yozib qo‘yish yo‘li bilan bajariladi. Noto‘g‘ri yozuvni o‘chirishda uning ustidan ingichka 
chiziq bilan (keyinchalik uni o‘qish mumkin bo‘lishi uchun) chizib qo‘yish kerak. 
Boshlang‘ich hisob hujjatidagi barcha xatolarni tuzatishlar “Tuzatilgan” degan yozuv bilan 
izohlanishi va tuzatish kiritilgan sana ko‘rsatilgan holda hujjatni imzolagan shaxslarning 
imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. 
Bank va kassa-pul hujjatlarid
a tuzatishlar va o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
31. Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qimmatliklarning kirimi va chiqimi 
bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlarini ikki nusxada rasmiylashtirilgan 442-son shakldagi 
reyestr (mazkur Yo‘riqnomaning 
1-ilovasi
) bilan buxgalteriyaga topshiradilar. Bu 
reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs ishtirokida taqdim qilingan boshlang‘ich 
hisob hujjatlarning rasmiylashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-
javobgar shaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoladi. 
32. Pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarini saqlashga javobgar bo‘lgan 
shaxslar bilan belgilangan tartibda ularning shaxsan to‘liq moddiy javobgarligi haqida 
shartnoma tuziladi. 
33. Buxgalteriyaga kelib tushgan bosh
lang‘ich hisob hujjatlarining qonunchilikka 
muvofiqligi (boshlang‘ich hisob hujjatlarining to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, barcha 
rekvizitlarining mavjudligi, ayrim ko‘rsatkichlarning bir-biri bilan mantiqan bog‘langanligi 
va boshqalar) tekshirilishi shart. 
34. Kassa kirim va chiqim orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar, shuningdek, 
ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo‘lgan hujjatlar shtamp yoki qo‘lda yozish yo‘li 
bilan “Olindi” yoki “To‘landi” degan belgi va uning sanasi (kun, oy, yil) ko‘rsatilgan holda 
yopilishi kerak. 
35. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo‘yicha 
tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order 
— jamlanma qaydnomalar bilan 
rasmiylashtiriladi: 
1-memorial order 
— kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 381-son 
shakl (mazkur Yo‘riqnomaning 
2-ilovasi
); 
2-memorial order 
— budjet mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 
381-
son shakl (mazkur Yo‘riqnomaning 
3-ilovasi
); 
3-memorial order 
— budjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma 
qaydnoma, 381-
son shakl (mazkur Yo‘riqnomaning 
4-ilovasi
); 
5-memorial order 
— ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari 
yig‘indisi, 405-son shakl (mazkur Yo‘riqnomaning 
5-ilovasi
); 
6-memorial order 
— turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl (mazkur Yo‘riqnomaning 
6-ilovasi
); 
8-memorial order 
— hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma 
qaydnoma, 386-
son shakl (mazkur Yo‘riqnomaning 
7-ilovasi
); 
9-memorial order 
— asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga 
ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl (mazkur Yo‘riqnomaning 
8-
ilovasi
); 
11-memorial order 
— oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma 
qaydnoma, 398-
son shakl (mazkur Yo‘riqnomaning 
9-ilovasi
); 
12-memorial order 
— oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma 
qaydnoma, 411-
son shakl (mazkur Yo‘riqnomaning 
10-ilovasi
); 
13-memorial order 
— materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl 
(mazkur Yo‘riqnomaning 
11-ilovasi
); 


15-memorial order 
— ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-
onalar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo‘yicha qaydnoma, 406-son shakl (mazkur 
Yo‘riqnomaning 
12-ilovasi
). 
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har 
yilgi qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari 
va h.k) va “Storno” operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son 
shakl) (mazkur Yo‘riqnomaning 
13-ilovasi
) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan 
boshlab raqamlanadi. 
36. Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab 
qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial 
orderlarda (274-
son shakl) ushbu Yo‘riqnomaning 
35-bandida
 keltirilgan doimiy raqamlar 
berilib ko‘rsatiladi. 
37. Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir 
bo‘lishiga qarab, ammo 
boshlang‘ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga 
yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi 
memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. 
38. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi (hisobchi) 
tomonidan imzolanadi. 
39. Barcha memorial orderlar 308-
son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da (mazkur 
Yo‘riqnomaning 
14-ilovasi
) ro‘yxatga olinadi. “Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot 
bo‘yicha yuritiladi. 
“Bosh-jurnal kitobi” o‘tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga 
qolgan qoldiq summalarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial 
orderlar va memorial order 
— jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta 
yoziladi. 
Memorial orderdagi summa dastlab “Order bo‘yicha summa” qatoriga, keyin esa, 
tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotl
ar bo‘yicha oylik 
aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham “Order bo‘yicha summa” qatorining 
jamiga teng bo‘lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot 
bo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi. 
40. Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya daftarlarida, 
kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi. 
Har bir buxgalteriya daftarida unga yozishdan oldin barcha betlari (varaqlari) 
raqamlanadi. Oxirgi betning orqa tomoniga bosh hisobchining imzosi bilan quyidagi yozuv 
yozib qo‘yiladi: “Ushbu daftarda hammasi bo‘lib ____ bet (varaq) raqamlangan”. Kassa 
daftari (440-
son shakl) (mazkur Yo‘riqnomaning 
15-ilovasi
), undan tashqari, shnur bilan 
tikilgan va surg‘uchli muhr bilan muhrlangan, varaqlar soni esa, tashkilot rahbari va bosh 
hisobchining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
Har bir daftar ustiga tashkilotning nomi va daftar ochilgan hisobot yili yozib 
qo‘yiladi. Daftarda unga ochilgan subschyotlarning mundarijasi bo‘lishi kerak. Yozuvlar 
daftarning boshqa betiga o‘tkazilganda mundarijada shu subschyot bo‘yicha yozuvning 
o‘tkazilganligi, yangi betlarning raqami ko‘rsatilgan holda belgilab qo‘yiladi. 
Buxgalteriya daftarlarida yil tugag
andan keyin bo‘sh varaqlari ko‘p bo‘lsa, kelgusi 
yil operatsiyalarini yozish uchun ham foydalanilishi mumkin. 
41. Kartochkalar (asosiy vositalarga doir kartochkalardan tashqari) har bir 
subschyot uchun alohida yuritiladigan 279-son shakldagi kartochkalar reyestrida (mazkur 
Yo‘riqnomaning 
16-ilovasi
) ro‘yxatga olinadi. Asosiy vositalar kartochkalari AV-10-son 
shakldagi asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxatida (mazkur 
Yo‘riqnomaning 
17-ilovasi
) ro‘yxatga olinadi. 
Kartochkalar kartotekalarda, subschyotlarga, ularning ichida moddiy javobgar 
shaxslarga bo‘lingan holda saqlanadi. 


42. Buxgalteriya hisobi registrlari va boshqa buxgalteriya hujjatlarini arxivga 
topshirish muddatlari va tartibi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 
43. Boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registlari, moliyaviy hisobotlarni saqlashni, 
ularni rasmiylashtirib, arxivga topshirishni bosh hisobchi ta’minlaydi. 
44. A
sosiy vositalar hisobi yuritiladigan inventar kartochkalarning ro‘yxati AV-10 
son shakli, unda AV-6 son shakl, AV-8 son shakl va AV-9 son shakl inventar kartochkalar 
(mazkur Yo‘riqnomaning 
18

19
 va 
20-ilovalari
) bo‘yicha oxirgisining ham hisobdan 
chiqqanligi haqida belgi bo‘lgandagina arxivga topshiriladi. Ushbu ro‘yxatsiz arxivga 
topshirilayotgan inventar kartochkalar, kartochkaning raqami va hisobdan chiqarilayotgan 
inventarning nomi ko‘rsatilgan holda alohida qaydnoma yoziladi. 
45. Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki zamonaviy 
hisoblash texnikasi yordamida boshlang‘ich hisob hujjatlaridan, ular olinganidan so‘ng 
keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi. 
Har oy tugagandan keyin analitik hisob registrlarida aylanmalarning jami 
hisoblanadi va subschyotlar bo‘yicha qoldiq chiqariladi. 
46. Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan xatolar 
quyidagi tartibda tuzatiladi: 
balans topshirgunga qadar shu hisobot davrida aniqlangan, memorial order 
ma’lumotlarining o‘zgarishini talab qilmaydigan xatolar ana shu xato yozilgan yozuv yoki 
matnning ustidan ingichka chiziq b
ilan o‘chiriladi (o‘chirilgan yozuvni o‘qish mumkin qilib) 
va uning ustiga yangi, to‘g‘ri matn (yozuv) yoki summani yozib qo‘yish yo‘li bilan tuzatiladi. 
Bir vaqtning o‘zida tegishli qator chetidagi hoshiyaga bosh hisobchining imzosi bilan 
“Tuzatilgan” deb izoh beriladi va sanasi ko‘rsatiladi; 
balans topshirish vaqtiga qadar memorial orderga o‘tib ketgan xato yozuv uning 
xarakteriga qarab qo‘shimcha memorial order bilan yoki “Storno” usulida tuziladi; 
balans topshirilgan hisobot davridagi hisob registrlari yozuvlarida aniqlangan 
xatolar ham mazkur bandning 
uchinchi xatboshisida
 
ko‘rsatilgan usulda tuzatiladi. Xatoni 
tuzatishga doir qo‘shimcha yozuvlar, shuningdek “Storno” usuli bilan qilinadigan 
tuzatishlar mazkur xato aniqlangan hisobot davrida tuzilgan memorial orderlar bilan 
rasmiylashtiriladi. Bu memorial orderlar odatdagi rekvizitlardan tashqari, mazkur 
memorial order bilan tuzatiladigan memorial orderning raqami va sanasiga ishora qilinadi. 
Mazkur memorial orderni tuzish uchun 433-
son shakldagi buxgalteriya ma’lumotnomasi 
(mazkur Yo‘riqnomaning 
21-ilovasi
) asos bo‘lib xizmat qiladi. 
47. Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini 
nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlarning har bir guruhi bo‘yicha aylanma 
qaydnomalar (M-44-
son shakldagi material zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma, 285-
son shakldagi aylanma qaydnoma va 326-
son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha 
aylanma qaydnoma) (mazkur Yo‘riqnomaning 
22

23
 va 
24-ilovalari
) tuziladi. Aylanmalar 
jami va aylanma qaydnomalardagi har bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl 
“Bosh-jurnal kitobi”dagi mazkur subschyotlarning qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har 
oy yakuni bo‘yicha taqqoslanadi. 
Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha esa, har chorakda 
tuziladi. 326-
son shakldagi aylanma qaydnomadagi yozuvlar kerak bo‘lgan hollarda bir 
necha yillar davomida olib borilishi ham mumkin. 
48. Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registrlarida yil boshiga qoldiq 
summalari o‘tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli hisob registrlariga to‘la mos 
ravishda yoziladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin