Bu mahsulotlar kirimga olinganda 050 subschyotning debetiga va 090 “Tovar
(ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotining kreditiga yoziladi.
Mahsulotlarni sotishda sotilgan mahsulotlarning rejadagi tannarxi 050
subschyotning kreditidan 200 subschyot
ning debetiga yoziladi. Tashkilot o‘zining
ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlari 050 subschyotning kreditiga va 06 schyotning
tegishli subschyotlari debetiga yoziladi.
Mahsulotning rejadagi tannarxi yil oxirida, yillik hisobot kalkulatsiyasiga asosan,
haqiqiy tannarxi bilan muvofiqlashtiriladi. Agar yil davomida olingan qishloq xo‘jalik
mahsulotlarining haqiqiy tannarxi rejadagidan yuqori bo‘lsa,
sotilmagan mahsulotlarga
taalluqli bo‘lgan qismida haqiqiy va rejadagi tannarxi o‘rtasidagi farq summasiga
qo‘shimcha provodka qilinadi, bunda ushbu farq summa 050 subschyotning debetiga va
090 subschyotning
kreditiga yoziladi, sotilgan mahsulotlarga taalluqli qismida esa, 200
subschyotning debetiga va 090 subschyotning kreditiga yoziladi.
Agar
yil davomida o
lingan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi
rejadagidan kam bo‘lsa, u holda rejadagi va haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farq summasiga
(tejalgan summaga) sotilmagan mahsulotlarga taalluqli bo‘lgan qismida storno bilan (qizil
siyoh bilan) buxgalt
eriya
yozuvi qilinadi, ya’ni, ushbu farq summa 050 subschyotning
debetiga va 090 subschyotning kreditiga yoziladi, sotilgan mahsulotlarga taalluqli qismida
esa, 200 subschyotning debetiga va 090 subschyotning kreditiga yoziladi.
Tayyor mahsulotlarining
analitik hisobi nomi, miqdori va qiymati hamda
saqlanadigan joyi bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning
miqdor-qiymat
hisobi daftari (kartochkasi)da alohida holda yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: