Buxgalteriya hisobi va audit


“Turnbull hisoboti” Birlashtirilgan kodeks



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə18/45
tarix23.12.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#121722
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
аудит мустакил иш (4)

“Turnbull hisoboti” Birlashtirilgan kodeks


Ichki Nazorat: "Turnbull hisoboti" Birlashtirilgan Kodeks bo’yicha Direktorlar uchun qo’llanma, hisobotni yozgan Qo’mita raisi Nayjel Turnbull nomiga shunday deb nomlangan. Bu hisobot Birlashtirilgan Kodeksdagi ichki nazorat talablari haqida Londondagi qimmatli qog’ozlar birjasi ro’yxatga olingan kompaniyalarga qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Hisobotda aytilishicha, Boshqaruv kengashi ichki nazorat bo’yicha tegishli siyosatni belgilashi va ichki nazorat tizimining risklarni boshqarish uchun kengash tomonidan ma‘qullangan holda samarali faoliyat yuritishni muntazam kafolatlashi kerak.

2002-yilgi Sarbanes-Oxley Qonuni


Enron kompaniyasining inqirozga yuz tutishi bilan boshlangan va
Worldcom, XEROX va TYCO kabi yirik kompaniyalarga qadar tarqalgan buxgalterlik janjallari AQShda ommaviy norozilikni keltirib chiqardi, natijada 2002-yil iyul oyida AQSh prezidenti Qonunni imzoladi. Sarbanes-Oxley Qonuni 1934-yilgi ―Qimmatli qog’ozlar va birja amaliyoti to’g’risidaˮgi qonunni qabul qilgan paytdan e‘tiboran AQSh tomonidan qabul qilingan birinchi buxgalteriya qonuni hisoblanadi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FAKULTETI
“AUDIT” KAFEDRASI
“AUDIT” FANIDAN

NAZORAT ISHI


Topshirdi:Jononov G’.
Qabul qildi: Ovlayev S.


Тошкент-2022 й


AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI

Reja:

  1. Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun va boshqa normativ-

huquqiy hujjatlar sharhi.




  1. O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solishning pog’onalari.




  1. O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni moddalari sharhi

Buxgalter-auditor Buyuk Britaniyada 19-asrning o’rtalarida vujudga kelgan. 1862-yilda Angliyada ―Majburiy audit to’g’risidagi qonun qabul qilingan, Fransiyada 1867-yilda, AQShda 1937-yilda buyuk depressiyadan so’ng ushbu turdagi qonunlar qabul qilingan.


XX asrning birinchi yillarida moliyaviy hisobotlardan foydalangan korxonalar balansni kompaniyaning ishonchliligini belgilab beruvchi asosiy ko’rsatkich sifatida bilar edilar. Shu sababli, auditorlar o’z ishlarida ko’p hollarda asosiy e‘tiborni balansga qaratar edilar. AQShda savdo bo’yicha Federal komissiya iltimosiga ko’ra Amerika buxgalterekspertlar instituti (bu institut bugungi kunda Amerika diplomga ega buxgalterlar instituti – AICPA deb yuritiladi) tomonidan tayyorlangan audit to’g’risidagi birinchi rasmiy qaror 1917-yilda chop etilgan bo’lib, ―balans auditi‖ga bag’ishlandi. Ushbu qarorning qayta ko’rib chiqilgan nashri 1929-yilda e‘lon qilinib, ―Moliyaviy hisobotlarni tekshirish‖ nomini oldi. Garchi, ushbu hujjatda asosiy e‘tibor hali ham balans auditiga qaratilgan bo’lsa-da, unda foyda va zararlar hisoboti tog’risida batafsil fikr yuritilgan edi. Bu esa, xo’jalik operatsiyalari natijalariga qiziqish ortayotganligidan dalolat berar edi. 1929-yildagi nashrda bitimlar tuzish amaliyoti, shuningdek, ichki nazoratning muhimligi to’g’risida so’z boradi.
1936-yilda ―Mustaqil auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tekshirish deb nomlangan risola chop etildi. Bu risolaning mazmunida so’nggi yillarda yuz bergan ko’plab voqealar o’z ta‘sirini ko’rsatdi. Bu voqealar orasida eng ahamiyatlisi bitimlar tuzish standartlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan AICPAning Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik munosabatlarining yo’lga qo’yilishi, shuningdek, 1933- yilda qabul qilingan ―Qimmatli qog’ozlar to’g’risida‖gi va 1934-yilda qabul qilingan ―Birjalar to’g’risida‖gi qonunlarning kuchga kiritilishi bo’ldi. Bu qonunlar ro’yxatdan o’tgan kompaniyalarga moliyaviy hisobotning tegishli shakllarini tuzishlarini talab qilar edi.
Auditni standartlashtirishning zamonaviy shakli 1939-yildan boshlanadi. Mazkur yilda AICPA auditorlik tekshirishlari bo‗yicha Qo’mita ta‘sis etdi va auditorlik jarayonlari to’g’risida Qoidalarni (SAF) chop etdi. 1972-yilga qadar 54 ta qoida e‘lon qilindi. Qo’mita esa bu davrda yangi nomga ega bo’ldi: Auditorlik standartlari bo’yicha Ijroiya Qo’mitasi (keyinchalik bu qo’mita auditorlik standartlari bo’yicha Kengash deb yuritila boshlandi). Bu Qo’mita barcha Qoidalarni kodlashtirdi va ularni auditorlik jarayonlari bo’yicha qoida (SAF) №1ga birlashtirdi. Bu Qoida hozirgi kunda ham amal qilmoqda. XX asrning 70 va 80-yillari jamoatchilikning auditorlar ishlari va majburiyatlari doirasiga qiziqishining oshishi bilan tavsiflanadi.
Germaniyada auditorlik faoliyati 1961-yil 27-iyulda qabul qilingan ―Auditorlarning professional Nizomi to’g’risida‖gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonunga muvofiq, auditor deganda, ushbu kasbni ochiq tarzda ijro etadigan va o’zining shaxsiy hamda kasbiy layoqatliligini tegishli imtihonni topshirish yo’li bilan tasdiqlagan shaxs tushuniladi.
Auditorning kasbiy faoliyati mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik tekshirishlarini amalga oshirishda, soliq masalalari bo’yicha maslahat xizmatlarini ko’rsatishda, ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashida o’z aksini topadi.
―Auditorlik faoliyati to’g’risida‖gi qonunga muvofiq, majburiy tekshirilishi lozim bo’lgan kompaniyalarning yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish bilan keng tarqalgan. Bundan tashqari, majburiy tekshirish lozim bo’lmagan korxonalar ham o’zlarining tashabbuslari bilan yoki uchinchi shaxslarga (masalan, kreditorlarga) hisobot taqdim etish zaruriyati paydo bo’lganda, auditorlarni o’zlarining yillik balanslarini tekshirish uchun jalb etishlari mumkin. Korxonaning hisoboti va ish yozuvlari bilan tanishish yordamida, shuningdek, tekshirishning maxsus uslublarini qo’llash natijasida, auditor, moliyaviy hisobot ham shakl nuqtayi nazaridan, ham mazmunan qonun talablariga to’liq mos kelishiga va tasdiqlanishi mumkinligiga ishonch hosil qilishi lozim.
1867-yilda ―Auditorlik faoliyati to’g’risida‖gi qonun Fransiyada ham qabul qilindi. Mazkur qonunda ―Hisoblar bo’yicha komissarlar‖ nomli maxsus taftishchilar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari balanslari majburiy tekshirilishi va ularga baho berilishi lozimligi ko’rsatilgan. Mulkdor-kapitalistlar tobora kamroq bevosita ishlab chiqarish va moliyaviy ishlar bilan shug’ullana boshladilar. Ular bu ishlarni yollangan xizmatchilarga topshirar edilar yoki qandaydir jamiyatning aksiyalari yoki obligatsiyalariga egalik qilganliklaridan oladigan daromadlari evaziga yashovchi mulkdorlarga aylanib bordilar. Qimmatli qog’oz egalari uchun aksiyadorlik jamiyatlarida hisob va hisobotni taftish qiluvchi buxgalter-auditorlar korxonaning moliyaviy barqarorligi va uning faoliyatidan olinadigan daromadlar to’g’risida ishonchli ma‘lumotlarning kafolati bo’lib hisoblanar edilar.
1982-yilda Xalq vakillarining Umumxitoy yig‗ilishi (XVUY)da Xitoyning yangi Konstitutsiyasi e‘lon qilindi. Bu konstitutsiya hukumatdan auditorlik ma‘muriyatini tashkil etishni talab qilar edi. 1983-yilning sentyabr oyida 3000dan ko’proq auditorlik tashkilotlari ro’yxatga olindi, ularda 30 mingdan ortiq shtatli a‘zolar ishlar edi.
Shunday qilib, konstitutsiya auditorlik ma‘muriyatining mustaqilligini kafolatlaydi. Auditorlik ma‘muriyati o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishini ta‘minlash uchun Konstitutsiyaning 91-moddasida shunday yozilgan: ―Davlat kengashi boshlig’ining ko’rsatmasiga ko’ra auditorlik tashkiloti qonunga muvofiq audit o’tkazish yo’li bilan maslahat berish huquqini mustaqil amalga oshiradi. Hech qanday ma‘muriy organlar yoki jamoat tashkilotlari va shaxslar tomonidan ularning faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi‖.
Xitoy iqtisodiyotining sog’lomlashuvi va bozorlarining barqarorlashuvida auditorlik xizmatlari katta rol o’ynadi. Faqat 1989- yilda tekshirishlar natijasida auditorlar tomonidan 24 mlrd yuan, yoki yalpi milliy daromadning 2 foizi miqdorida ―muammoli pullar‖ aniqlandi. Bu pullar keraksiz obyektlarni qurishni moliyalashtirish, ishlanmagan mukofotlarni to’lash, ulkan ―vakillik xarajatlariga sarflanishi ko’zda tutilgan edi. 1990-1992-yillarda Xitoy auditorlik tizimining rivojlanishida katta taraqqiyot yuz berdi. Xitoy iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tish ko’lamining kengayishi bilan biznes sektorini ko’proq kuzatish va moliyaviy nazorat qilish talab etiladi. Jahon iqtisodiyoti, biznes va savdoda kuzatilayotgan baynalminallashuv tendensiyalari munosabati bilan xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotining ahamiyati va hajmi oshib bormoqda, buxgalterlarning xalqaro kasbiy tashkilotlari tuzila boshlandi, o’z vakolatlari doirasida hisob va auditorlik standartlarini muvofiqlashtirish jarayoniga jalb etilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ana shular jumlasidandir.
Xitoyda ―Auditorlik faoliyati to’g’risida‖gi qonun 1994-yil 31- avgustda qabul qilingan bo’lib, u 55 ta moddadan iborat.
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonundan va boshqa ilmiy manbalar asosida ularni turlicha guruhlashtirish mumkin. Yuqorida keltirilgan manbalar va chet el tajribasi asosida auditorlik faoliyatini, fikrimizcha, quyidagi pog’onalarga bo’lish mumkin.
1-jadval O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solishning pog’onalari


Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin