Odatda ko’p tajriba audit vazifasini bajarish uchun kerakdir. Auditor moliyaviy hisobotda kuchli kompetentlikka ega bo’lishi lozim. Moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun qanday dalillar kerak ekanligi to’g’risida qaror qabul qilishda u ekspert bo’lishi lozim.
Auditor axborot texnologiyalarini ishlatilishi yuqori pallaga chiqqan bir paytda katta tarjibaga ega bo’lishi kerak. Shuningdek u mijozni moliyaviy hisobot xolisona va to’g’ri ekanligiga ishontirishda mazkur tajribaning roli kattadir. Audit sohasida yuzaga kelayotgan sharoitlar auditorlardan yangi malakaga ega bo’lishni talab qiladi. Auditorlar har bir ishga tanqidiy yondashib, dalillarni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.
Auditning kelajagi Kelajakda ham bugungidek yillik hisobot, moliyaviy hisobot, ularga izohlar, auditorlik hisoboti va xulosasi talab qilinadi. Bunga qo‗shimcha ravishda boshqaruv hisoboti, direktorlarning korporativ boshqaruvi to’g’risidagi hisoboti (shu jumladan ichki nazorat tizimining samaradorligi, korxona faoliyati va ustavga rioya qilinishi hisoboti) talab qilinadi. Bundan tashqari, tevarak-atrof muhofazasiga qaratilgan choratadbirlar hisoboti ham kerak bo’ladi. Mazkur ma‘lumotlar korporativ boshqaruvi bilan bog’liq muammolar, buxgalteriya ishlari bilan bog’liq mоjаrolar bilan bog’lanib ketmoqda.
Grant Thornton kompaniyasining hamkori, Aberdin Universiteti professori P.Persi auditor istiqbollari to’g’risida o’z fikrlarini bildirgan. Uning fikriga qaraganda, auditorlar nafaqat moliyaviy, balki nomoliyaviy ma‘lumotlarni ham o’rganishadi. Bundan tashqari, hisobotda nafaqat o’tmishga oid ma‘lumot, balki istiqbolga oid axborot ham o’z o’rnini kengaytirib boraveradi. Direktor kengashining e‘tiborida ichki va tashqi auditorlar faoliyatini baholashda ijtimoiy fikr asosiy o’rin egallaydi.
Tashqi baholovchilar ma‘lumotlar yaxlitligi va biznes jarayonini baholaydi. Ichki baholovchilar esa tizim samaradorligini, natijaviyligini va uning muqobilligiga baho beradi. Ular tomonidan berilgan ma‘lumotlarga asosan Kengash doirasida aksiyadorlar nomidan ishlovchi mustaqil direktorlar va baholovchilar boshqaruv ishlarini ta‘minlab beradi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FAKULTETI
“AUDIT” KAFEDRASI
“AUDIT” FANIDAN