Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə6/45
tarix23.12.2022
ölçüsü1,93 Mb.
#121722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
аудит мустакил иш (4)

Tashqi audit – xojalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining haqqoniyligini obyektiv baholash maqsadida shartnoma asosida auditorlik kompaniyalari tomonidan o’tkaziladi. Tashqi auditning asosiy xususiyatlaridan biri – bu mijoz korxonaga nisbatan hech qanday manfaati bo’lmagan, ya‘ni uning mulkdori, ta‘sischisi, rahbari yoki boshqa lavozimida ishlamaydigan, mustaqil, xolis auditor tomonidan o’tkazilishidadir. Agarda auditor tekshirayotgan korxonaning mulkdori, ta‘sischisi, rahbari yoki boshqa lavozimida ishlaydigan shaxs bo’lsa, u holda auditorlik faoliyati uchun berilgan litsenziya bekor qilinishi ham mumkin.
Tashqi audit korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini baholash hamda uning moliyaviy hisobotini tasdiqlash uchun o’tkaziladi. Bundan tashqari tashqi audit xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlarini minimallashtirish va foydani maksimallashtirish maqsadida ularning faoliyatini yaxshilash, hisob ishlarini tashkil qilish va qayta tashkil qilish, hisob ishlarini yuritish, soliqqa tortish bo’yicha takliflar beradi.
Tashqi audit natijalari korxonaning buxgalteriya hisobi holati, ichki nazorat tizimi holati, yillik moliyaviy hisoboti ishonchliligini tasdiqlovchi xulosada bayon qilinadi. Bundan tashqari, tashqi audit natijalari loyihalar, sxemalar, biznes-rejalar, ma‘lumotnomalar ko’rinishida taqdim etilishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishining majburiy yoki ixtiyoriyligiga ko’ra 2 ga bo’linadi:

  1. Majburiy audit;

  2. Tashabbuskorlik auditi.

Xalqaro amaliyotda audit obyektiga ko’ra uchta turi alohida ajratib ko’rsatiladi:

2-chizma. Obyektiga ko’ra audit turlari


Mos keluvchanlik auditi – bu turdagi tekshirishda auditning mamlakat miqyosidagi qonunlarga, shuningdek, barcha me‘yoriy hujjatlarga mos kelishi yoki kelmaslik sabablari o’rganiladi. Masalan, korxona faoliyatini auditorlik tekshirishdan o’tkazishda uning korxona Nizomiga yoki mavjud yo’riqnomalarga mos bo’lishi aniqlanadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin