4 5 6
14-rasm. Hozirgi zamon biologik mikroskoplar: 1-Raqamli
mikroskop; 2-kamerali
binokulyar mikroskop; 3-o’quvchi mikroskopi; 4-Stereo mikroskop LH1L; 5-elektron
mikroskop; 6-Monokulya BMS D1-211E mikroskop;
5).
Kondensor vinti. Bu stolcha ostidagi kondensorni yuqoriga ko'tarish va pastga
tushirish uchun xizmat qiladi. Kondensor vinti yordamida
preparatga tushadigan
nurni kamaytirish yoki ko'paytirish mumkin. Mikroskopning optik qismlari ikki
bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'limi kattalashtirib ko'rsatish, ikkinchi bo'limi
esa nurni to'g'rilash xususiyatiga ega. Mikroskopning kattalashtirib ko'rsatadigan
optik qismi quyidagi linzalardan iborat.
1.
Okulyar. Bu metall nayga (opravaga) o'rnatilgan linzadir. Okulyar tubusning
yuqori uchiga o'rnashtirilgan. Bu linza qarovchining ko'zi tomon qaraganligi uchun
okulyar (oko-ko'z)
deb aytiladi, linzaning kattalashtirish darajasi turlichadir.
Bizdagi mikroskoplarning okulyarlariga ularning kattalashtirish darajasini
ko'rsatadigan 7x, l0x, 15x.
2.
Ob'ektivlar-bular ham metall nayga o'rnatilgan linza sistemalaridan Ibo-
rat.Bularni revolverning to'garak uyalariga burab o'rnashtiriladi. Oddiy mik-
roskoplarda zapas ob’ektivlarni ushlab turadigan revol veri bo'lmaydi.
Ob’ektivlarni tubusning pastki uchiga burab o'rnashtiriladi.
Ular tekshiriladigan
ob’ektlarga qaratilgani uchun ob’ektivlar deyiladi. Ob’ektivlar biologik
mikroskoplaming asosiy ishchi qismini tashkil etadi. Ob’ektivlar optik
xususiyatlariga qarab bir necha turli bo'ladilar. Ob’ektivlarning
sifati ularning
sferik va xromatik aberratsiya darajasiga qarab aniqlanadi. Bu jihatdan ular uch
turli axromatik, apoxramatik va flyuorotik ob’ektlarga bo'linadi (bu ob’ektivlar
to'g'risida tegishli qo'llanmalarda to'liq yozilgan).
A B
Dostları ilə paylaş: