5.
Ignalar. Ignalar metalldan va shishadan yasalgan bo'lib, bular ham turli
kattakichiklikda: bir xili to'g'ri, ikkinchisi esa uchi egilgan bo'ladi.
Ignalar
ob’ektlarni qismlarga ajratishda, gistologik kesmalarni bir erdan ikkinchi erga
ko'chirishda ishlatiladi.
6.
Shpatellar (
kurakchalar). Bular ham metalldan ishlangan. Shpatellardan
ob’ektlarni bir idishdan ikkinchisiga ko'chirish, kesmalarni tekislash va ularni bir
suyuqliqdan ikkinchisiga o'tkazish uchun foydalaniladi.
9-rasm. Turli shakldagi kurakchalar
Gistologik preparatlarni tayyorlashda filtr qog'ozi, marli, gigroskopik paxta, spirt
lampasi, farfor havoncha (kristall kimyoviy moddalarni yanchish uchun),
elektr
plitkalar, kimyoviy tarozilar, qum soatlar, shishaga
yozadigan har xil rangli
qalamlar bo'lishi lozim. Bulardan tashqari, ob’ektlarni turlicha yo'l bilan ishlashda
kerak bo'ladigan kimyoviy moddalar, reaktivlar hamma vaqt zapas bo'lishi zarur.
Shuningdek, turli moddalarni eritish, preparat va idishlarni
quritish va zarur
bo'lgan temperaturada saqlanadigan ob’ektlami qo'yish uchun ishlatiladigan
termostatlar ham zarur bo'ladi. Termostat turli katta-kichiklikda bo'lib, metalldan
yasalgan
qutichadan iboratdir; uni elektr quvvati bilan kerakli turg'un
temperaturada saqlash mumkin. Nihoyat, gjstologik laboratoriyaning eng muhim
qurollaridan biri mikroskopdir.
10-rasm. Voronka va menzurkalar.