Chirchiq davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi


HIMOYA O‘YINI TAKTIKASNING TASNIFLANISHI



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix09.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#138483
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Nishanova Muborak Abdukaxar Qizi

HIMOYA O‘YINI TAKTIKASNING TASNIFLANISHI 
2-jadval. 
 
 
Himoyaning asosiy maqsadi
raqiblarning darvozaga to`pni aniq otishi 
imkoniyatini kamaytirishdir. Bunda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bo`ladi:


15 
1) qisqa vaqt ichida raqiblardan to`pni olib qo`yish; 
2) hujumda ishtirok etuvchi guruh o`yinchilari orasidagi o`rganilgan 
aloqalarni buzish; 
3) darvozaga to`p otishlariga qarshilik ko`rsatish; 
4) o`z darvozasi oldida to`p uchun kurashish va to`p egallangandan so`ng 
hujumni tashkil qilish. 
Yakka (individual) harakatlar 
O‘z darvozasini mustahkam qo‘riqlash uchun himoyachi o‘yinning himoya 
qilish usullarini qo’llay bilishi lozim. 
To‘psiz o‘yinchiga qarshi harakatlar. 
Himoyachi to‘pni boshqarayotgan o‘yinchiga qarshi harakat qilayotganda 
quyidagilarga intiladi: 
a) raqiblarning to‘p olishiga yo‘l qo‘ymaslikka, ya’ni to‘pni “to‘sib” olishga; 
b) raqibga yo‘naltirilgan to‘pni yo‘lda «olib qolish» harakatini bajarishga. 
To‘pli o‘yinchini ta’qib etish. 
Bu himoyachining yakka (individual)
harakatlari bo‘lib, hujumchining darvozaga to‘pni otishiga, ketish yoki boshqa
hujumchilar bilan o‘zaro harakatlarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish uchun
qaratilgan.. Himoyachi o‘zining faol ta’qibi orqali har doim ham hujumchining 
to‘pni muvaffaqiyatli qabul qilib olishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Agar
ta’qiblanayotgan o‘yinchi to‘pni qabul eta olgan bo‘lsa va himoyachidan m 
a’lum masofada bo‘lsa, u holda himoyachi darvozaga to‘p otishning oldini olish
uchun va hujumchilarning o‘zaro harakatlarini chegaralash uchun unga tezlik 
bilan yaqinlashib olishi kerak. Bu harakat chiqish deb ataladi. Chiqishni
hujumchining to 'pni qabul qilishida amalga oshirish lozim, chunki aldovchi
harakatlar imkoniyati bu holatda ancha kamayadi. Himoyachi chiqish bilan birga, 
odatda, to‘pga va o‘yinchiga to‘siq qo‘yishni amalga oshiradi. Agar 
himoyachining chiqishi muvaffaqiyatsiz kechsa va hujumchi to‘pni qabul
qilib, himoyachidan o‘zining keyingi harakatlari tayyorgarligida ilgarilab ketsa
himoyachi tezlik bilan 1,5—2 metr masofaga orqaga chekinadi. Uning


16 
keyingi harakatlari ta’qiblanayotgan hujumchi harakatlari bilan belgilanadi.
Agar hujumchi ketishni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, himoyachi to‘pni olib
qo‘yish maqsadida qulay vaziyatni kutish uchun chekinadi. Bu harakatni
maydonning uzoqdan to‘p otadigan joyid a amalga oshirish mumkin.
Maydonning yaqindan to‘p otadigan joyida chekinishni amalga oshirgach,
o‘zinig qarshi harakat qobiliyatini tiklaydi va kurashda faol qatnashadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin