Tibbiyotda qo‘llanilishi: Xandon pista birinchi navbatda yuqori sifatli qurimaydigan yog„ga boy oziq-ovqat mahsuloti sifatida baholanadi. To„yinmagan kislotalarning yuqori miqdori borligi sababli xandon pista tanani mustahkamlash, kasalliklardan so„ng tiklanishda qimmatli mahsulot sanaladi. Pista mevalari me’yorida iste’mol qilinsa, yurak, jigar, miya ishiga foydali ta’sir ko„rsatadi va qondagi qand miqdorini tartibga soladi. Tarkibi ozuqaviy moddalarga boy bo„lgan pista kayfiyatni yaxshilab, charchoqni ketkizadi va stressni kamaytiradi. Xalq tabobatida qo‘llanishi:Qadimdan jigar va oshqozon kasalliklarida og„riqni olishda pistaning xususiyatlari ma’lum bo„lgan, bu o„simlikning mevalari xalq tabobatida keng qo„llaniladi. Pista yong„oqlaridan anemiya, qusishni to„xtatuvchi, yo„talga va silga qarshi davo vositasi sifatida foydaniladi. Ushbu yong„oqlar yurak faoliyatini yaxshilaydi. Pista erkaklar uchun tavsiya etiladi. Ularning yuqori kaloriyaligi va tarkibidagi ko„p miqdorda yog„ kislotalari sperma ishlab chiqarishga yordam beradi. Qadimda buzg„undan xalq tabobatida biriktiruvchi vosita sifatida foydalanilgan. Zupturum -Plantago major L.
(Подорожник большой) O’simlik tavsifi: Zupturum Plantaginaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„t o„simlik. Ildiz bo„g„zidan to„pbarglar chiqqan, markazidan bargsiz gulpoyalar o„sib chiqadi, yuqori qismida bitta boshoq joylashadi. Ildizpoyasi kalta, yo„g„on, vertikal holda joylashgan, har tomondan ingichka, popuk, simsimon (ipsimon) ildizlar bilan o„ralgan. Barglari bandli, keng tuxumsimon yoki keng ellipsimon, butun, silliq yoki biroz tuklangan, uzunligi taxminan 12 sm, 3-9 ta cho„zinchoq yoysimon tomirlardan tashkil topgan. Boshoqdagi gullari mayda, ko„rimsiz, qo„ng„irrang gultojibargga ega, bittadan pardasimon gulyonbarg qo„ltig„ida joylashadi. Mevasi - tuxumsimon, ko„ndalangiga ochiladigan ikki uyali, ko„p urug„li ko„sak, urug„lari qirrali, har bir uyada 4-8 ta urug„lari bor. Janubda may-iyundan to avgust-sentyabrgacha gullaydi.