D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə104/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Suv qalampirning preparatlari
bachadondan qon
ketishda, juda ko„p va og„riqli hayz paytida qo„llaniladi. Uning
ekstraktlari qon bilan yo„talgan, siydik
pufagidan qon ketgan, oshqozon va
gemorroidal qon ketishi ro„y bergan bemorlarda ishlatilishi mumkin. U Claviceps purpurea (Fr)
Tul. (Oqsuxta o„roqkuyasi) zamburug„i kabi ta’sirga ega, lekin sal kuchsizroq, bu zamburug„dan farqli o„laroq ayni paytda oriq qoldiruvchi ta’sirga ham ega. Suv qalampirning o„tidan ba’zida turli xil dorivor o„simliklar bilan birgalikda diareya va enterokolit kasalliklarida ishlatiladi. Murakkab yig„malar tarkibiga kiruvchi suv qalampirining o„ti surunkali kolit bilan og„rigan bemorlarga, shilliq qavatning eroziv- yaralar bilan qoplanishida, shuningdek, gemorroyni davolashda buyuriladi. Dorivor o„simliklarning yig„masida suv qalampiridan vanna sifatida gemorroyni tashqi davolash uchun ishlatiladi.
Suv qalampir o‘simligining damlamasi. 10 g (1-2 osh qoshiq) xom ashyo sirlangan idishga solinadi, 200 ml (1 stakan) issiq qaynatilgan suv quyiladi va qaynab turgan suvda (suv hammomida) 15 daqiqa davomida isitiladi, so„ngra xona haroratida 45 daqiqa sovutiladi, suzgichdan o„tkaziladi, qolgan xom ashyodan tozalanadi. Olingan damlama qaynatilgan suv bilan 200 ml hajmgacha suyultiriladi. Damlama salqin joyda 2 kundan ortiq bo„lmagan joyda saqlanadi. Ovqatlanishdan oldin kuniga 3-4 marta 1/3 stakan qon to„xtatuvchi vosita sifatida ichiladi.
Pista - Pistacia vera L.
(Фисташка настоящая)
O’simlik tavsifi: Pista -
Anacardiaceae oilasiga
kiruvchi barglari to„kiluvchi, kulrang po„stloqli daraxt. Asosiy tanasi qayrilgan va qirrasimon. Shox-shabbalari past bo„yli, zich, kulrang- qo„ng„ir po„stloqli, yoriqlari chuqur. Ildizlari 10-12 m chuqurlikka kirgan, kengligi 20-25 m gacha cho„zilgan.
Barglari ketma ket joylashgan, murakkab toq patsimon, oddiy uch bo„lakli, uchta, kamroq bitta, besh yoki yetti bargchadan iborat. Barglari deyarli o„troq, terisimon, zich, silliq, och yashil rangda, yaltiroq, ostki qismi xiraroq mayin tuklangan yoki deyarli tuksiz, keng ellipssimon yoki yumaloq tuxumsimon, ba’zan keng lansetsimon, uzunligi 5-11 (20 sm) sm, eni 5-6 (12 sm gacha) sm. Barg bandlari mayin tuklangan yoki deyarli tuksiz, qanotsiz. O„simlik ikki uyli.
Erkak gullari murakkab keng ro„vak, uzunligi 6 sm, urug„chi gullari esa siyrakroq ro„vak va uzunroq to„pgulda yig„ilgan. Bir jinsli sariq gullari qo„ltiqdan chiqqan ro„vaklarga yig„ilgan. Changchi gullari zich, murakkab, keng ro„vakli, uzunligi 4-6 sm, gulqo„rg„oni uchtadan beshtagacha cho„zilgan, pardasimon, teng bo„lmagan gulqo„rg„on barglaridan iborat, uzunligi 2-2,5 mm, changchisi 5-6 ta, chang ipi kaltalashgan, changdonlari uzunligi 2-3 mm.
Urug„chi gullari siyrakroq va toraygan ro„vakda, uzunligi changchi gullari kabi o„lchamda; gulqo„rg„oni 3-5 (9 tacha) cho„zinchoq, teng bo„lmagan, changchili gullarga qaraganda biroz kengroq, gulqo„rg„on barglari uzunligi 2-4 mm. Mevasi yirik danak, deyarli chiziqli-lansetsimon, ingichka yoki keng yumaloq-
tuxumsimondan yumaloqsimongacha, uzunligi 0,8-1,5 sm, eni 0,6-0,8 sm, ko„ndalang kesimida deyarli yumaloq yoki qiyshiq ovalsimon. Meva po„sti oson ajraladi (pishib yetilganda), och qaymoqsimon, sariq- qaymoqsimon, pushti, qizg„ishsimon, to„q-qizil yoki to„q-binafsha rangda, ichki meva (danak) deyarli hamma vaqt qiyshiq asosli, bir tomonidan odatda to„mtoq ponasimon. Urug„ mag„zi yashilsimon, yesa
bo„ladigan, yog„li. Mart - aprel oylari gullab, sentyabr - noyabr oylari mevasi pishib yetiladi. Havo harorati 300C bo„lganda yaxshi mevalaydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin