D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə107/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   163
O‘sish joyi va tarqalishi: Zupturum eng keng tarqalgan o„simliklardan biridir. U ko„pincha yo„l bo„ylarida, yo„llarda,
hovlilarda, ko„chalarda, bog„larda, yaylovlarda o„sadi. U turli mexanik tarkibli namlikdagi tuproqlarda yashaydi. Janubiy qurg„oqchil mintaqalarda u daryo qayirlari va nam o„tloqlarga moslashgan. Shuningdek, quruq
o„tloqlarda, ekinlarda, tomorqalarda o„sadi. Tog„larda u dengiz sathidan 2000-2500 m balandlikgacha ko„tariladi.
Ba’zan yo„llar bo„ylab kengligi bir necha metrni tashkil
etadigan zich o„sish maydonlarini hosil qiladi va yuzlab metrlarga cho„ziladi. Namlik ortiqcha bo„lganda zupturum barglari biroz ko„tarilgan holatda bo„ladi va namlik kam bo„lganda esa barglar yer bag„irlar o„sadi, chunki bunda namlik saqlanadi.
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Tibbiyotda o„simlikning barglari va yangi o„tlaridan foydalaniladi. O„simlik plantaglyusid preparatlari va zupturum sharbatini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi, barglari dorixonalarga qadoqlangan holda yetkazib beriladi. Xom ashyo gullash bosqichida may-avgust oylarida barglarning sarg„ayishi yoki qisman qizarishidan oldin yig„ib olinadi. Namli issiq yoz bo„lgan yillarda xom ashyoni bitta joydan bir necha marta hosilini yig„ish mumkin. Pichanzorlarda avgust-sentyabr oylarida ikkilamchi xom ashyoni yig„ish mumkin.
Yig„im paytida barglar pichoq yoki o„roq bilan kesiladi, bandlarining kichik qoldiqlari bo„lishi mumkin, zich o„sadigan maydonlarda o„simliklar o„raladi va kesilgan massadan zupturum barglari ajratilib olinadi. Yig„im to„g„ri tashkil etilsa, bitta maydonlardan bir necha yil davomida foydalanish mumkin, chunki o„simliklar odatda 3-4 yilgacha yashaydi. Zararkunandalar va kasalliklar, ayniqsa, unli shudring bilan zararlangan barglar yig„ib olinmaydi. Butun to„pgullar kesib olinmaydi, bu zich o„sadigan maydonlarni nobud bo„lishiga olib keladi. Barglarni yomg„irdan keyin quruq bo„lganda yig„ish tavsiya etiladi. Xom ashyoni yig„ishda ba’zi bir yaxshi rivojlangan namunalarni qoldirish kerak. XI DF talablarga qo„ra, yirik zupturumning quritilgan xom ashyosi yashil yoki qo„ng„irrang- yashil, uzunligi 24 sm gacha va eni 11 sm gacha, butun va chetlari biroz tishsimon, silliq, 3-9 tomirli barglardan iborat. Bandning uzilgan joyida ipga o„xshash tomirlarning uzun qoldiqlari ko„rinadi. Hidi kuchsiz, o„ziga xosligi yo„q. Ta’mi achchiqdir. Namlik 14% dan oshmasligi kerak. Xom ashyolarda sarg„aygan, qoraygan, qo„ng„irrang barglar 5% dan; gul poyalari 1% dan; ezilgan qismlar (teshigining diametri 1 mm bo„lgan elakdan o„tgan) 5% dan; zupturumning boshqa qismlari 1% dan; organik va mineral aralashmalarning har biri 1% dan oshmasligi kerak. Kul tarkibi 20% dan, shu jumladan, 10% xlorid kislotada erimaydigan kul 6% dan oshmasligi kerak. Ekstraktiv moddalar kamida 30% bo„lishi kerak. Yangi zupturum o„tlari (butun yer usti qismi, ya’ni to„pbarglar bilan gulpoyalari) kamida 70% namlikka ega. Ushbu yig„ib olingan xom ashyo 24 soatdan kechiktirmay qayta ishlanishi lozim.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin