Tog’jumrut - Rhamnus cathartica L.
(Жостер слабительный) O’simlik tavsifi: Tog„jumruti - bu Rhamnaceae oilasiga mansub buta yoki kichik daraxt, odatda, tikan bilan tugaydi, balandligi 3 m gacha, kamdan-kam hollarda esa 8 m ga etishi mumkin. Barglari uzunligi 2-5 sm, deyarli qarama-qarshi yoki qarama-qarshi, silliq, tuxumsimon yoki ko„pincha ellipssimon, uchi kalta o„tkirlashgan, asosida ponasimon yoki yumaloq, mayda kungurali- tishsimon, 3 juft yon tomirlariga ega, bandchalari uzunligi 1-1,5 sm gacha. Gulbandchalari uzunligi 1 sm gacha. Kosachabarglari uzunligi taxminan 5 mm. Tojibarglari cho„zinchoq, kosabarglarga qaraganda qisqaroq. Danakning eni 5 mm, qora rang. Urug„lari tor teshikka ega. May-iyun oylarida gullaydi. Mevalar iyul-avgust oylarida pishadi va uzoq vaqt to„kilmaydi. O‘sish joyiva tarqalishi: Tog„jumrut tog„ qiyaliklarida, archa va yong„oq o„rmonlarida, tog„ daryolari bo„ylarida o„sadi. Toshkent, Farg„ona va Samarqand viloyatlarida uchraydi. Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Tog„jumrut mevalari zaharli hisoblanadi, ular faqat dorivor dozalarda iste’mol qilinadi. Meva to„liq pishganda xom ashyosi yig„iladi. Keyin ular ingichka qatlam qilib yoyib yoki maxsus quritgichlarda quritiladi. Xalq tabobatida quritilgan tog„jumrut mevasidan damlamalar shaklida ich yumshatuvchi sifatida ishlatiladi. Tekshiruv natijalariga ko„ra, har bir bemor uchun 20 donadan boshlab, so„ngra ko„payib boradigan individual dozani tanlash kerakligi aniqlangan. Bundan tashqari, tog„jumrut rezavorlari nafaqat ich suruvchi, balki ichakni boshqaruvchi vosita hisoblanadi, shuning uchun ularni ich suruvchi va mustahkamlovchi yig„malar tarkibiga qo„shiladi. Kimyoviy tarkibi:Rezavorlar tarkibida antraxinonlar (emodin, ramnokatartin va boshqalar), flavonoidlar, pektin moddalari, shilimshiq, shakar, kamed, barglarida ko„p miqdorda C vitaminlari va boshqalar bor, ularning ildizida ko„plab taninlar va boshqa foydali moddalar mavjud.